‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Jahonshumul iqtisodiy muammolar



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

21.4. Jahonshumul iqtisodiy muammolar.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti to'g'risidagi g'oyalar
Hozirgi davrda jahonda 200 dan ortiq davlat mavjud, ulaming soni 
sobiq SSSRning parchalanishi, Yugoslaviyaning bo'linishi va boshqalar 
tufayli keskin oshdi. Shundan 188 davlat BMT a’zosidir. Bu tashkilot 
tuzilganidan buyon (1945-yil 24-oktabr) o'ziga xos yakun yasaldi va 
quyidagilar e’tirof etildi: BMT a’zolari soni 51 tadan 188 ga o'sdi, 
dunyo aholisi esa shu davr mobaynida 2.5 milliarddan 6,1 milliardga 
yetdi (o'sish 3,5 milliard), yalpi milliy mahsulot (yoki xalq boyligi) 
7 trillion AQSH dollaridan deyarli 30 trillion dollarga yetdi, ya’ni 4


martadan ko‘proq o‘sdi. 1995-yilning martida Kopengagenda BMT 
tashabbusi bilan ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha xalqaro 
konferensiya bo‘ldi, unda 150 dan ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari 
ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B. Butros G'oliy (
1997-yildan BM T
Bosh kotibi tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti laureati Kofi Annan)
o‘z 
nutqida so‘nggi yillarda kambag'allar va boylar o'rtasidagi tafovut 
kuchayib, 1960-yildagi nisbat 13:1 dan hozirgi o‘n yillikda 60:1 ga 
yetganligini qayd etdi. Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1. Sayyoramizning
1,5 milliard aholisi (27,3 foiz) og'ir iqtisodiy ahvolda kun kechirmoqda. 
Bunday differensiatsiya xavfli oqibatlarga oUb kelishi mumkin. Bundan 
tashqari, dunyoda ekologik muammo kuchayib bormoqda. Sog'liqni 
saqlash (SPID va boshqa yuqumli kasalliklar), narkobiznes masalalari 
tobora avj olmoqda.
0 ‘zaro iqtisodiy, ayniqsa, savdo munosabatlarining nafi hammaga 
ayon bo‘lishiga qaramay, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar, odatda, 
garmoniya asosida emas, balki qaram a-qarshiliklar asosida 
rivojlanmoqda. Boy va kambag'al mamlakatlar o'rtasida savdodan 
tushadigan daromadlami taqsimlashda kelishmovchiliklar kuchayib 
bormoqda.
Lekin keyingi davrda olib borilgan to‘g‘ri iqtisodiy siyosat tufayli 
ilgari qoloq bo'lgan davlatlaming ayrimlari rivojlanish, taraqqiyot yo'liga 
kirib oldilar. Ulaming soni tobora oshib bormoqda. Ulaming ayrimlari 
Lotin Amerikasida (Braziliya, Argentina, Meksika), ko'pi janubi- 
sharqiy Osiyodadir («to‘rt ajdaho» - Koreya Respublikasi, Tayvan, 
Syangan va Singapur).
Malayziya, Tailand, Vyetnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlar 
bular qatoriga kelib qo'shilmoqda. Bu davlatlarga xos bo‘lgan xususiyat 
shuki, bozor munosabatlari keng qo'llanilmoqda, sanoat (indus- 
triya)ning rivojiga alohida e’tibor berilmoqda, xorijiy investitsiyalar 
(qo'shma korxonalar juda ko‘p) ko‘p ishlatilmoqda va oqibatda 
iqtisodiyotning o'sish sur’atlari yuqori (5-10, hatto 14-15 foiz). Xitoy 
Xalq Respublikasi ham 1979-yildagi iqtisodiy islohotlar tufayli ta­
raqqiyot yo'liga kirdi (ayniqsa, ochiq iqtisodiy hududlarda o‘sish katta).
Shular tufayli bu sohada iqtisodiy ta’limotlarda ham o'ziga xos 
yo'nalishlar yuzaga keldi. Hozirgi davr iqtisodiyotchilari U.Rostou, 
R.Emerson, P.Samuelson va boshqalar kolonializmning ijobiy 
tomonlarini, uning qoloq mamlakatlarga «taraqqiyot» oUb boiganligini


bo‘rttirib ko'rsatishga intilmoqdalar. Go‘yoki mustamlakalar ilg‘or 
mamlakatlar yordamida o‘z mustaqilligini ta’minlashga erishganlar. Bu 
tuzum ilg'or va qoloq mamlakatlarga birdek naf keltirgan deb 
hisoblaniladi. R.Emerson fikricha, kolonializm Sharq xalqlari uchun 
taraqqiyot yo'lidan borishga imkoniyat yaratdi.
Ayrim iqtisodchilar kolonializmning salbiy tomonlarini inkor 
etmagan holda, uni XIX asr oxiri va XX asrdagi kapitalistik mamlakatlar 
«deformatsiya»ga uchradi, mustamlaka davlatlarining do‘stiga aylandi, 
demoqdalar. «Yaxshi kolonializm» iqtisodiy rivojlanishni rag‘bat- 
lantiradi, bu davlatlaming o‘z-o‘zini boshqarishini ta’minlaydi.
G ‘arbda «noiloj rivojlanish», «tashqi turtki» nazariyalari keng tarqal- 
gan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab 
musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ulaming ahvoli og‘ir ho‘ladi. 
Ochlik-yalang‘ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg'ar- 
malar paydo bo'lishiga to'siqdir va kapital qo'yilmalar ham past darajada 
saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o'sishiga yo‘l bermaydi 
va kambag‘allik hamda nochorlikni keltirib chiqaradi (Ilojsizlik 
rivojlanishi). Bu og‘ir ahvoldan chiqishning birdan-bir yo‘li - tashqi 
«turtki yo‘li» hisoblanadi. Minimum kapital qo'yilmalaming asosan 
tashqi investitsiyalar hisobiga asta-sekin o‘sishdga, rivojiga erishiladi. 
Kapital qo'yilmalar miqdori ma’lum kritik darajadan yuqori bo'lishi 
kerak, shu bilan turg‘unlik holatidan chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik 
faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy investorlar uchun qulay «iqlim»ni 
yuzaga keltiradi. G'arbdagi ko‘p iqtisodchilar bu mamlakatlarda chuqur 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o'tkazishni ham taklif etmoqdalar. 
Mustamlaka mamlakatlari bilan metropoliya o'rtasidagi munosabatlar 
hech vaqt tenglik asosida bo‘lmagan, noekvivalent almashuv yo‘li bilan 
qo'shimcha boylik orttirish imkoni bo'lgan. Ilgari mustamlaka bo'lgan 
qaram davlatlar mustaqillikka erishgandan keyin ham awalgi 
metropoliyaga ko‘p vaqt davomida ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib qolaverdi.
Yana bir eng dolzarb masala bu - demografiya muammosidir. BMT 
ma’lumotlariga ko‘ra, 1945-2000-уШаг davomida jahonda aholi soni
2,5 milliarddan 5.5 milliardga yetdi.
I.Fisher, R.Dombush, R.Shmalenzilaming ta’kidlashicha, kamba- 
g‘al mamlakatlar masalasi kambag'al Janub bilan boy Shimol 
o'rtasidagi muammolar sifatida tobora kuchayib bormoqda. Janub 
mamlakatlari o‘z qiyinchiliklarini jahon iqtisodiyotidagi mavjud awalgi


tartibdan deb bilmoqdalar. Bu tartib go‘yoki ularga qarshi qaratilgandir. 
1974-yilda BMT Bosh Assambleyasi yangi xalqaro iqtisodiy tartib 
joriy etishni qo'llab-quwatlovchi rezolutsiyani qabul qildi (NIEO).
Qabul qilingan yangi tartib uch qoidaga asoslanadi:
1. Xalqaro aloqalar ma’lum tartibga solib turiladi va bu turli davlatlar 
tomonidan siyosiy yo‘l bilan amalga oshiriladi.
2. Ishlab chiqarilgan tovarlaming davlatlararo taqsimotida 
rivojlanayotgan mamlakatlar manfaati ham hisobga olinishi shart va 
shuni ta’minlaydigan yo‘llar yaratilishi kerak.
3. Barcha iqtisodiy munosabatlar tizimi demokratiya asosida olib 
borilishi zarur, har bir davlat o‘z ichki tuzumidan qat’i nazar, shu 
munosabatlarda qatnashishga haqlidir.
Keyingi davrda BMT tomonidan «Insoniy rivojlanish konsepsiyasi» 
ilgari surildi. Iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi daromadning ko'payishi 
va insoniy farovonlikning yaxshilanishi orasidagi aloqani aniqlashda 
muhim xizmatni ado etadi.
Mamlakatning insoniy rivojlanish darajasi qanday baholanadi? Bu 
muammoning zamonaviy yechimlariga bir oz to‘xtalamiz. Mamla­
katning rivojlanganlik darajasini baholashning yaqingacha yagona usuli 
jon boshiga YaMM bo‘lganligi sababli, mukammalroq ijtimoiy-iqti­
sodiy ko‘rsatkichni kashf qilish davr talabi edi. Izlanishlar natijasida 
insoniy rivojlanish indeks (IRI) ko'rsatkichi kashf etildi. IRI inson 
rivojlanish darajasini ko'rsatuvchi uch asos - umrboqiylik, ta’lim va 
yashash darajalaridan iborat integral ko‘rsatkichdir. Uzoq umr ko‘rish 
kutilayotgan hayot davomiyligi orqali o'lchanadi. Ta’lim darajasi 
ko‘rsatkichning 2/3 qismini tashkil etuvchi katta yoshlilar savodxonligi 
va 1/3 qismini hosil qiluvchi ta’limning o‘rtacha davomiyligi ko‘rsat- 
kichlari orqali ifodalanadi. Yashash hayotning mahalliy qiymati (sotib 
olish pariteti yoki PPP 
«purchasing power parity») ga nisbatan 
to‘g‘rilangan jonboshiga real yalpi ichki mahsulot (YalM) orqali 
baholanadi. Nimaga faqat uch ko‘rsatkich? - degan savol tug'ilishi 
tabiiy. Inson hayotining hamma jabhalarini aks ettirish a’lo bo‘lar edi. 
Ammo ma’lumotlaming to‘liq emasligi bir oz cheklanishlar tug‘diradi 
va bu ma’lumotlarga ega bo‘linganda, balki ulami ham hisobga olish 
ayni muddao bo‘lar edi. Ammo ko'proq ko'rsatkichlami qo‘shish 
har doim ham yaxshiroq natijalarga olib kelavermaydi. Ulaming ba’zi 
birlari ishlatilayotgan ko'rsatkichlar bilan korrelatsiya qilingan bo'lishi


mumkin. Bolalar o‘limi darajasi, masalan, kutilayotgan hayot davo- 
miyligida o‘z aksini topgan. 0 ‘zgaruvchilaming ko‘proq sonini qo'shish 
umumiy manzarani xiralashtiradi va asosiy yo'nalishlardan chalg‘itadi.
Insoniy rivojlanish tushunchasi so‘nggi yillarda barqaror rivojlanish 
g‘oyasi bilan to‘ldirildi. Buning ma’nosi shuki, hozirgi avlodning 
insoniy rivojlanish jarayoni kelajak avlod insoniy rivojlanishi hisobiga 
ro‘y bermasligi darkor. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi dastlab atrof- 
muhitni muhofaza qilish harakati tomonidan kiritildi, bu harakat 
namoyandalari rivojlanish tushunchasi «avlodlar o;rtasidagi muno­
sabatlar» kabi g'oyani ham o‘z ichiga olishini himoya qilmoqdalar. Tabiiy 
resurslaming kamayib borishi kelajak avlodlar rivojlanishi muam- 
molarini keltirib chiqarishi mumkin. «Barqaror rivojlanish» konsep- 
siyalari atrof-muhit va tabiiy resurslar doirasidagina qo‘llanilishi 
mumkin bo‘lmay, balki insoniy imkoniyatlar, «insoniy kapital»ga qo‘- 
yiladigan investitsiyalarga ham tegishlidir.
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi BMT Taraqqiyot Dasturi (FNDP) 
tomonidan izchil targ'ib qUinib kelmoqda. Bu sohadagi izlanishlar 
yillik 

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin