jamiyat yuzaga keladi,deb ishchilami ishontiradilar. Ular yangi jamiyat,
adolatli ijtimoiy tuzum loyihalarini bayon etib, iste’mol va taqsimotni
qayta tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan, balki ishlab chiqarishni
tubdan o'zgartirishni taklif qildilar.
Shuningdek, ulaming ijtimoiy adolatni targ‘ib
qilishga qaratilgan
g'oyalari aynan adolatsizliklardan voz kechishi zarur degan fikrlari
asosida nafaqat xayoliy balki bozor iqtisodiyotiga qarshi qarash
ko‘rinishini oladi. XIX asming birinchi yarmida ijod qilgan xayoliy
sotsiaUstlar ta’limotlarida bozor iqtisodiyotiga muqobil qarashlar turlicha
bo‘ladi. Bu o‘rinda ushbu maktab vakillarining birinchidan, individual
faoliyatni kollektiv mehnat faoliyati bilan almashtirish mexanizmini
qanday izohlashlari bilan,
ikkinchidan, mehnatkashlarni jamoa
tashkilotlariga birlashish tamoyillari xususiyatlarini qay tarzda
tushuntirishlarida o‘z aksini topadi.
Bu shart-siiaroitga e’tibor berib Sh.Jid va Sh.Rist o‘z asarlarida
shunday deb yozadilar: «Sen-Simon va uning izdoshlari haqiqiy
kollektivizm tarafdorlari bo'lib, ular jamoat tashkilotlariga millatning
hamma a’zolarini kirgizish bunday birlashuvni tepadan boshlashni
taklif qiladilar, ya’ni milliylashtirish va boshqa jarayonlami
endi siyosiy
hokimiyat o‘z qo'liga oladi.
R.Ouen va Sh.Fure hamda ulaming izdoshlari «Sotsialist-
assotsiatsiyachilar» bo‘lib, Sen-simonchilardan farqU o‘laroq individ
to‘da ichida yo'qolib ketmasligini xohlaydilar. Ulami mayda avtonom
guruhlar yordamida saqlab qolishni taklif qilib, birlashuv jarayonini
yuqoridan emas, balki quyidan borishini maqsadga muvofiq deb
hisoblaydilar». (Жид Ш., Рист Ш. История экономических учений.
— М., «Экономика», 1995. Стр. 170)
Nihoyat, xayoliy- sotsializm namoyandalari o'zlarining benuqson
ijtimoiy tuzumlami turUcha:
Sen-Simon industrializm, Fure garmo-
niya, Ouen esa kommunizm deb atadilar. Lekin ulaming barchasi
ekspluatatsiyaning yo‘q bo‘lishi, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi
qarama-qarshilikning bartaraf etilishi hamda xususiy mulkning yo‘q
bo'lishi to‘g‘risidagi fikrlami bir xil takrorladilar. XVIII asming oxiri
- XIX asming boshlarida G'arbiy Yevropada ishlab chiqarishning
hukmron shakli manufaktura bo‘lib, fabrika ishlab chiqarishi endi-
gina shakllanayotgan edi. Kapitalizmning
moddiy sharoitlari va
ishchilaming jamiyatning asosiy sinfi sifatida shakllanishi dastlabki
bosqichlarda edi.
Xayoliy sotsiaUstlar ijtimoiy adolatli jamiyatga o‘tish yo'llarini aniq
ko'rsata olmadilar, lekin ular sinfiy manfaatlar qarama-qarshiligini
ta’kidlab o'tdilar. Ular ishchilar sinfiga ezilgan jabrlanuvchi sinf sifatida
qarab, asosiy e’tibomi ongni rivojlantirishga, o‘z g‘oyalarini tashviqot
qilib, kommunalar, «falansterlar» orqali hayotga tatbiq etishga qaratdilar.
Mehnatkashlami ozod etishning moddiy sharoitlari yaratilmaganligi
tufayli xayoliy sotsiaUstlar bo'lajak jamiyatning
fantastik loyihalarini
taklif etdilar. Ular o'zlarini sinflardan yuqori qo‘yib, jamiyatning
barcha a’zolari manfaatlarini ifoda etayotganliklarini ko‘rsatmoqchi
bo'ldilar. Shuningdek, siyosiy kurash, revolutsiyalami rad etib, ijtimoiy
adolat g'oyalarini tashviqot qiUsh yo'li bUan jamiyatni qayta tuzishni
orzu qildUar. Mana shulaming barchasi g‘oyalaming xayoUy bo‘Ub
qolishiga sabab bo'ldi. Biroq, xayoUy sotsiaUzm o‘zining cheldanganligiga
qaramasdan, kapitalizm oyoqqa turayotgan bosqichda progressiv
ta’limotlar qatorida alohida o‘rin egaUaganUgini aytishimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: