A.Smit o‘z asarida iqtisodiyot fanini har tomonlama to‘la tahlil etib,
hozirgi davr tili bilan aytganda, bozor iqtisodiyoti va uning amal
qilish tamoyillarini to‘g‘ri ko‘rsatib berdi. Ular ta’limotining mohiyati
qisqacha quyidagilardan iborat:
1. Tanlov va tadbirkorlik erkinligi.
2. Baholaming erkinligi (ya’ni bahoning bozorda talab va taklif aso
sida shakllanishi).
3. Erkin raqobat.
4. Mulk shakllarining turli-tumanligi va ulaming qonun oldida
baravarligi (ya’ni davlat, jamoa, xususiy va boshqa mulklaming
hayotiyligi); xususiy mulk afzalligi.
5. Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam aralashuvi
(yoki iqtisodiyotning «lassez faire» tamoyih bo‘yicha o‘z yo'liga ko‘ra
rivoji) va boshqalar.
Bu tamoyillar nazariy jihatdan buyuk kashfiyot edi va muhimi yan
gi jamiyatning iqtisodiy siyosatida keng qo'llanilib, samarali natijalar
berdi. Bu nazariy asos hozirgi davrda ham o‘z kuchini yo‘qotgan emas.
Keyingi rivojlanish davrida bu tamoyillaming evolutsiyasini ko‘ramiz.
Ayniqsa, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi masalasi bo‘yicha turlicha
fikrlar bor. Sotsialistik rivojlanish g'oyalarining mualliflari sotsialistik
deb atalgan davlat klassik iqtisodiy maktabning bir qancha muhim
tamoyillarini inkor etib (masalan, xususiy mulkni bekor qilish, davlat-
umumxalq mulkining hissasini oshirish, qat’iy rejalashtirish, qat’iy
baholar o'matish, iqtisodiyotda erkinlikni bo‘g‘ish, davlat tomonidan
ma’muriy-buyruqbozlik usullarining keng qo‘llanilishi va boshqalar),
katta xatoga yo‘l qo'yganliklari tarixda isbotlandi.
Smitning bosh asari
Dostları ilə paylaş: