proteksionizm mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga
yordam bera oladi, deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo‘lgan.
Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo'shmoq kerak,
chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o'ynaydi. Buni Keyns
o‘z-o‘zidan ravshan narsa deb tushungan bo‘lsa ehtimol.
Ma’lumki, asrimizning 60-70 - yillari
mustamlakachilik tizimining
yemirilishi va ko‘plab yangi mustaqil davlatlaming vujudga kelish davri
hisoblanadi. Bu davrda «nomerkantilizm» g'oyalari ilgari surilgan.
Rivojlanayotgan davlatlaming ko‘pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining
kattaligi, xalq xo‘jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona
tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar «nomerkantilistik»
hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo‘li
bilan industrializatsiyani moliyalash,
baholami tartibga solish va
monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta’limotga to‘g‘ri keladi.
90-yillarda boshlangan, ilgarigi sotsiaUstik rivojlanish yo'lidan
borayotgan davlatlaming bozor munosabatlariga o‘tish
davridagi
iqtisodiy siyosati ham ko‘p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga
juda o'xshashdir. Ayniqsa, tadrijiy (evolutsion) yo'lni
tanlagan
davlatlarda bu siyosat ancha kuchlidir (bu to‘g‘rida kerakli ma’lumotlar
mazkur boblarda beriladi). Shu sababU merkantilizm ta’limotini har
tomonlama o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: