‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


A.Sen-Simon, Sh.Fure va R.Ouenning iqtisodiy qarashlari



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

12.2. A.Sen-Simon, Sh.Fure va R.Ouenning iqtisodiy qarashlari
Fransiyada buijua inqilobidan keyin kapitalizm yana tez rivojlandi. 
Jamiyat oldida doimiy ravishda ko'ndalang bo‘Mb qolgan yangi savoUarga 
fransuz mutafakkiri Sen-Simon birinchi bo'Ub javob berishga urindi.
Anri Hod de Rebrua Sen-Simon 
(1760-1825) Fransiya xayoUy 
sotsializmining namoyandasi bo‘lib, 1789-1794-yillardagi fransuz 
inqilobi bilan zamondosh edi.
U aristokratlar oilasidan kelib chiqqan bo'Ub, quyidagi mashhur 
asarlaming muallifidir: 
«Sanoat sistemasi haqida», «Inson haqidagi
fan ocherklari», «Sanoat yoki siyosiy, ma’naviy va falsafiy mulohaza-
lar», «Yangi xristianlik» 
va boshqalar.
Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlami amalga oshirib, asosiy 
e’tibomi ijtimoiy muammolarga qaratdi. U yaxshi jamiyat to‘g‘risidagi 
umidini aql-idrokka, ma’rifatga bog'ladi; u insonning aql-idrokini 
tarixiy jarayonning to‘la hokimi va rahbari sifatida bildi, jamiyatni 
yaxshi tarzda qayta qurish yo'Uarini tashviqot qilishni esa o‘z ta’limoti 
amalga oshirilishining bosh vositasi deb hisobladi.
Fransuz m a’rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab 
chiqarishdagi inson faoUyati, mulkchilik shakUari kabi iqtisodiy omil-


laiga katta baho berdi. U 
«Ilk davr»,
«
Qulchilik
», 
«0‘rta asrlar», «Hozirgi
davr»
va 
«Oltin
ay/vlami alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya- 
lami ko‘rsatib o'tdi.
«Hozirgi davr» (ya’ni XIX asming ikkinchi yarmi) o'tish davri 
deb belgilanib: «...bu davrda, — deb yozadi Sen-Simon, — olimlar, 
tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar shakllanadi, ular qirol 
hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni barpo etishlari kerak, bu esa 
o‘z navbatida, «Oltin asr»ga kirib kelishni ta’minlaydi.»
Sen-Simon o'zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi 
davmi o‘rganib borish uchun o‘tgan davrga nazar tashlash kerakligini 
aytib: «
Har bir alohida olingan davr mulohazasida juda yuzaki, hatto
notolg‘ri xulosalami beradi, so‘nib borayotgan oltmish qoldiqlari tug‘ilib
kelayotgan kelajak bilan qorishtirib yuboriladi»,
- deb ko‘rsatadi.
Tarixiyligiga qaramay, Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish 
konsepsiyasi idealistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong 
va g'oyalar ravnaqi tashkil etardi.
Lekin uning idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik 
fikrlar ham yo‘q emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va 
savdoning rivojlanishi burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo'lganligini, 
iqtisodiy holat esa, mulkchilikka tobe bo'lgan, o‘ziga xos ijtimoiy- 
tarixiy formalami vujudga keltirishini aytib o‘tadi. «
Hokimiyat va
boshqaruvni belgilovchi qonun ham, 
deb yozadi u, 
mehnat
farovonligini to‘liq ta ’minlay oladigan mulkchilik va undan foydalanishni
belgilovchi qonundek katta ahamiyatga ega emas».
Sen-Simonning bo'lajak adolatli jamiyati industrial sistema deb 
nomlanib, u yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi asosida rivojlanadi, 
sanoat - alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona industrial markaz 
orqali amalga oshiriladi deb hisoblagan edi.
Sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlami taqsimlash 
olimlar tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega bo'lgan sanoat 
kapitalistlari boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg'ul bo‘ladilar, 
ishchilar esa ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat 
qilishlari zarur.
Sen-Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda, ayniqsa, 
sanoatda anarxiyaga (hokimiyatsizlikka) yo‘l qo'yilmasligiga va reja 
asosidagi markaziy boshqaruvga katta e’tibor berishni taklif etadi. Uning 
qarashlariga ko‘ra, erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzim bu tugab


borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o‘tish davridagina emas, 
balki inqilobiy harakatlardan holi, tinch va tez sur’atlarda ijtimoiy 
tenglikka asoslangan «industrial jamiyat»ga o'tish davri hamdir. Ado­
latli «industrial jamiyat» qurilishi haqidagi o'zining mulohazalarida u 
ilm-u fan va ilg‘or nazariyalarga yuqori baho berib, bo‘lg‘usi yan- 
giliklami tarixan muqarrar deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Sen- 
Simon o‘zining «industrial jamiyat»ida boshqa xayoliy sotsialistlar kabi 
qarama-qarshi sinflami yo‘qolib ketishi va hokimiyat tomonidan siyosiy 
funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta e’tibor berishini 
taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki, xayoliy sotsia- 
lizmning boshqa barcha vakillaridan farq qilib, Sen-Simon sotsializmda 
xususiy mulkchilik bo'lishini inkor etmaydi, balki aynan xususiy 
mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligini 
ko‘rsatib o‘tadi.
Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi 

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin