S.Sismondining iqtisodiy nazariyaninig ba’zi masalalarini o'rtaga
qo'yishdagi xizmatini V. Lenin tarixiy pozitsiyalarda turib tan oladi,
biroq ayni vaqtda uning qaraslilarining mayda burjuacha xarakterini,
metodologiyasi ilmiy emasligini, amaliy dasturining reaksion
xarakterini ochib tashlaydi. V.Leninning iqtisodiy romantizmni
obyektiv va ilmiy asoslab, tanqidiy tahlil qilganligi, iqtisodiy ta’limotlar
tarixida S.Sismondi va liberal narodniklaming o‘mini aniq belgilash
imkonini berdi, sinfiy kurashni rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatdi.
11.3. P.J. Prudonning iqtisodiy konsepsiyasi. Prudonizm
Per Jozef Prudon
(1809-1865) — fransuz publisti, mayda ishlab
chiqarish nazariyotchisi, kambag‘al kosib oilasida tug'ilgan.
1838 yilda P.Prudon Bezanson akadcmiyasi tomonidan kam
ta’minlangan yosh olimlargaajratilgan uch yillik stipendiyani ohb,
Parijga ко‘chib o‘tdi. Parijda u J.B. Sey, S.Sismondi, T.Maltus, K.Sen-
Simon, Sh.Fure va boshqa iqtisodchi olimlar asarlari bilan yaqindan
tanishdi.
1840-yilda P.Prudonning «Mulkchilik nima?» nomli mashhur asari
e’lon qilindi. Ushbu asarda kapitalizm tanqidi bosh mavzu bo‘lsa-da,
olimning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. 1846-yilda P.Prudonning
«Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki qashshoqlik falsafasi» nomli yana
bir asari e’lon qilindi. Asarda olim kapitalizmni isloh qilishning amaliy
dasturini ishlab chiqishga, siyosiy kurashning behudaligini asoslashga
urindi. 1848-yilda nashrdan chiqqan «Ijtimoiy masalalaming hal etilish-
ni» nomli yangi asarida olim inqilobiy chiqishlami keskin qoralaydi.
Xalq banklari konsepsiyasini e’lon qilib, xalqni ijtimoiy islohotlarga
chorlaydi. P.Prudon siyosiy iqtisodni «aql-zakovatning abadiy
qonunlari» to‘g‘risidagi fan deb biladi. P.Prudon va S.Sismondi nazariy
qarashlarida biz juda yaqinlik va o‘xshashlik hollarini uchratishimiz
mumkin. Ulaming uslubiyatlarida bu holat quyidagicha aks etadi:
Dostları ilə paylaş: