bo‘lishi va taqsimlanishi to‘g‘risidagi mulohazalar»
asarida nisbatan to‘la
yoritilgan. U Kene fikrlarini faqat taig‘ibot qilish bilan cheklanmadi,
uni rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha
chuqur tushundi, feodalizmni islohotlar o'tkazish yo‘li bilan yaxshilash
mumkin degan fikiga ishonmadi (Kene ishongan), kapitalizm feodalizm
qobig'ida vujudga keladi va g‘alaba qiladi degan g'oyani ilgari surdi.
Bu kitob aslida Parijga o'qishga kelgan ikki xitoylik uchun darslik
sifatida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo
ba’zi qoidalar aksioma (isbot talab etmaydigan qoida)dan iborat. Bu
iqtisodiy teoremalar aniq uch qismga bo‘linadi. 31 ta tezis (teorema)
fiziokratik g'oyalar majmuyidan iborat (ustoz F.Kenening ta’siri). Ammo
«sof mahsulot» nazariyasi F.Kenedan boshqacharoq talqin etiladi, aslini
olganda bu yerda qo'shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot
tabiatning sof in’omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha
mahsulot sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan
yer egasi tomonidan o‘zlashtiriladi.
Keyingi 17 ta teorema qiymat, baho va pulga bag‘ishlangan.
ATyuigoning bu sohadagi fikrlari o‘ziga xos xarakterga ega va qiymatning
mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha, almashuv qiymati va
tovaming bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtirok etayotgan
shaxslar, sotuvchl va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi
(maijinalistik talqin). Ammo ATyuigoning bu g‘oyasi uning ta’limotiga
mos kelmasdi.
Oxiigi 52 ta teoremada ATyuigoning tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan
asosiy iqtisodiy g‘oyalari keltiriladi. A.Tyurgo jamiyatning «unumsiz»
sanoatchilar sinflni ikki qismga bo‘ladi: birinchisiga tadbirkor
manufakturachilar, fabrika egalari kiradi, ular katta kapital egalari
sifatida namoyon bo‘lib, o‘z avans, ya’ni bo'naklari yordamida ish
joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar. Ikkinchilari - bu
oddiy hunarmandlar bo‘lib , ular o‘z qo‘l kuchlari hisobiga ish haqi
oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan mahrum). A.Tyurgo ish haqini
V.Petti va F.Kene kabi tirikchilik uchun zarur minimum mablag‘lar
asosida hal etadi, ammo Kenedan farqli ravishda nega shunday bo'lishi
kerakligi mexanizmini tushuntirib bermoqchi bo'ladi. Uning asosiy
dalili shuki, mehnatga talab taklifga nisbatan kamayib boradi, ishchilar
o‘rtasida raqobat boradi.
Xuddi shu kabi yer egalari sinfi ham fabrikantlar kabi ikki toifaga
ajratiladi, bular avans beruvchi tadbirkorlar yoki kapitalistlar va faqat
ish haqi oluvchi oddiy ishchilardir. Bu katta ijobiy voqea, chunki
Fransiyada bu sinflar mavjud edi.
Demak, ATyurgo bo‘yicha jamiyatda
besh
.ял/mavjud, bu haqiqatga
yaqindir. U yollanma ishchida qo‘l kuchidan boshqa ishlab chiqarish
vositalari yo‘qligini ochib beradi, kun kechirish uchun u o ‘z
mehnatini boshqalarga sotishi zarurligini ko‘rsatadi. A.Tyuigoning
bunday fikrga kelishida vaqtning ham ta’siri bor, chunki u Kenedan
keyinroq yashadi.
Tyurgoning ta’limotida pul, qiymat, sinflar va daromad nazariyalari
tahlil etiladi.
Uning fikricha, oltin, pul ham, agar ular miqdori oshib ketsa,
boshqa tovarlar kabi o‘z qimmatini (foydalilik- naflik) yo‘qotishi
mumkin (maijinalistik g‘oya). Pulning miqdori jamiyatdagi ishlab
chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlaiga mos kelishi shart. U shuni qayd
etadiki, «milliy boyligi» bu, awalo, yerlar va ulardan olinadigan «sof
mahsulot»dir.
Bu olim ham qiymatning sarf-xarajat konsepsiyasini qo‘llaydi.
Noyoblikka e’tibor berib, tovar xarid etishda eng muhim element deb
qaraladi (maijinalizm mavzusiga qarang).
A.Tyurgo boshqalar kabi erkin sohibkorlik mehnatini qo‘llab-quv-
vatladi, dehqonchilik qo'shimcha, ya’ni sof mahsulot manbayi ekanli
gini (bu fikr Keneniki) tan olgan holda sanoat va savdoga ham ko‘p
e’tibor qiladi.
U kapitalni Kenega nisbatan ancha chuqur va to‘la tahlil etdi. Kene
kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi bo'naklar
summasi (xomashyo, mehnat haqi va boshqalar)ni tushungan, shu
sababli uning tizimida kapital jamiyatdagi sinflar o‘rtasidagi mahsulotlar
taqsimoti muammosi bilan chambarchas bog‘lanmagan. Kenening
tizimida foyda, o‘rin yo‘q, kapitalist faqat «ish haqi olgan», bu «ish
haqi»ning qanday vujudga kelishi ham tahlil etilmagan.
Bu sohada A.Tyurgo ancha ilgarilab ketadi. U foydani chetlab o‘ta
olmaydi, hatto to‘g‘ri tuyg'u asosida uni tadqiq etishni sanoat kapi-
talistidan boshlaydi; bu yerda foydaning kelib chiqishi, haqiqatan ham,
aniqroq ko'rinadi. Vaholanki, boshqa fiziokratlar (Kene ham) «barcha
ortiqcha mahsulot yerdan kelib chiqadi» degan noto‘g‘ri aqidaga asos-
lanadilar.
U o‘z ustozlari va maslakdoshlaridan «tabiiy tartib» konsepsiyasini
buzayotganligi uchun kechirim ham so‘rab qo'yadi, chunki u tahlilni
sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin qarab chiqadi. Ammo
uning uzri noo‘rindir, aksincha u muammoni yechishga to‘g‘ri
yondashgan; yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermer kapitalist
o‘z kapitaUdan kam deganda xuddi fabrikant singari foyda olishi va
renta sifatida yer egasiga berishi kerak bo‘lgan ma’lum ortiqcha-
(qo‘shimcha)ni ham olishi kerak.
Eng ajoyib teorema 62-tezis bo‘lib, unga ko‘ra ishlab chiqarishga
qo'yilgan kapital o‘z-o‘zidan ortib borish qobiliyatiga egadir. Xo‘sh,
o‘z-o‘zidan ortib borish darajasi va nisbatlari nima bilan belgilanadi?
A.Tyurgo kapital tomonidan yaratiladigan mahsulot qiymati
nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo‘ladi (aslida kapital emas,
balki mazkur kapital asosida harakatga keladigan mehnat yaratuvchidir).
Avvalo, uning fikricha, mahsulot qiymati kapital sarflarini,
shuningdek, ishchilaming ish haqini qoplashi kerak. Qolgan qismi
(aslida qo'shimcha qiymat) uch qismga ajraladi: birinchisi, foyda bo‘lib,
kapitalist pul kapitalining egasi sifatida «hech qanday mehnatsiz» olishi
mumkin bo'lgan daromadga teng. Bu ssuda (pul) foiziga mos foydadir.
Foydaning ikkinchi qismi fabrika yoki ferma ochishga tavakkal qilgan
kapitalistning «mehnati, tavakkalchiligi va san’atini» tolashga sarf etiladi.
Bu tadbirkorlik daromadidir. Shunday qilib, A.Tyurgo sanoat foyda-
sining ssuda va fimksional kapitalga bo'linishini ko‘rsatib berdi. «Agar
pul foizi past bo'lsa, bilingki, bu kapitalning ortiqchaligi oqibati ham-
dir», - deydi u.
Foydaning uchinchi qismi rentadir. U faqat dehqonchilikda band
kapitalistlar uchun mavjud. So‘zsiz, bu tahlil iqtisodiyot fanida aytilgan
yangicha g'oyadir.
Ammo olimning keyingi fikrlari izchil bo‘lmay, yana fiziokratizm
qobig'iga qaytadi. Boshida foydani foizdan chiqaradi, bu minimum
bo‘lib, unga har bir kapitalist egalik qilish huquqiga ega.
Agar kapitalist idorasida xotiijam o'tirmasdan fabrikaning faoliyatiga
yoki qishloq xo‘jaligida batraklar ishiga boshchilik qilsa, unga o‘ziga
xos qo‘shimcha maosh beriladi. Foiz oxir-oqibatda yer rentasiga
tenglashtiriladi, chunki kapital bilan eng oson bajariladigan operatsiya
bu yer uchastkasi olish va uni hech tashvishsiz ijaraga topshirishdir.
Endi qo'shimcha qiymatning asosiy shaldi yer rentasi bo‘lib qoldi,
qolgani esa uning hosilalaridir. Yana butun jamiyat faqat yer yaratadigan
«ish haqida o‘tirgan» bo‘lib chiqadi.
Yuqorida aytilganidek, A.Tyurgo nazariyotchi olim bo'lishdan
tashqari amaliyotchi amaldor edi. U qirol Ludovik XVI davrida moliya
vaziri bo‘lib ham ishladi, o‘zining bir qancha ilg‘or g'oyalarini ilgari
surishga intildi.
U birinchi bo‘lib davlat moliyasini sog‘lomlashtirishga harakat qildi,
bu sohada uzoq muddatli dastur tuzib chiqdi, unga ko‘ra yer egaligidan
tushadigan daromadlardan olingan sohqlar tizimi tugatilishi kerak edi.
Umuman, u sanoat va savdodagi odil bo'lmagan soliqlami tartibga
solishga kirishdi. U budjet chiqimlarini cheklashga intildi, bundan saroy
xodimlarining ortiqcha sarf-xarajatlarini keskin kamaytirish mo‘ljal-
landi va bu sohada ma’lum yutuqlarga erishildi.
A.Tyurgoning muhim muvaffaqiyatlaridan biri shuki, u don va
unga erkin savdoni kiritdi, bu sohadagi monopoliyaga chek qo‘ydi. Bu
ishlar nihoyatda og‘ir kechdi, chunki feodalizm ildizlari hali kuchli
edi, bu kuchlar yangilikka tish-timog‘i bilan qarshi turdi.
A.Tyuigo 1776-yilning 12-mayida (yilga e’tibor bering, shu yili
A.Smitning
Dostları ilə paylaş: |