MUQADDIMA
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q»,
- degan edi 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti, akademik I.A. Karimov. Har qanday tarixni
o'rganish, awalo, hoziigi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Shu
nuqtayi nazardan qaraganda, iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganish
katta nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot
tarixi (xalq xo‘jaligi tarixi) va iqtisodiy ta’limotlar
tarixi iqtisodiyot
fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta’minlovchi va yaiatuvchi
asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining
ajralmas va tarkibiy qismidir1.
Iqtisodiy fanlarning o‘zaro aloqadorligi
Aniq -
iqtisodiy fanlar,
tarmoqlar iqtisodiyoti,
korxonalar iqtisodiyoti,
mamlakatlar
iqtisodiyoti
Informatsion - tahliliy,
iqtisodiy - matematik
usullar; statisdka
xo‘jalik faoliyati tahlili
UMUMIY
IQTISODIY
NAZARIY A
Maxsus iqtisodiy shakl
va tashkilotlar iqtiso
diyoti, moliya; kredit;
marketing tabiatdan
foydalanish iqtisodiyoti
va boshqalar
Tarixiy - iqtisodiy fanlar,
iqtisodiy ta’limotlar tarixi,
iqtisodiyot tarixi
1 Общая экономическая теория (Политэкономия). Учебник. М., «Промо
медиа», 1995. с. 30.
Sobiq sovetlar tuzumi davrida ko‘pgina fanlar, shu jumladan,
iqtisodiyot fani sinfiylik, partiyaviylik mafkurasi asosida o'rganildi,
marksizm-leninizm g‘oyalari birdan-bir to'g'ri ta’Iimot deb qabul qilindi
va barcha masalalar yechilgan, tarixga, uzoq o'tmishga
hech qanday
hojat yo‘q, degan umumiy kayfiyat yuzaga keldi. Sotsialistik va
kommunistik jamiyat qurishda dasturulamal bo‘lgan mafkuraga muqobil
bo‘lgan barcha fikrlar tanqidga uchradi; asosiy e’tibor markscha-lenincha
iqtisodiy ta’limotni o‘rganishga, kapitalizm, bozor munosabatlarining
kelajagi yo'qligini zo‘rma-zo‘raki «isbotlash»ga qaratildi.
Ammo bu yo‘l tarix sinovidan o'tmadi.
Hozirgi davr olimlari awalgilardan ko'ra ko‘proq biladilar, bu ob-
yektiv jarayon, ammo biz ular tufayli ham ko‘p narsalami o‘rgan-
ganimizni inkor qilmasligimiz shart.
Mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan o'zbekistonlik
olimlar oldida
ko‘pgina fanlar kabi, iqtisodiyot fani borasida ham katta ishlami amalga
oshirish vazifasi turibdi. Iqtisodiyot insoniyat tarixi kabi qadimiydir.
Iqtisodiyotga oid flkr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlar ham ko‘p
mingyillik tarixga ega. Lekin ulaming asosiy qismi yozuv paydo
boiganidan so‘ng, yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu
manbalar, ulardagi g‘oyalar, awalo, insoniyatning muqaddas mulkidir.
Uni topish, o'rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo‘lsa, ulardagi
nodir fikrlami hayotga tatbiq etish ham nazariy, ham amaUy ahamiyat
kasb etadi, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Iqtisodiyot baynalmilal hodisa bo‘lib, uning oldida turgan vazifalar
barcha xalqlar
va mamlakatlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish
davomida turlicha natijalarga erishganlar. XVIII asr oxirida klassik
iqtisodiy maktab vakillari Adam Smit va David Rikardo obyektiv,
ya’ni inson xohishiga bog‘liq bo‘lmagan, ammo ular tomonidan o‘rga-
nilishi mumkin bo‘lgan qonunlar asosida amal qiluvchi xo'jalik
tizimi
to‘g‘risidagi ta’Iimot yaratdilar. Ulaming fikricha, davlatning iqtisodiy
siyosati bu qonunlarga xilof bo‘lmay, aksincha, bu qonunlarga
suyanishi kerak, ana shunda iqtisodiyot ravnaq topadi va aksincha.
Demak, bu
qonun va qonuniyatlami bilish, ulardan amaliyotda to‘g‘ri
foydalanish hayot talabi bo‘lib bormoqda.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi deyarli to‘rt ming yillik rivoji davomida
bir qancha bosqichlami bosib o‘tdi. Ulaming turli yo‘nalishlari va
maktablari mavjud.
Hozirda 0 ‘zbekiston Respublikasidagi 60 dan ortiq oliy o‘quv
yurtlarining ko‘pchiligida
Dostları ilə paylaş: