to‘lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to‘lamagan,
shahar burjuaziyasi
hali nisbatan kam sonh, soliqlardan ustalik bilan
bosh tortar edi.
Yana bir muhim to'siq
bu urushlar edi. Fransiya olib borgan
urushlar tufayli mablag‘laming asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi.
Qirol saroyidagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga
katta ziyon
keltirar edi.
Demak, Fransiyada XVII asming ikkinchi yarmida feodal muno
sabatlar o'zining cho'qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring).
Vaholanki, Angliyada buijua inqilobi bo‘lib, kapitalistik munosabatlar
tez shakllana boshladi. Fransiyada yuqori tabaqa barcha yeming egasiga
aylandi, dehqonlar shaxsan ozod bo'lsalar ham, feodal majburiyatlar
nihoyatda ko‘p edi. Xo'jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin
rivojlandi,
ichki bozor xiyla tor edi, xalq xo'jaligida natural xo‘jalik
asosiy bo‘lib, sanoat rivoji past bo'lgan. Faqat zeb-ziynat buyumlari
va parlyumeriya mahsulotlari tayyorlash bo'yichagina Fransiya Yevropada
yuqori o‘rinda edi.
Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri
XVIII asr
boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi
asoschilaridan biri bo'lgan
Per Buagilber
(1646-1714)ning iqtisodiy
qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Per Lepezan
iqtisodchining asl
familiyasi bo‘lib, de Buagilber - bu oila yer pomestyesining nomi edi.
Lekin tarixda Per Buagilber nomi saqlanib qoldi.
Dostları ilə paylaş: