iqtisodiy munosabatlarda to‘la erkinlik berilishi zarurligi qayd etiladi. Shu
bilan biiga, bozoming ko'lami va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari o'rtasi-
da funksional (ya’ni bevosita) bog'lanish bor degan g‘oya ham ilgari
suriladi. Shunday qilib, iqtisodiy integratsiya zarurati tashqi bozoming
qayta ishlab chiqarishga hal qiluvchi ta’siri tufayli yuzaga keladi.
Iqtisodiy integratsiya bo'yicha ta’limotlarda asosiy e’tibor «bojxona
ittifoqi»ga berilib, unda o‘zaro savdo bo‘yicha har qanday cheklovlar
bekor qilinishi va «uchinchi mamlakatlar» uchun yagona bojxona tarifi
joriy qilinishi kerak bo‘ladi.
Olimlaming fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-
siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo'ladi: ishlab chiqarishning
doimo o'sishi va iqtisodiy inqirozlaming bo‘lmasUgi ta’minlanadi;
iqtisodiyotning doimo o'sishi tufayli aholining turmush darajasi
ko‘tariladi; ishchi va kapitalistlar o'rtasidagi sotsial sheriklikni rivoj-
lantiradi; turli mamlakatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy
nifoqlar tugatiladi. Demak, iqtisodiy integratsiyaga kapitalistik jamiyatga
xos bo'lgan illatlami kamaytirish vositasi sifatida qaraladi.
Dostları ilə paylaş: