va xizmat tarmoqlari unumsiz soha deb qaraladi. Bunday noto‘g‘ri
fikming paydo bo'lishi Fransiyaning o'sha
davrdagi iqtisodiy ahvoli
(agrar mamlakat) bilan bog‘liqdir. Kapital tushunchasining kiritilishi
va uning boshlang‘ich va yillik bo'nak kabi ikki qismga bo'linishi
iqtisodiyot tarixida muhim qadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital
g‘oyalari ham kelib chiqadi.
F.Kenening «Iqtisodiy jadval» asarida jamiyatdagi sinflar masalasi
ko‘tariladi, ammo bunda ba’zi kamchiliklar bor, uni A.Tyurgo rivoj-
lantirib, o‘sha davr uchun to‘g‘ri qisqacha xulosalarlar chiqaradi.
Takror (uzluksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy mahsulot
muomalasi birinchi bor kun tartibiga qo‘yiladi. Oddiy takror ishlab
chiqarish chizmasi beriladi va tayyor mahsulotning ayianish tamoyillari
ko'rsatiladi, bu o'sha davr uchun katta kashfiyot edi. Tarmoqlar, ya’ni
sektorlararo taqsimotning aniq proporsiyalari bo‘lishi
zarurligi qayd
etiladi, ma’lumki bu tamoyil hozirgi davrda ham muhim.
Olim va davlat arbobi A.Tyurgoning iqtisodiy g'oyalari ancha
mukammal bo‘lib, o‘sha davrdagi jamiyat va iqtisodiyotdagi jarayon-
lami ancha izchil tahlil etadi va sanoatda
kapitalistlar va yollanma
ishchilar mavjudligi hamda beshta sinf borligi e’tirof etiladi.
A.Tyurgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U kapital
va qo‘shimcha mahsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal hal
etadi, sanoat, ssuda va kapital haqida fikr yuritadi, lekin oxir-oqibatda
fiziokratizm qobig‘idan chiqa olmaydi, qo‘shimcha mahsulotning asosiy
shakli yana yerga, yer rentasiga qaytadi. A.Tyuigo moliya vaziri sifatida
bir qancha iqtisodiy islohotlami o'tkazishga erishadi. Ammo mam
lakatdagi ijtimoiy tuzum bu islohotlarga to‘siq edi.
Hozirgi davr tili
bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarini qo‘lladilar,
ammo ulaming g‘oyasi, asosan, qishloq xo‘jaligi bilan cheklab qo‘yildi,
barcha fikrlarda mukammallik yetishmas edi.
Bu vazifalar esa keyingi
olimlar tomonidan hal etildi.
Dostları ilə paylaş: