Agar awalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga
intilgan bo'lsalar, XIX asming 30-50-yillarida iqtisodchilar o‘rtasida
klassik maktabdan ochiqdan ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo'ldi.
Bu davrda sanoat to‘ntarilishi nihoyasiga yetdi, sinfiy differensiatsiya
amalga oshdi.
Sinfiy kurash keskinlashayotgan sharoitda (Angliyada chartizm,
Fransiyada Lion to‘quvchilarining qo‘zg‘oloni, 1848-yil inqilobi va
boshqalar) hukmron sinflar uchun sotsialistlar tomonidan kapita-
lizmni tanqid qilish va ishchilaming ijtimoiy talablarini asoslab berish
uchun foydalaniladigan qiymatning mehnat nazariyasi, Rikardoning
foyda, kapitalist va ishchilar ish haqining qarama-qarshiligi ta’limoti
va boshqa g‘oyalari katta xavf tug'dirar edi.
Dostları ilə paylaş: