19.4. Neoliberalizmning boshqa oqimlari F.
Fon Xayek Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi asosiy
namoyandasi asli Avstriyadan chiqqan amerikalik
Ludvig fon Mizes (1881-1973) va uning eng sodiq shogirdi
Fridrix Xayek (1899-
1992)lardir. Ulaming maktabi Avstriya maktabi deb ham ataladi.
Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga asoslangan sotsialistik
xo‘jalik va hukumat tomonidan tartibga solinadigan bozor uzoq vaqt
yashashi mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks
ettirmaydi. Uningcha, sotsializmning «tartibga solinadigan iqtisodiyot»i
rejalami o'zboshimchalik bilan tuzadigan tashkilotchilaming quliga
aylanadi, rejalangan tartibsizlik ro‘y beradi. Yagona oqil siyosat bu
liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv
sivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy asarlari
quyidagilar:
«Liberalizm», «Insoniy harakat: iqtisodiyot to‘g‘risidagi traktat», «Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari» va boshqalar.
Ingliz iqtisodchisi
Fridrix Fon Xayek asli nemis bo‘lib, asosan
Angliyada faoliyat ko‘rsatgan. U 1974-yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel
mukofoti laureati bo‘lgan. U o‘zining
«Qullik sari yo‘l» asarida har
qanday iqtisodiy erkinlikdan va bozor baholaridan voz kechish
diktaturaga, ya’ni yakkahokimlikka, iqtisodiy qullikka olib borishini
isbotlaydi, xo‘jalikda bozor tizimining «aralash» va «buyruqbozlik»
iqtisodiyotidan ustunligini ko‘rsatib beradi, kapitalni abadiy kategoriya
deb e’lon qiladi, kapitalizm davrida ekspluatatsiya mavjudligini inkor
etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik g'oyalari to‘la tushkunlikka
mahkumligi va o‘z tabiatiga ko‘ra halokatli ekanligini ta’kidlaydi.