Qiyosiy-tipologik usul orqali talaba demokratik madaniyat va tsivilizatsiya rivojlangan
davlatlar hamda jamiyatlarning shakllanish va taraqqiyot tajribalarini qiyosiy chuqur o’rganish,
tipologik umumlashtirish orqali ularning mustaqil O’zbekiston demokratik hayotida, maqomida qay
tarzda namoyon bo’layotgani qonuniyatlarini, omillarini teran anglab olishga muvaffaq bo’ladi.
Umumtan olingan jahoniy demokratik qadriyatlaru tamoyillari talablariga O’zbekistonda barpo
etilayotgan demokratik davlat va demokratik jamiyat amaliyoti qay tarzda javob beradi, ayni
paytda, shakllanayotgan demokratik jamiyatning o’ziga xosu o’ziga mos milliy xususiyatlari
nimada, degan savollarga aynan ana shu qiyosiy-tipologik usul aniq ilmiy-amaliy javoblar beradi.
Xulosani esa talabaning o’zi chiqarib olaveradi.
Dialektik usul talabaga demokratik tsivilizatsiya va uning shakllanish, rivojlanish,
takomillashish qonuniyatlarini, o’rganishga, ularning amaldagi ro’yoblari xususiyatlarini ijodiy -
tahliliy o’zlashtirishga, jarayonga ongli faol ishtirok etish, uni yanada takomillashtirish
imkoniyatlarini izlash, topish amaliyotiga yordam beradi va h.k.
Fanni o’qitishning nazariy-metodologik asoslari bo’lib O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, qonunlar, I.A.Karimovning teran shakllangan siyosiy ta’limoti, o’tmish
mutafakkirlarining siyosiy-huquqiy qarashlari, jahon demokratik tsivilizatsiyasining qadim va
zamonaviy ilmiy-nazariy g’oyalari, mushtarak amaliy tajriba hamda saboqlari xizmat qiladi.
Mazkur fan Siyosatshunoslik, falsafa, sotsiolgiya, tarix, iqtisod, huquqshunoslik,
ma’naviyat asoslari, milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, mantiq, dinshunoslik
singari ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevosita aloqada O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish
jarayonlari hamda bosqichlarining, yosh mustaqil davlat va jamiyatda demokratik tsivilizatsiya
shakllanishining o’ziga xos nazariy-amaliy muammolarini insonparvar demokratik huquqiy davlat,
adolatli fuqarolik jamiyati maqomlarida tadqiq etadi, ilmiy-tahliliy umumlashtiradi, demokratik
yangilanishlar jarayonlarini yanada rivojlantirish, uning nazariy-amaliy asoslarini yanada
takomillashtirish bilan bog’liq yangi-yangi g’oyalar zahiralarini kashf etadi, ularni amalga oshirish
mexanizmlarini taklif etadi. Shu maqomi bilan ushbu fan ko’proq Siyosatshunoslik, sotsiologiya va
huquqshunoslik fanlariga yaqin turadi.
Jumladan, Siyosatshunoslik fani demokratik jamiyat qurilishi jarayonlari, avvalo, siyosiy
hodisa ekanligi haqiqatidan kelib chiqqan holda, siyosiy ta’limotlar, siyosiy institutlar va ularning
funktsiyalari, siyosiy tizim va siyosiy rejim, ularning takomili, tarkibiy qismlari, siyosiy ong,
siyosiy madaniyat, siyosiy plyuralizm, ko’ppartiyaviylik, siyosiy huquqlar, siyosiy hokimiyat,
siyosiy manfaatlar, siyosiy rahnamo, siyosiy elita, shaxs va Siyosat, siyosiy ijtimoiylashuv singari
jamiyat siyosiy hayotining turli jihatlari hamda sohalarini hozirgi istiqlolcha siyosiy jarayonlar va
siyosiy sohani erkinlashtirish qonuniyatlari-silsilasida o’rganish, o’rgatish asosida O’zbekistonda
insonparvar demokratik huquqiy davlat hamda jamiyat tizimini shakllantirishning siyosiy
xususiyatlari, omillari, asos-manbalarini tahliliy umumlashtiradi. Siyosiy tub islohotlarning aniq
samaralarini belgilab, ularning takomillashuv istiqbolini bashorat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |