‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Qisqacha xulosalar
XVIII 
asr oxiri va XIX asr o'rtalarida klassik iqtisodiy maktabga 
muqobil iqtisodiy g‘oyalar paydo bo‘la boshladi va u hoziigacha davom 
etmoqda. Bunday bo‘lishining birinchi sababi dialektik rivojlanish 
bo‘lsa, ikkinchidan klassik maktab g'oyalari ham, ya’ni bozor 
iqtisodiyoti tamoyillarining bekam-u ko‘st emasligida, shart-sharoitga 
qarab u yoki bu tamoyilning amaliy ta’siri har xil bo‘lishidadir.
Ayniqsa, sanoat to‘ntarilishi tufayli (sanoat o'sdi, ishlab chiqarish 
rivoj topdi, mamlakat boyligi ortdi, ammo barchaning iqtisodiy


farovonligi har xil bo'lib, sinfiy differensiasiya kuchaydi) kutilgan 
natijalaiga erishilmadi, iqtisodiy inqirozlar, noroziliklar kuchaydi. Shu- 
lar tufayli klassik maktabni taftish qilish, iqtisodiyotning ayrim unsur- 
larinigina olib, jarayonlami tushuntirishga intilish boshlandi, sinflar- 
ning manfaatlarini ko‘r-ko‘rona himoya qilish (apologetika) ro‘y berdi. 
Iqtisodiyotga yangi tushunchalar kiritildi, qiymat qimmat, foydalilik 
bilan almashtiriladi, qiymatning mehnat nazariyasiga hujum boshlandi.
Shu davrdagi iqtisodchilarda birinchi navbatda sinflar o'rtasidagi 
iqtisodiy mulkiy munosabatlar katta qiziqish uygotdi. Ular turli yo‘llar 
bilan sinflar, mehnat va kapital o'rtasida hech qanday antagonizm 
yo‘q, «iqtisodiy uyg‘unlik» mavjud degan g'oyani isbotlashga urindilar. 
Oqibatda har qanday ekspluatatsiya inkor etildi, ish soatlarining 
uzunligi «isbotlab berildi» («so'nggi soat» nazariyasi). Kapitalist o‘z 
kapitah bilan ishlab chiqarishga yo‘l ochadi va qonuniy foydasini
ishchi 
ish haqini, yer egasi 
rentani to‘g‘ri oladi, ular o'rtasida 
hech qanday kelishmovchilik, anglashilmovchilik yo‘q degan g‘oya 
ilgari suriladi. «Manfaatlar uyg‘unligi», «Kompensasiya nazariyasi» va 
boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Ayrim olimlar bo‘layotgan qiyinchiliklarga aholining o‘zi aybdor, 
chunki uning ko'payishi tez, tirikchilik vositalari esa sekin o‘sishi 
tabiiy bir hoi, deydilar (Maltusning «Nufus nazariyasi»). Bu fikr 
boshqa g‘oya - «tuproq unumdorligining pasayib borishi» nazariyasiga 
olib keldi. 0 ‘z g'oyalariga teskari «uchinchi shaxslar» nazariyasi vujudga 
keldi, ishlab chiqarmaydigan sinflar ravnaq asosi qilib ko'rsatildi.
Ko‘pchiUk olimlar proteksionizmni inkor etib, fritrederlikni taklif 
etishsa (Sey, Mill, Bastia), ba’zan unga butunlay teskari fikr ham 
bildiriladi (Keri). Kapitalizmning bekam-u ko‘stligi haqida ko‘p 
qayg‘uriladi, vaholanki, bu illatlar shundoqqina ko‘rinib turibdi.
Shu davrda iqtisodiyotda matematik usullar ishlab chiqildi (Kumo, 
Tyunen), bu usullar, ayniqsa, hozirgi davr iqtisodiyotida yetakchi 
rol o‘ynamoqda.

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin