‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

yeming baho-
sini
kapitallashgan rentadek hisoblash orqali V.Petti masalaning 
mohiyatini to‘la va to‘g‘ri tushungan.
Ammo yeming bahosi masalasi hali to‘la hal etilmadi, chunki yeming 
bahosi ikki omilga bog‘liq: 1) yer rentasining miqdori, 2) prosent 
(foiz) darajasi. V.Petti esa yuqorida qayd etilganidek, ssuda prosentini 
yer bahosidan chiqargan. Bu qiyin ahvoldan chiqish uchun u yer 
bahosi rentaning 21 ga ko‘paytirilganiga teng deb hisoblagan (uch avlod
- buva, ota va nevara birgalikda 21 yil yashaydilar va yerdan biiga 
foydalanadilar, degan qisqacha xulosalar). Yening asl bahosi masalasini 
boshqa olimlar to‘g‘ri hal etdilar.
V.Pettining «Siyosiy arifmetika» asari to‘la ravishda uning vafotidan 
keyin bosilib chiqdi (ldtob uning o‘g‘li lord Shelbern tomonidan nashr 
etilgan). Buning sababi shuki, unda Angliya va Fransiyani chog‘ishtiruvchi 
ma’lumotlar bor edi. Bu asar yangi fan - statistikaga asos soldi. Bu 
davrda hali bu tushunchaning o‘zi yo‘q edi («statistika» so‘zi XVIII asr 
oxirida paydo bo'ldi).
V.Petti birinchilardan bo‘lib davlat statistika xizmatini tuzish zarurligi 
masalasini ko‘tardi va ma’lumot to'plashning ayrim yo‘nalishlarini belgilab 
berdi. Uningcha, mamlakatdagi aholining umumiy soni, joylashuvi, 
yoshi va kasbi hamda boshqa ma’lumotlar muhimdir. Iqtisodiy


ko‘rsatkichlardan asosiy tovarlaming ishlab chiqilishi va iste’moli, aholi 
daromadi, boylik taqsimoti haqidagi ma’lumotlar kerakli hisoblangan. 
Pettining kuzatishicha, mamlakatda faqat soliq va tashqi savdo bo‘yicha 
ayrim ma’lumotlar bor edi, xolos. Biror masala haqida gap ochilar 
ekan, Petti 
«awal hisoblab M rish kerak»
degan fikmi aytishni yaxshi 
ko‘rar edi. Statistika bilan shug'ullanganligi tufayU ma’lum ma’noda 
«rejalashtirish» masalalari ham ko‘tarilgan. Masalan, u «ishchilar kuchi 
balansi» bilan shug'ullanib, mamlakatga shuncha vrach va advokat kerak, 
demak, ohy o‘quv yurtlariga yiligi shuncha talaba qabul qilish kerak, 
degan hisob-kitoblami keltirar edi. Odatda, u Angliya va Fransiyaning 
iqtisodiy ahvolini solishtirib, qaysi davlat boyroq ekanligini aniq faktlar 
bilan ko‘rsatishga intilgan.
«Siyosiy arifmetika» kitobining muqaddimasida u o‘z uslubining 
yangi ekanligini ta’kidlab, qiyosiy (ozroq, ko'proq, yaxshiroq, 
yomonroq) ko‘rsatkichlardan aniq statistik raqamlar - son, og'irlik 
bilan boshqa o‘lchovlar tiliga o‘tish kerakligini aytadi. U milliy daromad, 
milliy boylik haqida gapiradi va Angliyaning milliy boyligini hisoblab 
chiqadi (ma’lumki, bu ko‘rsatkichlar hozirgi kunda juda muhim 
ko'rsatkich hisoblanadi). Masalan, u Angliyaning moddiy boyligini 
250 million funt sterling deb baholaydi, ammo aholining 417 million 
funt sterling pulini ham shunga qo‘shish kerak, deydi.
V.Pettining iqtisodiy ta’limoti aholining soni va tarkibidan 
boshlanishi nihoyatda muhimdir. Uning g‘oyasi o'zidan keyingi Mal- 
tusdan keskin farq qiladi, agar Pettining fikri bo‘yicha 
«aholi

boylik-
ning asosi»
bo‘lsa, Maltusda aholining tez o'sishi kambag‘allikning 
asosidir. V.Petti AngUyaning milliy daromadini ham hisoblab chiqdi. 
Uning hisobiga ko‘ra, Angliyaning pul shaklidagi boyligi barcha 
boylikning faqat 3%iga teng ekan. Xuddi shundan hozirgi davming 
milliy hisob raqamlari yuzaga keldi, unga qarab ishlab chiqarish 
hajmini, bu boylikning aholi o‘rtasida taqsimotini (iste’mol, jamg'arma, 
eksport, ahoh, asosiy sinflar, guruhlar daromadi) va boshqalami bi- 
Ub olish mumkin. Albatta, hozirgi davr bilan solishtirganda bu hisob- 
kitoblarda jiddiy uslubiy xatoliklar bor edi. Masalan, u milliy daro- 
madni aholining iste’mol sarflari yig'indisi deb bilgan, ya’ni jam- 
g'arma, bino, qurilish, asbob-uskuna, yemi yaxshilashga ketgan kapi­
tal qo'yilmalar hisobga olinmasa ham bo‘laveradi, deb noto‘g‘ri o'ylagan. 
Ammo XVII asrdagi Angliya uchun bunday yo‘l ancha realistik edi,


chunki jamg‘arma normasi past bo'lgan Angliyaning moddiy boyligi 
nisbatan sekin o‘sayotgan edi. Sal keyinroq V.Pettining bu xatolari 
uning izdoshi Gregori King tomonidan to‘g‘rilandi va XVII asr 
oxiridagi AngUya milliy daromadi nihoyatda to‘g‘ri hisoblab chiqildi.
V.Pettining so‘nggi asarlari ko‘proq aholi, uning o'sishi, joylashuvi 
va ish bilan bandligi masalalariga bag'ishlangan. V.Petti zamondoshi va 
do‘sti, mayda savdogar Jon Graund bilan biigalikda demografik statistika 
faniga asos soldi. 1662-yildan boshlab Angliyada umumiy aholi soni
tug'ilish, o‘lim va tabiiy o'sish masalalari bo‘yicha kitoblar yuzaga kela 
boshladi.

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin