‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Renta to‘g‘risidagi nazariyasi
D.Rikardonikidan farq qilmaydi, 
ammo differensial renta bilan absolut renta ham borligi aytiladi. So‘nggi 
renta qishloq xo'jaligidagi kapital organik tuzilishini pastligi (S/V) va 
yerga xususiy mulk borligi bilan izohlanadi.
Hozirgi davrda marksizmga bo'lgan munosabat salbiy hisoblanadi. 
Ammo bu ta’limotning muholiflari ham, ayniqsa, Kart Marksning 
(1818-1883) iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan buyuk hissasini tan 
olmoqdalar (masalan, R.Xeylbroner, L.Turou. 
«Экономика для 
всех»). Umuman, iqtisodiyot g'oyalari tarixida uch shaxs - A.Smit, 
K.Marks va J.M.Keyns ta’limotlariga alohida e’tibor beriladi. Shuning 
uchun, odatda, K.Marks va 
Fridrix Engelsning (1820-1895) kapita­
lizmga bo‘lgan munosabatlariga baho beriladi. Bu ikki olimning ta’limoti 
bir-biri bilan chambarchas bog'lanib ketgan bo‘lib, bu yagona ta’limot 
marksizm deb ataladi, shuning uchun ko'proq K.Marksning nomi 
tilga olinadi. Bu olimning iqtisodiy qarashlarini tushunish uchun ulami 
boshqa tadqiqotchi - A. Smit g'oyalari bilan solishtirishni o'rinli deb 
hisoblaymiz.


A.Smit kapitalizmni tartibga solish va taraqqiyotining me’mori edi. 
K.Marks esa bu jamiyatning illatlari va bo‘lajak o‘limi, tashbehchisi 
bo‘lgan. Ulaming qarashlarida tarixga bo‘lgan turU munosabat ochiq- 
oydin bo‘lib qoladi. A.Smitning fikricha, insoniyat ovchilar va 
baliqchilaming ilk va sodda jamiyatidan oliy kommersiya jamiyati sari 
boradigan yo‘lni bosib o‘tdi. K.Marks esa insoniyat tarixi sinflaming 
to‘xtovsiz kurashi, barcha davrlarda ezuvchi va eziluvchilar o‘rtasidagi 
antogonistik raqobati hisobiga rivojlanishini aytadi. A.Smit va ko‘pgina 
boshqa olimlar kapitalistik tizim oxir-oqibatda jamiyatdagi barcha 
taraflarning shaxsiy manfaatlari bilan ijtimoiy manfaatlarining 
uyg'unligi (garmoniyasi)ni, bu jarayon abadiy yoki juda uzoq vaqt 
davom etishini bashorat qiladilar. Marks esa sinfiy kurash ziddiyat va 
antagonizmni vujudga keltiradi va kapitalistik tizimning umri qisqa, 
ish haqi va foyda o‘rtasidagi qarama-qarshilik kapitalizmni o‘zgartiradi 
va uni yakson etadi, degan fikmi bildiradi.
Smitning fikricha, ayrim shaxslar va jamiyat manfaatining mos 
tushishi «Ko‘rinmas qo‘l» orqaU (tabiiy Qonunlar va raqobat nati­
jasida) tartibga solib turiladi. Vaholanki, Marks bo'yicha, ishlab chiqa­
rish vositalari markazlashuvi va mehnatning ijtimoiylashuvi kapitalizm­
ni inqilobiy yo‘l bilan boshqa jamiyatga o‘tishini taqozo etadi. Smit 
xususiy mulkni himoya qilsa, markschilar umumxalq (davlat) mulkini 
afzal deb hisoblaydilar.
Markschilar kapitalizmni rivojlanayotgan tizim, deb qaradilar va 
boshqa hali to‘la aniq bo‘lmagan jamiyat sari ketayotganligini aniqladilar 
(buni ba’zilar sotsializm deb qaraydilar). Marks iqtisodchi sifatida 
bozomi kapital va boylik jamg'arishning kuchli vositasi sifatida biladi. 
Ammo bu jarayonni Smitdan boshqacharoq tahlil qiladi. Agar Smit 
bo'yicha bozor o‘zini-o‘zi boshqara olsa, Marksda bu o'sish turli 
to'siqlar, inqirozlar orqali ro‘y beradi. Marks jamg‘arilish jarayonini 
biznesmen nuqtayi nazaridan o'rganadi: asosiy masala shundaki, 
ma’lum kapital (bankdagi pul yoki korxonaga qo‘yilgan mablag‘) foyda 
keltirishi kerak. Marks iborasi bo‘yicha P (pul summasi) undan kat- 
taroq PI ga aylanishi kerak. Bunga Marksning javobi quyidagicha: 
kapitalistlar o ‘z pullarini tovar va ishchi kuchini sotib oUshga ishla- 
tadilar, shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni uchun asos solinadi, 
kerakli xomashyo, yarim fabrikatlar olinadi, ishlab chiqarish quv- 
vatlari va ishchi kuchi yollanadi. Bu bosqichda hamma narsani haqiqiy 
bahoda olish qiyinchiligi yuzaga keladi. Real hayotda (masalan, mehnat


qimmat tursa) P o‘zgarmas holda qoladi va jamg‘arilish jarayoni 
boshlanmaydi.
Agar yuqoridagi birinchi bosqich muvaffaqiyatli o‘tsa, pul kapitali 
yollanma ishchi kuchi va moddiy ne’matlar zaxirasiga aylansa, ya’ni 
pul mehnat jarayoni bilan materiallar, xomashyo, yarim fabrikatlar 
orqali qo‘shilib ketsa, keyingi bosqichga o'tiladi.
Xuddi shu yerda fabrika sexlarida foyda yuzaga keladi, uning manbayi 
shundaki, kapitalistlar ishchi kuchiga ular tomonidan ajratilgan 
qiymatdan kamroq haq to'laydilar. Foyda, ya’ni P va PI orasidagi 
farq amalda haq to‘lanmagan mehnat bo‘lib chiqadi. Bu Marksning 
qo‘shimcha qiymat nazariyasi foydaning manbai sifatida kapitalizmni 
tahlil etishda juda muhimdir.
Bu qo'shimcha qiymat, odatda, ikki yo‘l bilan vujudga kelishi mumkin:
1. Ish soatlarini cho'zish (absolut).
2. Zaruriy ish vaqtini qisqartirish (nisbiy) yoki mehnat unumdor- 
ligini oshirish.
Marksning fikricha, ish kuni ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi 
zaruriy ish vaqtida ishchi va ishlab chiqarishga ketgan sarf-xarajatlar 
to‘la qoplanadi va qolgan vaqtda (qo‘shimcha ish vaqtida) qo‘shimcha 
qiymat hosil bo‘ladi, ya’ni haq to‘lanmagan ish vaqti kapitalist 
tomonidan o'zlashtiriladi (odatda, ish kunining yarmi yoki ma’lum 
qismi o‘shanga sarflanadi). Kapitalist awalgi davrlarda ish soatlarini 
ko‘paytirish yo‘U bilan qo‘shimcha ish vaqtini cho‘zgan bo‘lsa, keyingi 
paytlarda zaruriy ish vaqtini qisqartirish yo‘lini qidiradi va bu ko'pincha 
ishlab chiqarishga mashinalashtirish, avtomatika, telemexanikani 
kiritish bilan amalga oshiriladi.
Marks kapitalizmning to‘g‘ri tizim emasligini, uning turli inqirozlar, 
siklik o‘zgarishlarga moyilligini ko'rsatib berdi. Haqiqatan ham, Smit­
ning fikridan farqli ravishda kapitalizm tizimining kibemetik kafolat- 
langan jarayondan ancha uzoqligi aniq. Kapital jamg‘arilishi mehnat va 
kapital manfaatlarining noaniqligi, qarama-qarshiligini yengishi kerak 
bo‘lgan bozor tizimi bilan bevosita bog‘liq. Biznesning asosiy maqsadi 
boylik to‘plash bo‘Isa ham, bu maqsadga erishish har doim ham amalga 
oshavermaydi.
«Kapital» asarida kapitalizmning turg‘un emasligi oxir-oqibatda 
tizimning qulashiga olib keladi, degan xulosalar chiqariladi.
Ilgari surilgan iqtisodiy munozara asosan kapitalizm oxir-oqi- 
batda o‘zini o‘zi vayron eta oladimi, degan masalaga borib taqaladi.


Kapitalizmning ichki qarama-qarshiliklarining chuqurlashuvi tufayli 
bozor mexanizmi ulami tartibga sola oladimi, degan va boshqa savollaiga 
aniq javob berish qiyin. Marks tanqidchilari to‘la ishonch bilan 
kapitalizm vayron bo'lmadi, ishchilar sinfi qashshoqlashmadi, foyda 
normasining pasayishi va boshqa prognozlari tasdiqlanmadi, demoqdalar.
Uning tarafdorlari esa buning aksini isbotlamoqdalar. Ulaming 
fikricha, kapitalizm XX asming 30-yillari deyarli vayron bo‘ldi, 
odamlaming «proletarlashuvi» tobora ortib bormoqda, masalan, 1800- 
yilda 80 foiz amerikaliklar yollangan holda ishlagan bo'lsalar, ular 
hozir 10 foizga kamaygan, Marks aytganidek, firmalar hajmi tobora 
yiriklashmoqda, kapitalistik tizim nokapitalistik Osiyo, Janubiy Amerika 
va Afrikaga tobora kirib bormoqda.
Bu borada o‘z fikrimizni bildirmoqchi bo‘lsak, shuni aytib o‘tish 
kerakki, marksizm g'oyalari o‘sha davr uchun ko‘p jihatdan to‘g‘ri 
edi. Kapitalizm shakllanayotgan va rivojlanayotgan davrda ishchilaming 
ahvoli keskin yomonlashdi, ekspluatatsiya kuchaydi, inqilobiy vaziyat 
yuzaga keldi va bu qisman amalda ro‘y berdi. Ammo inqirozlar girdobiga 
uchragan yetakchi kapitalistik mamlakatlar ahvolni to‘g‘rilash uchun 
o‘z iqtisodiy siyosatlarini keskin o'zgartirishga majbur bo'ldilar, 
ijtimoiy bozor elementlaridan foydalanish yo‘liga o'tdilar. Bunda sobiq 
SSSR va boshqa «sotsialistik» deb atalgan davlatlaming ta’siri ham 
kuchli bo'ldi. Bu davrda kapitalizm yangi davrga moslashdi va aslida 
«sotsializm» elementlarini hayotda qo‘llay boshladi. Hozirgi XX asr 
kapitalizmi XIX asrdagidan keskin farq qiladi.
Olimlar Marksning otashin demokrat bo‘lganligini tan olgan.
12.6. Markscha iqtisodiy ta’limotning tarixiy taqdiri
Markscha g‘oyalar davr sinovidan o'tdimi? degan o‘rinli savol 
tug‘iladi. Umuman, o‘z davrida sotsialistik va konkret Sovet davlati va 
dunyoning 1.5 mlrd. aholisini o‘z ichiga olgan sotsialistik lager deb 
atalgan mamlakatlardagi ijtimoiy tuzumning mazmuni nimadan iborat 
edi, hozirda bu yo‘lni davom ettirayotgan davlatlaming istiqboU 
qanday? kabi muammolar bugungi kunda oz emas. Bu murakkab 
savollarga baholi qudrat o‘z fikrimizni bildiramiz.
Imperializm sotsialistik inqilob arafasi ekanligi dastlab Rossiyada, 
keyinroq qisqa vaqt bo'lsa ham, Germaniya (Bavariya), Vengriya, 
Mongoliya va II Jahon urushidan keyin ba’zi davlatlarda isbotlandi. Lekin


bu inqilob yuksak rivojlangan, ishchi sinfi ko'pchilikni tashkil etgan 
joylarda emas, nisbatan o‘rta yoki kam rivojlangan davlatlarda ro‘y berdi.
Markscha ta’Iimot asoschilarining umumxalq mulkini yaratish, 
xususiy mulkchilikni yo‘q qilish, iqtisodiyotni qat’iy rejalashtirish, 
raqobatni yo'qotish, ya’ni bozor iqtisodiyotini bekor qilish to‘g‘risidagi 
g'oyalari (sobiq Sovet davlati va boshqalarda) o‘zini oqlamadi.
Rossiyadagi inqilob (chet el intervensiyasi bejiz emas), sotsializm 
yo'lini birinchi bo'lib tanlagan davlatlar - SSSR, Mongoliya va boshqalar, 
II Jahon urushi, yangi sotsialistik yo‘ldan borishni istagan davlatlar, 
mustamlakachilik sistemasining yemirilishi, iqtisodiy va siyosiy inqirozlar 
kapitaUstik davlatlar oldiga yangidan yangi muammolami qo'ydi. Katta 
tajribaga ega bo'lgan buijuaziya ilmiy-texnika progressidan unumU 
foydalandi, ishlab chiqarishni o‘stirdi, foyda oshdi, ishchilar sinfi va 
xalqning moddiy turmush darajasini oshirishga va sotsial tenglikni 
yumshatishga erishdi. Masalan, AQSHda milliy boylikning 60 foizi 1 
foiz aholining qo‘Uda, bunga xalq jim qarab tura oUnaydi. Shuning uchun 
bu sistema yo‘qolish xavfining oldini oUshga majbur edi (SSSR tajribasi).
Shu vaqt davomida SSSR deb atalgan sobiq mamlakatda rivojlanish 
tobora susayib bordi, sotsial tanglik kuchaydi, bunga bir qancha sabablar 
bor. Awalo voqealami sun’iy tezlashtirishga urinildi. 1928-yildan boshlab 
yangi iqtisodiy siyosat vazifalari inkor etUdi. Vaholanki, bu jiddiy va 
uzoqqa mo‘ljallangan siyosat edi. Kapitalistik munosabatlaiga chek qo'yishga 
shoshildik, ma’muriy-buyruqbozlik usulini joriy qiUb, ayniqsa qishloq 
xo‘jaligida majburiy koUektivizatsiya kabi yirik xatolarga yo‘l qo‘ydik, 
dehqonlar va ishbUarmonlaming faoUyatiga sun’iy to‘siqlar yaratdik. 
Ikkinchi besh yillik oxirida sotsializm qurib bitkazilganligini e’lon qildik 
va AQSHga yetib oUsh va undan o‘zib ketish vazifasini belgiladik. II 
Jahon urushi oqibatlari va undan keyingi voqealar, sovuq urush, 
quroUanish poygasi (40-50 foiz xarajat), boshqa davlatlaiga beg'araz 
yordam, ilmiy-texnika taraqqiyotiga e’tiboming kamligi (kibemetika va 
genetikani dastlab inkor etish) iqtisodiyotda qo'pol xatolar va yomon 
oqibatlaiga oUb keldi. Ayniqsa, og‘ir sanoatning ustun rivojlanish qonuni 
katta ziyon keltirdi. 1953-yilda Stalin vafotidan so‘ng G.M.Malenkov 
tomonidan xalq iste’mol mollarini ko‘proq ishlab chiqarish g‘oyasi 
zararU deb e’lon qilindi. Ayniqsa, N.S.Xrushchevning iqtisodiy siyosati 
xalq xo‘jaUgini keskin og‘ir ahvolga soUb qo'ydi.
Ilg'or kapitaUstik davlatlarda qayta qurish (agar shimday deyish 
joiz bo‘Isa) ancha ilgari boshlandi. Masalan, AQSHda 1929-33-yillar


buyuk inqiroz davrida 17 mln. ishsiz bo‘lgan paytda sotsializatsiya rejalari 
tuzildi, insonning manfaatlarini ta’minlamay, himoyalamay, halokatga 
uchrash mumkinligi ayon bo‘lib qoldi (buning uchun 200-250 yil 
kerak bo'ldi).
II Jahon urushidan keyin Germaniyada L.Erxard tomonidan 
ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotga yo‘l ochildi, Shvetsiya va bir qancha 
mamlakatlarda davlat tomonidan sotsial himoya kuchli qilib qo'yildi.
Yuqorida aytilganidek, bir qancha davlatlar sotsializm g‘oyasidan 
voz kechmagan. XXRda sotsializm asoslarini qurish 50-100 yillik vazifa 
qiUb belgilangan, KXDR, Kuba va Vyetnam sotsialistik respublikasida 
ham bu jamiyatni qurish uchun harakat bor.
Markscha ta’Iimot tarix sinovidan o'tmadi. Uning taqdiri kelajak 
tarixi hukmiga havola etiladi.
Qisqacha xulosalar
Sen-Simonizm ta’limoti o‘z rivojida to‘rtta bosqichni bosib o‘tdi. 
Birinchi bosqich uning 1815-yilgacha yozilgan asarlarida yoritilib, 
olimning ijtimoiy-iqtisodiy tafakkuri endi shakllanib borayotgan edi. 
Ikkinchi bosqich Sen-Simon hayotining so'nggi o‘n yilligida yozilgan 
asarlami o‘z ichiga olib, ularda kapitalizm tabiiy va abadiy degan fikrdan 
qaytib, yangi, qarama-qarshilik va raqobat o‘rniga birodarlik va 
hamkorlikka asoslangan jamiyat vujudga kelishi ko‘rsatiladi.
Bu almashinuv tinch yo‘l bilan, «industriallar jamiyati»ning 
rivojlanishi va feodallami tugatish asosida olib boriladi. Sen-Simon
umuman, xususiy mulkchilikka qarshi chiqqan emas, u faqat jamiyatda 
ma’lum nazorat o'matilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Uchinchi bosqichga Sen-Simonning vafotidan keyin olti yil ichida 
uning shogirdlari yaratgan asarlar hamda ulaming tashviqot va amaliy 
faoliyati kiradi. Bu bosqichda Sen-Simonizm sotsialistik ta’limotga 
aylanib, xususiy mulkchilikni bartaraf etishni, boylikni har kimning 
mehnati va layoqatiga qarab taqsim qilishni, ishlab chiqarishni esa 
rejalashtirishni talab qiladi.
Ular qiymat shakllarini, ish haqi, foyda va yer rentasining 
xususiyatlarini o‘rganishni maqsad qilganlari yo‘q. Balki, siyosiy iqtisod 
fani oldiga yangi vazifalami: kapitalistik ishlab chiqarish usulining 
vujudga kelishi va rivojlanishi, undagi qarama-qarshiliklar, nima uchun


va qanday ko‘rinishda sotsializmga o‘rin bo‘shatishi kerakligini 
o'rganishni qo‘yadi.
1831-yilda boshlangan to'rtinchi bosqich Sen-Simonizm inqirozi 
bosqichidir. Ishchilar orasida mustahkam o‘rin egallamagan Sen- 
simonchilar dastlabki revolutsiyalar davrida o'zlarini ancha yo‘qotib 
qo‘ydilar. Natijada ular orasida kelishmovchiliklar vujudga kelib, ikkiga 
bo‘linishga, keyinchalik esa Sen-Simonizmning oqim sifatida butkul 
tarqalib ketishiga sabab bo‘ldi.
Sen-Simon yangi jamiyatning umumiy qiyofasini, ya’ni eskizini 
yaratgan bo‘lsa, Fure, o‘z navbatida, undagi mehnatni va hayotni 
tashkil qiluvchi alohida yacheykalaming mohiyatlarini o'rgandi. Fure 
asarlari va g'oyalarining ahamiyati shundan iboratki, olimning o‘zi 
kapitalizm qonuniyatlarini o'rganishga harakat qildi. Uning mehnatni 
tashkil qilish, mehnatni tabiiy zarurat o‘mida bilish va musobaqalar 
to‘g‘risidagi g‘oyalari hozirgi davrda ham katta ahamiyatga egadir.
XayoUy sotsiaUstlar ichida Ouen birinchi bo‘Ub klassik iqtisodiy 
maktab prinsiplari asosida kapitalizmga qarshi xulosalar chiqardi. U 
o‘z qarashlarini Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi asosida 
yaratib, ayrim hoUarda Buagilber qarashlaridan ham keng foydalandi.
R.Ouen tashviqotlaridan ruhlangan klassik iqtisodchilar Smit va 
Rikardo ta’Umotlari bUan yaqindan tanish bo'lgan va siyosiy iqtisodda 
ishchilar manfaatlarini birinchi bor ifoda etgan kishilar sotsiaUst- 
rikardochilar edi. Ulaming iqtisodiy g'oyalari Ouennikiga nisbatan ancha 
mukammal bo‘Ub, Rikardo ta’limotini ilmiy rivojlantirishga urindUar. 
XIX asming oxiri va XX asr boshida kapitalizmning monopoUyalash- 
gan davrida leninizm ta’limoti yuzaga kelgan bo‘Ub, marksizm to'ldirildi 
va rivojlantirildi. Bu ta’limotga ko‘ra kapitalizmning yemirilishi va inqi­
lob nisbatan past rivojlangan, imperializm zanjirlari bo‘sh bo‘lgan ay­
rim mamlakatlarda ham ro‘y berishi mumkinUgi ko'rsatildi.
Bu bashorat XX asr boshida qisman Rossiya, MongoUya, II Jahon 
urushidan keyin bir qancha Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida 
oqlandi. 70 yildan ortiq davom etgan «sotsialistik» jamiyat qurish 
tajribasi o‘zini to'la oqlamadi. Ayniqsa, sof bozor munosabatlaridan 
voz kechish, davlat mulkining yetakchi bo‘lib olishi ma’muriy- 
buyruqbozlik asosidagi iqtisodiyotni keltirib chiqardi, erkin bozorga 
zid iqtisodiyotni vujudga keltirdi. Oqibatda sobiq SSSR va boshqa «sot­
sialistik» deb atalgan mamlakatlarda iqtisodiy va siyosiy inqiroz ro‘y ber­
di, ular parchalandi va bozor iqtisodiyoti yo'liga o'tishga majbur bo‘ldi.


Asosiy tushuncha та iboralar
Nobozor iqtisodiy g'oyalar, assotsiatsiya, yacheyka, falanga, xaos, 
pamflet, xartiya, chartizm, Marksning qo‘shimcha qiymat nazariyasi, 
kapitalizmning taqdiri, asosiy aylanma kapital, kapitalning organik 
tuzilishi, aholining absolut va nisbiy qashshoqlashuvi, kapitalizmning 
o‘limi haqidagi g‘oyalaming asossizligi, monopolistik kapitalizm, 
«sotsiolistik» deb atalgan g'oyaning tarixiy taqdiri.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Xayoliy sotsializm vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar.
2. Xayoliy sotsializmning haqiqiy rivojlanish davri qaysi daviga to‘g‘ri 
keladi?
3. XayoUy sotsiaUstlar adolatU jamiyatga o‘tish yo'Uarini qanday 
ko‘rsatdilar?
4. Sen-Simonning iqtisodiy qarashlari haqida nimalami bilasiz?
5. Sen-Simon fransuz ma’rifatparvarlaridan nimasi bilan farq qUadi?
6. Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi qanday edi?
7. Sh.Furening iqtisodiy qarashlari haqida nimalami bilasiz?
8. Sen-Simon va Sh.Furening iqtisodiy g‘oyalari bir-biridan nimasi 
bilan farq qUadi?
9. R.Ouenning iqtisodiy konsepsiyasiga xos xususiyatlar nimalardan 
iborat?
10. R.Ouenning qanday asarlarini bilasiz?
11. Sotsialist-rikardochilar (J.Grey, T.Godskin, J.Brey)ning 
iqtisodiy qarashlariga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
12. Sotsialist-rikardochilar qanday iqtisodiy masalalarga ahamiyat 
berdilar?
13. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida sotsialist-rikardochilaming tutgan 
0‘miva ahamiyati.
14. Marksizm vujudga keUshining tarixiy shart-sharoitlari nimalardan 
iborat?
15. K.Marks va F.Engels iqtisodiy ta’limotining asosini nimalar 
tashkil etadi? Qo'shimcha qiymat nazariyasi nima?


ХШ b о b. GERMANIYADAGI TARIXIY MAKTAB 
IQTISODIY G‘OYALARINING MOHIYATI
13.1.Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari
Taniqli ingliz iqtisodchi olim Mark Blaug XIX asming 60-yillarida 
Yevropa q it’asida klassik iqtisodiy maktabga muqobil nazariy 
maktablarning shakllanishini ta’minlaydigan haqiqiy intellektual 
inqiroz sezilmasdan turib, yagona tarixiy maktabgina o‘zining muqobil 
modelini taklif qilganini alohida ta’kidlaydi (Блауг М. Экономическая 
мысл в ретроспективе. Дело ЛТД, 1994, стр, 275). Haqiqatan ham, 
tarixiy maktab nazariyotchilari XIX asr Germaniyasi taraqqiyotiga va 
ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar. «Tarixiy usul» jozibasi keyingi 
avlod iqtisodchilari tomonidan Yangi tarixiy maktabning yaratilishiga 
sabab bo‘ldi.
Barcha tarixiy maktablarning mualliflari klassiklami tanqid qilishda 
bir fikrda edilar. Ular klassiklar abstraksiya va umumiy xulosalarga 
berilib, kerakli fakt va kuzatishlarga e’tiborsiz qarashayotganliklarini, 
shuningdek, iqtisodiy liberalizm negizlarini mutlaq holda ko‘rsa- 
tayotganliklarini tanqid qilib, voqelikni haqqoniy tadqiq qilish 
maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.
Yangi davr talablarini F.List va keyinchalik tarixiy maktab vakillari 
hal etishga harakat qildilar. F.List o‘z qarashlari bilan nafaqat iqtisodiy 
nazariyani rivojlantirishga intildi, balki endi rivojlanayotgan davlatning 
iqtisodiiy siyosatini tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Uning milliy 
xo‘jalik tizimi ilg‘or nemis buijuaziyasi manfaatlarini ifoda etib, indus­
trial rivojlanish yo‘llarini izladi.
Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo‘lak yana nima milliy bo‘lishi 
mumkin, degan fikrlarga asoslanib, siyosiy iqtisodda tarixiy usul o'mini 
ko‘rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod 
orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog‘liq holda 
rivojlanadigan milliy xo‘jalikni o'rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib 
qo'ydilar.


13.2. F.Listning iqtisodiy qarashlari
Fridrix List (1789-1846) Janubiy Germaniyaning Reydlingen 
shahrida boy hunarmand oilasida tug‘ildi. List 1819-yilda Germaniya 
iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida «

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin