‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

kafedr-sotsializm»
(kafedradagi sotsializm) deb atalar edi. Ushbu dasturdagi boshlang‘ich 
ta’limni majburiy kiritish, bolalar, o'smirlar va ayollar mehnatini 
davlat tomonidan tartibga solish, ishchilami kasallik va baxtsiz 
hodisalardan sug‘urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini yo‘qotgan 
chog‘ida nafaqa to'lash kabi islohotchilik g‘oyalari sotsial - demokratlar 
orasida ham keng yoyildi.
Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan 
hisoblanib, «Yangi tarixiy maktab»ning liberal qanotiga boshchilik qildi. 
0 ‘zining «Klassik siyosiy iqtisod» (1888), «Tarixda axloq-odob va xalq 
xo‘jaligi»(1894) nomli asosiy asarlari bilan iqtisodiy fan taraqqiyotiga 
katta hissa qo'shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda axloq va 
huquq omillari belgilovchi rol o'ynaydi deb hisoblab, ishlab chiqarish 
va uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e’tibor bermaydi. U ayirboshlash 
konsepsiyasining tarafdori bo‘lib, realizatsiya va ayirboshlash sharo- 
itlarining o‘zgarishi xo'jalik turmushida va ishlab chiqarish shakllarida 
belgilovchi ahamiyatga ega bo'ladi deb hisoblaydi. U o'zining liberal 
«ijtimoiy inoqlik» deb nomlangan islohotlar dasturida ingliz tred- 
yunionlari (kasaba uyushmalari) tajribalaridan keng foydalanishni 
taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlari yordamida 
ishchilar o'rtaga tashlagan talablami qondirishda foydalanish bilan 
birga uy-joy qurilishi va matlubot kooperatsiyalarida ham turli masa­
lalami hal etishda keng foydalanishlari zarur deb hisoblaydi.
Yangi tarixiy maktab Brentano timsolida o‘zining yuksak 
cho‘qqilariga yetgani yo‘q edi. Uning ijtimoiy to'qnashuvlaming oldini 
olishga qaratilgan «sinfiy inoqlik» nazariyasi islohotchilik oqimidagi 
ijtimoiy maktablar, institutsionalizm yo'nalishi uchun asosiy manba 
rolini o'ynadi, xolos.
K.Menger G.Shmolleming shogirdi 
Yerner Zombart ham Yangi 
tarixiy maktabning asosiy vakillaridan edi. Berlin universitetining


professori Zombart К. Marksning olimligini uning revolutsionligidan 
ajratib, mana shu ikki negizning bir-biriga zidligi to‘g‘risidagi fikmi 
ko‘tarib chiqdi. Shuningdek, markscha siyosiy iqtisodning iqtisodiy 
kategoriyalarini chunonchi, qiymatning mehnat nazariyasi «ishning 
g'oyasi» deb e’lon qilindi va fikran mantiqiy bir ishdan iborat deb 
ko'rsatildi. Zombart ishlab chiqarishning uch omili xususidagi naza- 
riyaning tarafdori bo‘lib (kapital, mehnat, yer), antagonistik ziddiyatlar 
va iqtisodiy inqirozlaming muqarrarligini inkor etdi. Uning fashizmga 
yaqinligi Yangi tarixiy maktab vakillari orasida yagona jiddiy kamchilik edi.
Maks Veber ma’lumotli va ko'pqirrali olim edi. U falsafa, tarix, 
sotsiologiya va iqtisodiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo'shdi. Uning 
ijodida tarixiy maktab o'zining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 
M.Veber hammadan ko‘proq darajada noto‘g‘ri fikrga asoslangan 
millatchilik va bir taraflama «tarixiy usubdan ozoddir. O'zining dastlabki 
asarlarida M.Veber tarixiy fanlarga faqat bayonchilik yetarli emasligini 
ko‘rsatdi. U 
«yuksak benuqson tiplar»
konsepsiyasini ilgari surdi. Yuksak 
va benuqson tip - bu o‘z mohiyatiga ko‘ra olim shakllantirgan kon­
kret faktlar va u yoki bu xalqning tarixiy rivojlanish jarayonlarini 
tushuntirib berishi uchun tuzadigan muayyan sxemasidir. M.Veber- 
ning XV-XVI asrlarda Yevropaning xo‘jalik burilishiga deformatsiya- 
ning ta’siri sohasidagi izlanishlari fanda juda katta iz qoldirdi. Bu 
izlanishlaming markazida 
«Protestant etikasi va kapitalizm ruhi» asari 
turadi. Ma’lum ma’noda Veber Zombart amalga oshira olmagan ishni, 
ya’ni fundamental tarixiy-iqtisodiy asami yaratdi. Bu kitob sayo- 
xatchining kelajak haqidagi yozuvlari emas, balki kosmosdan turib 
kuzatishi edi.
Qisqacha xulosalar
F.List va tarixiy maktab namoyandalari o‘z asarlari va uslubiyatlari 
bilan Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar.
List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo‘jalik siyosiy 
muammolarini chuqur tahlil qilishda hamda kam rivojlangan 
mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanish qiyinchiliklarini oldindan 
ko'rsatib berishda o‘z o‘mini topadi. F.Listning traktati to'rtta asosiy 
kitobdan iborat bo‘lib, 
«Tarix», «Nazariya», «Sistemalar» va «Siyosat» 
deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini


o‘rganib, zarur xulosalar chiqaradi. Ikkinchi kitob olimning iqtisodiy 
qarashlarining nazariy asoslarini ko'rsatib beradi. Uchinchi kitobda 
List siyosiy iqtisodning bir nechta tizimlarini ko‘rib chiqadi. Jumladan, 
merkantilistlar, fiziokratlar tizimlari bilan bir qatorda sanoat tizimi 
mavjudligini ko‘rsatib o'tadi.
B.Gildebrandning «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi» 
va K.Knisning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» nomli 
kitoblari nashr qilinishi iqtisodiy ta’limotlar tarixida tarixiy maktab 
o'mini mustahkam belgilab berdi.
Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish ketma- 
ketligini e’tirof etib, iqtisodiy qonunlami e’tibordan chetda qoldirdilar. 
XIX asming 70-yillarida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida bir nechta 
nazariy maktablar vujudga keldiki, ular o‘z maqsad, vazifalari va 
uslubiyatlari bilan o'zaro farq qilar edilar. Germaniyadagi yangi tarixiy 
maktab ham xuddi ana shunday ya’ni, yangi yo'nalishni ilmiy 
asoslashga harakat qilgan va klassik nazariyotchilami ayovsiz tanqid 
qilgan nazariy maktablardan biri edi.
Ushbu maktab iqtisodchilari klassiklar fikriga qarshi iqtisodiy 
qonunlaming nisbiy, tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini 
hamda ijtimoiy va tabiiy faktorlarga mos ravishda shartli ekanligini 
ko'rsatib berdilar. Shuningdek, klassiklaming «iqtisodiy inson» g'oyalari 
ham tanqid qilinib, undagi insonlaming xo'jalik faoliyati — xulqiga 
xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, oilaviy g‘amxo‘rlik, mehribonlik, 
burchni his etish, urf-odatlar va boshqalar) e’tibordan chetda qolma- 
ganligini alohida ta’kidladilar.
Yanihoyat, ular klassik maktabga xos bo‘lgan abstraksiya va deduksiya 
uslublaridan keng foydalanish, o‘z navbatida, ilmiy kuzatish va induk- 
siya uslublaridan yetarli foydalanmaslikka asosiy sabab ekanligini 
ko‘rsatib berdilar. Haqiqatan ham, yangi tarixiy maktab olimlari 
qo‘llagan iqtisodiyot fanidagi yangicha tarixiy usullar ushbu maktab 
erishgan ijobiy yutuqlarga asosiy sababchi edi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Tarixiy maktab, F.List; millatning ruhi, iqtisodiy ta’limotlar tarixida 
tarixiy usul, yangi tarixiy maktab, davlat sotsializmi, benuqson tiplar, 
pluializm.


Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. XIX asming o‘rtalarida Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishi 
xususiyatlarini aytib bering.
2. F.Listning hayoti va ijodi haqida nimalami bilasiz?
3. F.List iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida qaysi yo'nalishga asos 
soldi?
4. F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari qanday 
ifodalanadi?
5. Tarixiy maktabning asosiy vakillari kimlar? Ular haqida ma’lumot 
bering.
6. K.Knisning tarixiy maktab rivojiga qo‘shgan hissasi va uslubiyatini 
tushuntirib bering.
7. Insoniyat taraqqiyotining B.Gildebrand taklif etgan tizimi qaysi 
xususiyatlari bilan ajralib turadi?
8. Tarixiy maktabning iqtisodiyot fani rivojiga qo'shgan hissasi va 
yo‘l qo‘ygan kamchiliklari haqida gapirib bering.
9. XIX asming 70-yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablami 
bilasiz?
10. G.Shmoller va L.Brentanoning iqtisodiy mavzudagi asosiy 
asarlari va uslubiyati haqida gapirib bering.
11. «Ijtimoiy-siyosat» uyushmasining asosiy vazifalari nimadan 
iborat?
12. V.Zombart va M.Vebeming asosiy iqtisodiy asarlari qaysilar?
13. Eng yangi tarixiy maktab yoki ijtimoiy yo‘nalish nazariy 
maktabining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?


XIX ASR OXIRI - XX ASRLARDAGI IQTISODIY 
TA’LIMOTLAR
XIV b о b. MARJINALIZM
14.1. Maijinalizmning umumiy ta’rifi va rivojlanish bosqichlari
XIX asming ikkinchi yarmi — XX asming boshlarida iqtisodiy 
ta’limotlaming rivojlanishi (evolutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning 
siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlami aks ettirar edi. 
XIX asming so‘nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi 
iqtisodiyotdagi eng muhim hodisa bo‘ldi. Bu jarayon kapitalizm 
ziddiyatlaming, ayniqsa, mehnat bilan kapital o'rtasidagi ziddiyat- 
laming chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro‘y berdi. 
XIX asming 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil 
qilishda ham chinakam inqilobiy o‘zgarish yuz berib aynan shu davrda 
Yevropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar 
shakllandi. Ushbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta ’Iimot fanda 
«maijinalizm» ta’limoti deb nomlanib, XX asming 30-yillarigacha 
o‘z mavqeyini saqlab turdi.

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin