‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Birinchidan, 
iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib
boshqarish mumkin bo‘lgan raqobatni topib, tashkil etish.
Dddnchidan, 
xo‘jalik hayotini tahlil qilish jaranida iqtisodiy ko‘r- 
satkich va manbalami asosiy deb hisoblamasdan, balki mehribonlik, 
axloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalami, shuningdek, 
tenglik va tinchlikni asosiy deb hisoblash.


Uchinchidan, 
ko‘p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda 
iqtisodiy hodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub 
qilib olinib, unga alohida e’tibor berildi.
P.Prudon 
0
‘zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib 
chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko‘p 
masalalar xususidagi fikrlami bayon etadi. Mehnat taqsimoti, tovaming 
xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish 
kabilami ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o‘zining eng muhim 
asarlaridan biri - «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....»da awalgi mehnat 
taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning 
ko'payishiga imkon bersa, ikkinchi tomondan qashshoqlikka, kam- 
bag‘allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda, mehnat 
taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va zararli 
xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o‘rinda ijtimoiy 
jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari yondashuv 
sezilib turadi. Prudon tovaming xususiyatini ham mana shunday pozi- 
tsiyalardan turib «tadqiq» qiladi. Uning fikricha, qiymatning abadiy 
g'oyasi mavjud, bu g‘oya iste’mol qiymati talab va kamchilik bilan, 
ayirboshlash qiymati esa taklif va mo‘l-ko‘lchilik bilan belgilanadi. Talab 
bilan taklif o'rtasidagi kurashda tovaming qiymati yoki narxi belgilanadi. 
Nazariy jihatdan olganda bu haddan tashqari vulgar konstruksiyadir: 
qiymat ayirboshlashda vujudga keladi, u obyektiv asosdan mahrum.
U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g'ayriilmiy 
pozitsiyalardan turib bayon etadi. Prudon ishchilaming ish haqini 
oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx- 
navoning yoppasiga ko'tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib 
borar emish.
P.Prudon yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmini 
tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa deb 
talqin etib, butun kapitalning harakatini uning protsent keltiradigan 
qismi harakatidan iborat deb talqin etadi. Ssuda kapitalning harakatini 
Prudon qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim deb hisobladi. 
U mahsulotning bir qismini kapitalist o'zlashtirib olishini ishlab 
chiqarish chiqimlari yoniga kapitaldan foydalanganlik uchun protsent 
qo‘shish zarurligi bilan izohlaydi. Prudonning nazariy sistemasida 
protsent mehnatni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakli tarzida 
namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, u protsent bilan yollanma ishchini


ekspluatatsiya qilish mexanizmi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushun- 
maydi.
P.Prudon 
«belgilangan qiymat»
nazariyasini o‘zining butun iqtisodiy 
negizi deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o‘zib ketish pinhona 
istagigina emas, shu bilan birga ijtimoiy o‘zgartirishlaming yo'llarini 
belgilash istagi ham namoyon bo‘ldi. Tovar ishlab chiqarishini Prudon 
insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy mustaqilligimng cho‘qqisi 
deb biladi, mayda buijua nazariyotchisi bo'lgan Prudon bozor 
mexanizmining ba’zi bir salbiy jihatlarini: mollaming qalashib ketishini, 
nomunosiblikni, xonavayron bo‘lish va shu kabilami tan oladi. Prudon 
asosiy iqtisodiy ziddiyatlami «qiymat»ning ichki ziddiyatlaridan: iste’­
mol va ayirboshlash qiymati g'oyalaridan iborat deb biladi. «Belgilan­
gan yoki sun’iy» qiymat murosaga keltiruvchi timsol bo‘lib ko‘rinadi. 
Bunday qiymat ayiiboshlashda vujudga keladi. U tovaming ijtimoiy boy­
lik tarkibiga bemalol kirib borishini bildiradi.
Binobarin, tovar ishlab chiqarishining hamma qiyinchiliklarini 
bartaraf qilish uchun har bir tovarga yo belgilangan qiymat qo'yib 
qo‘yish yoki uning bozorda sotilishiga kafolat berish, tovar bilan pul 
o‘rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla bilan kumushni 
«belgilangan» qiymatga ega bo‘lgan dastlabki tovarlar deb ataydi.
P.Prudon daromad to‘g‘risidagi nazariyani siyosiy iqtisodda 
daromadning asosiy manbayi deb qabul qilingan mehnat, kapital va 
yeming mazmunini ko‘rib chiqishdan boshlaydi. Uning fikricha, ishlab 
chiqarish jarayonining o‘zi har uchala elementning ishga tushirilishi 
natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o‘zi hech narsa 
ishlab chiqarmasdan o‘z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o‘z 
mehnati natijasida hosil bo‘lgan daromadining faqat kichkina bir qismini 
ish haqi sifatida olishni adolatsizlik deb baholaydi. P.Prudonning takror 
ishlab chiqarish nazariyasi uning daromadlar to‘g‘risidagi fikrlari 
asosida rivojlantiriladi.
Olimning fikricha, takror ishlab chiqarish jarayoni hamjamiyatdagi 
ishlab chiqarish va iste’molning muvozanati asosida bo'ladi. Lekin 
amaliyotdamulkchilaming ishlamay qo‘yganligi bu prinsipning J.B. 
Sey ko‘rsatib o‘tgan «iqtisodiy qonunni» ham buzilishi olib kelmoqda.
P. Prudon ijtimoiy masalalami hal qilishi zarur bo‘lgan kapitalizmni 
isloh qilish loyihalarini o'zining ko‘pgina asarlarida e’lon qiladi. Ushbu 
asarlarda ijtimoiy adolat konsepsiyasini asoslash bilan birga inqilobiy


chiqishlar haqidagi har qanday fikmi inkor etadi. Olimning islohotchilik 
g'oyalaming ayrimlaii S.Sismondi qarashlariga o‘xshash bo‘lib ular 
quyidagilarda o‘z aksini topdi:
• «uchinchi shaxslar» ya’ni dehqonlar, hunarmandlar va mayda 
kustar ishlab chiqaruvchilaming jamiyatdagi o‘miga hayrixohlik 
bildirish;
• «mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarish»ni iqtisodiyotdagi 
yetakchilik o‘mini e’tirof etish bilan ulaming shart-sharoitlari, ta’li- 
motlarida to'liq tenglikka erishish;
• ijtimoiy adolat tamoyillariga mos ravishda jamiyat manfaatlaridan 
kelib chiqib, ishlab chiqarish ishtirokchilariga teng daromad berish;
• kapital va daromadlar bir kishi qo‘li ostida va mehnatni eksplua­
tatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik. Bundan tashqari, faqat P.Prudon 
islohotchiligiga xos quyidagi g'oyalami ko‘rsatishimiz mumkin:
• muomalada pulning harakatini bekor qilib, uning o‘miga ishchi 
pullari banklami muomalaga kiritish;
• foizni yo‘q qilish hisobiga foizsiz kreditlami tashkil qilish;
• xalq banklarini tashkil etish;
• islohotlarni amalga oshirish jarayonining xotimasi sifatida 
hukumatni bekor qilish. Islohotchilik konsepsiyalarida P.Prudon xalq 
bankiga katta umid bog‘laydi. Uning banki sotsialist-rikardochilar taklif 
qilgan banklardan 3 xil o‘ziga xoslik bilan farq qilar edi:

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin