‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Jon Lo  (I671-1729)ning g‘oyalari  va faoliyati diqqatga sazovordir (ba’zi manbalarda Lou). Uning  «Pul va



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Jon Lo 
(I671-1729)ning g‘oyalari 
va faoliyati diqqatga sazovordir (ba’zi manbalarda Lou). Uning 
«Pul va
savdo tahlili» 
(1705) asaridagi tub g‘oya baholarda foyda hissasini 
oshirishga va «pulning ko‘payishi hozirgi o‘ziga to ‘q odamlami 
tadbirkorlikka jalb etadi» degan fikr asosiga qo‘yiladi. Uning hayoti 
to‘g‘risida 
«Inflatsiya otasi», «Kredit sehrgari», «Bankir boning g aroyib
hayoti»
kabi turli kitoblar chop etildi.


Xo‘sh, nega bu insonning hayoti va faoliyati barchani qiziqtirib qoldi?
Jon Lo Shotlandiyaning Edinburg shahrida zaigar oilasida tug'ildi, 
uning otasi pullami foiz hisobiga qarzga berar edi. Lo qisqa vaqt ichida 
boyib ketdi, Londonga jo‘nadi. U 1694-yil duelda odam o‘ldirdi, sud bu 
duelni noqonuniy deb topdi va uning o‘zini o‘limga hukm etdi. Harakati 
tufayli qirol 
Vilgelm
III uni avf etdi, ammo unga qarshi yangi sud 
jarayoni boshlandi. Shundan so‘ng Lo qamoqdan qochib, Gollandiyaga 
boradi. Ammo Lo uch yil Londonda bo‘lgan vaqtida bank ishini yaxshi 
o‘rganadi, 1694-yilda birinchi bank yuzaga keldi. Uning fikricha, bu 
hodisani «Hindistonning ochilishi» bilan tenglashtirish mumkin edi.
0 ‘sha davrda kredit kuchi Lo timsolida o‘zining muxlisi, shoiri va 
bashoratchisiga ega bo‘ldi. U Amsterdamda o‘sha yillari eng yirik bo‘lgan 
bankning faoliyatini chuqur o‘rgandi. 1699-yilda u Parijda paydo bo‘ldi, 
u yerdan esa Italiyagabordi. Yangi tipdagi bankochish orzusi 1704- 
yilda uni o‘z vataniga olib keladi. Shotlandiya og‘ir iqtisodiy ahvolda, 
savdoda turg‘unlik, shaharlarda ishsizlik, tadbirkorlik ruhi keskin 
pasaygan, ana shunday sharoitda u o'zining kitobini (1705) yaratdi. 
U hech qanday nazariyotchi emas edi, uning asosiy iqtisodiy 
qiziqishlari pul va kredit muomalalariga tegishli edi, xolos. Lekin u o‘z 
loyihasidagi g‘oyalari bilan iqtisodiyot fanida muhim rol o‘ynadi.
Sen-Simon unga baho berib, «tizim, ya’ni o‘z davri odami», bo‘l- 
ganligini bir necha bor qayd etdi. Lo o‘z loyihasini keng targ‘ib etdi va 
muhimi, uni amalga oshira boshladi.
Loning g‘oyasi quyidagilardan iborat bo'lgan: uningcha, iqtisodiy 
ravnaqning kaliti mamlakatda pul mo‘l-ko‘lligidir. U pulning o‘zini boylik 
deb hisoblamagan, tovarlar, korxonalar va savdo haqiqiy boylikdir 
(bu fikmi sof merkantilistlar fikri bilan solishtiring). Ammo pulning 
ko'pligi, uningcha, yerdan, ishchi kuchidan, tadbirkor mahoratlaridan 
to‘la foydalanishni ta’minlaydi. U shunday yozadi: 
«Ichki savdo
odam laming ish bilan bandligi va tovarlar almashuvidir... Ichki savdo
pulga bog‘liq. Pulning ko‘pligi ko‘p odamlami ish bilan band etadi...»
Ammo Jon Lo awalgi merkantilistlardan sezilarli farq qiladi. U 
iqtisodiy rivojlanish omilini muomala sohasidan izlasa ham, metall 
pullami sharaflamaydi, aksincha ulami tanqid qiladi. 200 yildan so‘ng 
J.M.Keyns oltin pullami «varvarlaming qoldig‘i» deb ataydi, xuddi 
shulami Lo ham aytishi mumkin. Loning fikricha, pullar metalldan 
emas, balki xo‘jalik talabi asosida banklar tomonidan chiqariladigan


kreditdan iborat bo‘lmog‘i kerak, ya’ni qog‘oz pullaiga ustunlik beriladi. 
Banklardan foydalanib, pul miqdorini o'stirish hoziigacha qo‘llanilgan 
eng yaxshi usuldir. Lo tizimida yana ikki tamoyil muhim o‘rin egallaydi. 
Birinchidan, u banklar uchun kredit ekspansiyasi siyosatini, ya’ni 
bankda saqlanayotgan metall pul zahiralaridan ko‘p marta ortiq ssuda 
berish huquqini ko'zda tutgan. Ikkinchidan, u banklaming davlat 
ixtiyorida bo‘lishi va davlatning iqtisodiy siyosatni o‘tkazishini talab etgan.
Jon Lo banklaming ijobiy, ustunlik tomonlarini ko‘ra bildi, ammo 
uning salbiy holati, bo'lajak xavfni yo ko‘rishni istamadi, yoki uni 
tushunib yetmadi. Bu Lo tizimining bosh amaliy, nozik xavfi edi va u 
oxir-oqibatda unga zarba berdi. Nazariy jihatdan Lo katta xatoga yo‘l 
qo‘ydi. U pul va kreditni kapital bilan aynan bir deb o‘yladi. U xato 
ravishda ssuda va pul chiqarishni kengaytirish bilan bank kapitalini 
yaratdi hamda shu bilan boylik va ish bilan bandlik ortadi deb o'yladi. 
U olib borgan kredit operatsiyalar moliyaviy avanturizm bo‘lib chiqdi.
Shotlandiya parlamenti Jon Loning bank tuzish loyihasini rad etdi. 
Angliya hukumati uning awalgi gunohini (duelda odam o‘ldirganligini) 
kechmadi, oqibatda Lo yana kontinentga ketishga majbur bo‘ldi, u 
hayotining asosiy qismini chayqovchilik, turli qimorlarda ishtirok etish 
bilan o‘tkaza boshladi. U o‘z loyihasini Parijda amalga oshirishga erishdi. 
Fransiyaning iqtisodi og‘ir ahvolda, davlat xazinasi bo‘m-bo‘sh edi. 
1715-yildaqirol Ludovik XIV olamdan o‘tdi, regent gersog Filipp 
Orleanskiy (odingi qirolning jiyani) Lo loyihasini qabul qildi, ammo 
oddiy emas, xususiy aksionerlik banki tuzildi. Amalda bu 
ko‘zbo‘yamachilik edi. Boshdanoq bank davlat bilan chambarchas bog‘liq 
edi. 1716-yilning mayida tuzilgan bank nihoyatda katta yutuqqa erishdi, 
talantli administrator, ustaishbilarmon, mohir siyosatchi vadiplomat 
bo'lgan Lo regent yordamida mamlakatdagi barcha pul krediti tizimini 
ishonch bilan egalladi. Ko‘p sonli bank banknotl^ri ustalik bilan tartibga 
solib turildi va keng iste’molga kiritib borildi, ular hatto haqiqiy 
chaqalardan ham ustun bo‘lib qoldi. Parijdagi sudxo‘rlarga nisbatan 
ssuda foizi ancha imtiyozli edi va ongli ravishda sanoat va savdoga 
yo‘naltirildi. Xalq xo‘jaligida sezilarli jonlanish boshlandi.
Lo 1717-yilda Fransiyaning Missisipi daryosi havzasidagi yerlarda 
katta kompaniya tuzdi, bu kompaniya 1719 yilda qirol bankiga aylangan 
bank bilan hamkorlikda ish yuritdi. Bu Jon Loning ikkinchi «buyuk 
g'oyasi» - kapitalni markazlashtirish va assotsiatsiyalash g‘oyasi edi.


U bu sohada ham o‘ziga xos bashoratchi bo‘lib chiqdi. Agar G ‘arbiy 
Yevropa va Amerikada aksionerlik jamiyatlari faqatgina XIX asming 
o‘rtalarida tuzilgan bo‘Isa, Lo bu ishni XVIII asming boshida amalga 
oshirdi. Kompaniya faoliyati tobora avj oldi, aksiya chiqarish va sotish 
tobora kuchaydi. Jon Lo bu sohada qat’iylik ko‘rsatdi. Har olti oyda 
ikki hissa dividend (foyda) olish imkoni tug‘ildi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin