“O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA
AMALIYOTI” fanidan
O’QUV MATERIALLARI
( MA’RUZALAR T O’PLAMI )
(2015-2016)
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va
amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi
vazifalari.
REJA:
1. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining
predmeti va tadqiqot ob’ekti.
2. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining
qonuniyatlari va kategoriyalari.
3. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”ning fan
sifatida shakllanishi.
4. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining
boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi.
XX asr so’nggida dunyo xaritasida mustaqil O’zbekiston paydo bo’ldi.
Uch ming yillik milliy
davlatchilik tariximizda o’z mustaqilligining navbatdagi istiqlol tsivilizatsiyasiga qadam qo’yildi.
Qadamning tarixan tub sifat mohiyati 1991 yil 31 avgustda e’lon qilingan mustaqil O’zbekiston
davlatining konstitutsiyaviy maqomida aniq shakl va mundarija kasb etdi. Mustaqil O’zbekiston
xalqi o’z oldiga “
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish”dek, konstitutsiyaviy
maqsadni qo’ydi. Milliy davlatchiligimizning boy va ibratli tarixida ilk bor ana shunday maqomga
ega tsivilizatsiyalashgan davlat barpo etish va uning negizida adolat, qonuniylik tamoyillariga
tayanuvchi zamonaviy demokratik
jamiyatni shakllantirishdek, asriy orzu-umid imkoni yuzaga
keldi hamda uning konstitutsiyaviy-huquqiy asos-zaminlari yaratildi.
Milliy demokratik taraqqiyotning o’zimizga xos, o’zimizga mos strategiyasi belgilab berilgan
“o’zbek modeli”ning mashhur besh tamoyili, tamoyillarning ilmiy-amaliy yaxlit mundarijasi milliy
davlatchiligimizning yangidan tiklanish va rivojlanish jarayonlari
hamda bosqichlari mazmunini,
xarakterini, tabiatini, ya’ni
aniq demokratik maqomini tayin etdi.
Xo’sh, ushbu jarayonlar va bosqichlar, umuman, yaxlit, mushtarak
siyosiy-demokratik
pirovard-maqsadning ibtidosi, yo’li, amaliyoti hamda aniq samaralari qanday bo’ldi, bo’layapti?
Pirovard - maqsadning nazariy-uslubiy, g’oyaviy,
ilmiy va amaliy, shuningdek, konstitutsiyaviy-
huquqiy asos-bazalari takomili nimalardan iborat? O’zbekiston istiqlol
va taraqqiyot andozasi
negizida to’plagan milliy demokratik rivojlanishning o’ziga xos tarixiy tajribasi xususiyatlari
qanaqa? Ular mazmun va maqomi umumdemokratik tsivilizatsiya talablariga to’la mos kelyaptimi
yoki yo’qmi? Agar tanlangan yo’l umuminsoniy qadriyatlarning tsivilizatsiyaviy mushtarakligidan
iborat umumdemokratik madaniyatning talab-ehtiyojlariga to’liq mos kelayotgan bo’lsa, uning sir-
asrori nima va sabab-oqibatlari qanday? Mustaqil davlatimizning jahon demokratik hamjamiyatida
munosib o’rin tutishi yo’lidagi sa’y-harakatlari kutilgan natijasini beryaptimi? Mustaqillikni yanada
mustahkamlash, milliy tiklanish jarayonlarini demokratik g’oyalar va ular amaliyoti bilan to’liq
ta’minlash, tub islohotlar hamda yangilanishlarni demokratik yanada chuqurlashtirish orqali jamiyat
hayotining barcha sohalarini demokratik liberallashtirish, ijtimoiy
taraqqiyotning oliy belgisi,
ko’rinishi bo’lmish adolatli, ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish bilan bog’liq
taqdirilomon vazifalar ko’lamining nazariy-amaliy istiqbollari qanaqa? Zamonaviy jahoniy tafakkur
tsivilizatsiyasiga asoslangan milliy siyosiy, huquqiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-g’oyaviy
nazariy falsafaning Prezident Islom Karimov demokratik ta’limoti bilan uzviy mushtarakligidan
iborat yaxlit kvintessentsiyasi mustaqil O’zbekistonda kechayotgan qizg’in demokratik jarayonlarda
qanday amaliy ijrosini topmoqda? Umuman, O’zbekistonning o’z istiqlol va demokratik taraqqiyot
yo’li hamda uni yanada takomillashtirish istiqbollari qanday? Va hokazo...
Savollar jiddiy ilmiy-nazariy va amaliy aniq javoblarni talab qiladi.
Ularni yaxlit