o‘zgarishlari tufayli talab ancha keskin o'zgarishi mumkin. Bu talabning
yuqori elastiklik holatidir. Va aksincha, baholar o‘zgarishi talabga kam
ta’sir qiladigan holat talabning past elastikligidir.
Oxirgi holat zeb-
ziynat predmetlari va hatto eng kerakli mahsulotlarga ham tegishli
bo‘lishi mumkin. Masalan, skripka yoki astronomik teleskopning
bahosi ikki hissa pasayganda, ularga bo‘lgan talab deyarli o‘zgarmaydi,
chunki bu buyumlar tor doiradagi muxlislarga kerak va ulami bu
buyumlaming bahosi uncha qiziqtirmaydi.
Boshqa tomondan, o‘tin-
ning narxi ikki marta oshsa ham, unga bo'lgan talab kam, chunki
qish sovug‘ida issiq o‘tirish uchun boshqa narsalardan voz kechiladi.
Shunday qilib, talab funksiyasi turlicha bo‘ladi va turli
egri chiziqlar
bilan ifodalanadi, lekin muhimi, bu funksiya uzluksizdir, ya’ni
bahoning cheksiz kichik o‘zgarishiga talabning cheksiz kichik o‘zga-
rishi mos keladi.
Bu iqtisodiy prinsip, ya’ni tamoyil bozor qancha-
lik keng va iste’molchilar orasidagi kombinatsiyalar soni qanchalik
ko‘p bo‘lsa, shunchalik to‘laqonli amalga oshadi. Ba’zi hollami istis-
no qilganda, uzluksiz fimksiyalami differensiyalash mumkin. Kumo
birinchi marta oliy matematika (matematik analiz)ni iqtisodiyotga bevo
sita qo‘llash mumkinUgini isbotlab berdi va bu favqulodda muhim va
kelajagi bor bo'lgan talab va tovaming bahosi o‘rtasidagi o'zaro
bog‘lanish misolida qarab chiqilgan.
Mazkur tovaming ma’lum P D yoki P f(p) ko'paytma soni uchun
umumiy tushum, ya’ni pul miqdori funksiyasi v
shaklida izohlanishi
mumkin. Kumo bu funksiyani differensiyalaydi va uning maksimumini
qidiradi, bunda har bir tovar ishlab chiqaruvchi «iqtisodiy odam»
sifatida o‘z daromadining imkoni boricha yuqori bo‘lishiga intiladi. Turli
o'zgartirishlar orqali eng yuqori tushum (daromad)ga tegishli tovar
bahosi topiladi.
Bu baho talab funksiyasi ko'rinishiga, ya’ni uning elastiklik
(egiluvchanlik) xarakteriga bog‘liq. Ravshanki,
har doim ham eng
yuqori baho maksimum tushumni beravermaydi, bir qancha
sinovlardan so‘ng sotuvchi tomonidan belgilanadigan aniq bir baho
tufayli eng katta daromad olinadi. Kumo o‘z tahlilini eng oddiy holatdan
boshlaydi, masalan, tabiiy monopoliyani oladi. Masalan,
bir odam
xususiyatlari bo‘yicha juda noyob ma’danli suv chiqadigan buloqqa
egalik qiladi, deylik. Suv egasi eng yuqori daromad olish uchun qanday
bahoni qo‘yishi kerak? Bu savolga javob berish uchun Kumo nisbatan
ancha murakkab bo‘lgan holatlarga o‘tadi, yangi omiUami (ishlab
chiqarish chiqimlari, raqobat va boshqa cheklashlar...) kiritadi.
U
duopoliya
(2 ta raqobatchi monopoliya), soni cheklangan
raqobatchilar va erkin raqobat (ko'pchilik) holatlami tahhl qiladi.
Shunday qilib, Kumo modelida XIX asrda ro‘y bergan tarixiy taraqqiyot
jarayonlarga teskari (aslida rivojlanish erkin raqobatdan
monopoliyaga
qarab borgan) holatlar qarab chiqilgan.
Butun tahlilda yagona uslubdan foydalanilgan, bozor sharoitiga qarab
talab funksiyasining ekstremal miqdorlari turli holatlarda aniqlanadi.
Bu tadqiqotning matematik aniqligi va mantiqiyhgi kuchli taassurot
qoldiradi. Bu olimning asarlari va iqtisodiy g‘oyalari o‘z davrida to‘liq
tushunilmadi, ko‘pchilik uchun u chet tili kabi notanish bo‘ldi.
Kumo konsepsiyasida mehnatning kapital tomonidan ekspluata
tsiya qilinishi, inqirozlar va kapitalizmning boshqa illatlari inkor etiladi.
U muomala sohasida vujudga keladigan baholamigina tahlil etadi va
ishlab chiqarish bilan bog'lanmaydi.
Deyarli Kumo bilan bir vaqtda (hatto undan sal oldin) nemis
olimi Iogann
Dostları ilə paylaş: