‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Savdo-sanoat ittifoqi»
ni tuzdi. 
1825-yUda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun 
ketdi. 1832-yildan F.List Yevropaga qaytib, AQSHning Leypsigdagi 
elchisi bo‘lib ishladi. U o'zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy 
muammolarni keng o‘rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi 
manfaatlarining ifodachisi bo‘lgan F.List iqtisodiy birlik uchun 
birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o‘zining 
«Siyosiy iqtisodning 
milliy sistemasi» (1841) nomh asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni 
yaratish vazifasini o'rtaga qo'ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi 
kuchlari to‘g‘risidagi ta’Iimot unga asos bo'lishi kerak edi. F.List dav­
latning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyati kabilami ishlab chiqa­
ruvchi kuchlarjumlasiga qo'shdi. F.Listning ta’limotiga ko‘ra, qiymatni 
ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj-taxtning meros 
bo‘lib qohshi, huquq, sud, armiya, polisiya va shu kabilar) yaratadi.
F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to‘g‘ri- 
sidagi g‘oyalar katta o‘rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bos- 
qichga: badaviylik, cho‘ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-manu- 
faktura, dehqonchilik — manufaktura — savdo bosqichlariga bo‘ladi. 
Bunday bo‘lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning 
o'sishini har tomonlama qo‘llab-quwatlash, biryoqlama rivojlanishdan 
- qishloq xo'jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikmi 
isbotlashdan iborat edi.
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa, uning yirik namoyan- 
dasi bo‘lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo‘lib faoliyat 
ko‘rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo‘lgan qiymat va daromadlar 
nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari 
olimni qiziqtirmadi. Asosiy e’tibor iqtisodiy siyosatning asosiy 
masalalariga, ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit 
iqtisodiy tizimini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar 
xo‘jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko‘rmasdan, barchasiga 
umumiy «tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majburiy 
kiritayotganini ta’kidlaydi.
Listning iqtisodiy nazariyasi o‘z tarixi va xo‘jaligming xususiyatiga 
ko‘ra jahon hamjamiyatining so'nggi qatorlaridan o‘rin olgan


mamiakatlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yo‘lidagi dastlabki 
urinish edi.
13.3. Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)
Gettingem va Leypsig universitetlarining professori 
Vilgelm Georg 
Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning 
asoschisi hisoblanadi. 1843-yilda u 
«Tarixiy usul nuqtayi nazaridan 
siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari» kitobini chiqardi. Iqtisodiy 
qonunlaming obyektivligini rad qilish bu ta’limotning o'zagidir.
Rosher 
tarixiy flziologik
deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu 
usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yoiini, unga xos bo‘lgan 
feodal sarqitlami (dehqonlaming yer egalariga bo‘ysunishi, hunar- 
mandlaming uyushmalariga va tabaqalariga xos cheklashlarini) tarixan 
oqlashdan va ko'klarga ko‘tarib maqtashdan, faktlami to‘plashdan va 
shu faktlami tarixiy o‘xshashliklar asosida izohlashdan iborat.
Rosher o‘zining nazariy qoidalarida qiymatni iste’mol qiymatidan 
(foydalilikdan) iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste’mol uchun 
mo‘ljallangan har qanday mehnatni tushundi.
Tarixiy maktab g'oyalarini 
Karl Knis (1821-1892) jon-jahdi bilan 
o‘rgandi. 1853 yilda uning 
«Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» 
kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mazkur maktabning qarashlarini 
himoya etish va muntazamlashtirishga harakat qildi. K.Knis alohida 
iqtisodiy qonunlar yo‘q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan 
tabiiy qonunlar bor deb da’vo qildi.
Uning fikricha, siyosiy iqtisod faqat iqtisodiy hodisalami tasvirlab 
berishi mumkin, u nazariy umumlashmalami berishga qodir emas. 
Knis millat turmushining iqtisodiy sharoitlari uchun individ (shaxs), 
jamiyat va davlatning mas’uliyatini eklektik (qorishma) tarzda 
birlashtirmoqchi bo‘ldi.
1848-yilda 
Bruno Gildebrand (1812-1878) «Hozirgi zamon va 
kelajakning siyosiy iqtisodi» kitobini e’lon qildi. Bu kitobda u
F.Engelsning 
«Angliyada ishchilar sinfining ahvoli» asariga qarshi chiqdi. 
B.Gildebrand kapitalizm ishchilar sinfining ahvolini yaxshilaydi va 
bu tuzumga qarshi kurashdan m a’no yo‘q, deb hisoblaydi. 
B.Gildebrand qiymatni foydalilikdan iborat deb bildi va xususiy 
mulkchilikning himoyachisi bo‘lib maydonga chiqdi.


B.Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining tizimi natura, 
pul va kredit xo'jaligini o‘z ichiga oladi. U ayirboshlash konsepsiyasiga 
asoslanib ish tutadi.
13.4. Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»
XIX-asming ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani 
tarixiy usul asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan 
awalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an’analami davom 
ettirib, kuchaytirdilar. Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti­
ning o‘ziga xoshgini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan 
beri saqlanib kelayotganligmi keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya 
iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o‘rinlardan birini 
egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari, 
Gustav Sbmoller 
(1838-1917) bo'lsa, 
Lun Brentano (1844-1931), Yerner Zombart 
(1863-1941), 
Maks Yeber (1864-1921) o‘zlarining ijtimoiy yo'nali- 
shlari bilan «Yangi tarixiy maktab»ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.
Berlin universiteti professori 
Gustav Sbmoller o‘zining «Xalq 
xo‘jaligi to ‘g‘risidagi umumiy ma’lumot asoslari» (1900-1904) 
nomli asosiy iqtisodiy asarida tarixiy maktabning asosiy vakillari 
V.Rosher va B.Gildebrandning asosiy qoidalari va usullarini yanada 
rivojlantirdi. Bu iqtisodiy amaliyotdan uch xil faoliyat turi -
xususiy xo'jalik, davlat xo‘jaligi va diniy xo‘jalikni alohida ajratib 
ko'rsatadi. Birinchisida xususiy manfaat, ikkinchisida jamiyat, 
ijtimoiy manfaat va uchinchisida xayr-ehson asosiy deb belgilanadi. 
Umuman, G.Shmollerning qarashlariga davlatning belgilovchilik, 
yetakchilik rolini ko'rsatish xosdir. G.Shmoller marksizmga qarshi 
kurashib, ijtimoiy va sinfiy muammolarni siyosiy iqtisoddan 
chiqarib tashlab, uni xalq xo'jaligi tarixi faniga aylantirdi. U fakt- 
larni va statistika manbalarini o'rganish, xalq xo'jaligidagi hodisa- 
lami bayon etib berishni siyosiy iqtisodning bosh vazifasi deb 
hisoblaydi.
G.Shmoller umuman, xalq xo'jaligi o‘zgarishsiz qolaveradi, 
degan fikrga asoslanib, uning ayrim bo‘g‘inlarida juz’iy o‘zgarishlar 
bo‘lishi haqidagina gapirish mumkin, deb hisoblaydi. Tadqiqot- 
larning qat’iyan rad etilayotgan abstrakt usuliga qarama-qarshi 
qo‘yilgan empirizm (nazariy mashg‘ulotlardan ko‘ra amaliy faoliyatga 
ko'proq moyillik) olim va uning izdoshlariga xos xususiyat edi.


G.Shmoller iqtisodiyotda odob-huquq omilini belgilovchi omil deb 
hisoblab, har bir xalqning hayot tarzi odob qoidalarida, xo‘jalik 
huquqida o'zining asosiy ifodasini topadi, deb ta’kidlaydi. Yangi tarixiy 
maktab iqtisodchilari Germaniyada kuchli milliy davlat tashkil etilishi 
tarafdori edilar.
G.Shmoller tomonidan tuzilgan «Ijtimoiy siyosat uyushmasi»nng 
faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi. Uning yetakchi nazariyotchilari 
universitet professorlari bo‘lib, ulaming dasturlari «

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin