borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o‘tish davridagina emas,
balki inqilobiy harakatlardan holi, tinch va tez sur’atlarda ijtimoiy
tenglikka asoslangan «industrial jamiyat»ga o'tish davri hamdir. Ado
latli «industrial jamiyat» qurilishi haqidagi o'zining mulohazalarida u
ilm-u fan va ilg‘or nazariyalarga yuqori baho berib, bo‘lg‘usi yan-
giliklami tarixan muqarrar deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Sen-
Simon o‘zining «industrial jamiyat»ida boshqa xayoliy sotsialistlar kabi
qarama-qarshi sinflami yo‘qolib ketishi va hokimiyat tomonidan siyosiy
funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta e’tibor berishini
taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki, xayoliy sotsia-
lizmning boshqa barcha vakillaridan farq qilib, Sen-Simon sotsializmda
xususiy mulkchilik bo'lishini inkor etmaydi, balki aynan xususiy
mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligini
ko‘rsatib o‘tadi.
Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi
Dostları ilə paylaş: