yeming baho-
sini
kapitallashgan rentadek hisoblash orqali V.Petti masalaning
mohiyatini to‘la va to‘g‘ri tushungan.
Ammo yeming bahosi masalasi hali to‘la hal etilmadi, chunki yeming
bahosi ikki omilga bog‘liq: 1) yer rentasining miqdori, 2) prosent
(foiz) darajasi. V.Petti esa yuqorida qayd etilganidek, ssuda prosentini
yer bahosidan chiqargan. Bu qiyin ahvoldan chiqish uchun u yer
bahosi rentaning 21 ga ko‘paytirilganiga teng deb hisoblagan (uch avlod
- buva, ota va nevara birgalikda 21 yil yashaydilar va yerdan biiga
foydalanadilar, degan qisqacha xulosalar). Yening asl bahosi masalasini
boshqa olimlar to‘g‘ri hal etdilar.
V.Pettining «Siyosiy arifmetika» asari to‘la ravishda uning vafotidan
keyin bosilib chiqdi (ldtob uning o‘g‘li lord Shelbern tomonidan nashr
etilgan). Buning sababi shuki, unda Angliya va Fransiyani chog‘ishtiruvchi
ma’lumotlar bor edi. Bu asar yangi fan - statistikaga asos soldi. Bu
davrda hali bu tushunchaning o‘zi yo‘q edi («statistika» so‘zi XVIII asr
oxirida paydo bo'ldi).
V.Petti birinchilardan bo‘lib davlat statistika xizmatini tuzish zarurligi
masalasini ko‘tardi va ma’lumot to'plashning ayrim yo‘nalishlarini belgilab
berdi. Uningcha, mamlakatdagi aholining umumiy soni, joylashuvi,
yoshi va kasbi hamda boshqa ma’lumotlar muhimdir. Iqtisodiy
ko‘rsatkichlardan asosiy tovarlaming ishlab chiqilishi va iste’moli, aholi
daromadi, boylik taqsimoti haqidagi ma’lumotlar kerakli hisoblangan.
Pettining kuzatishicha, mamlakatda faqat soliq va tashqi savdo bo‘yicha
ayrim ma’lumotlar bor edi, xolos. Biror masala haqida gap ochilar
ekan, Petti
«awal hisoblab M rish kerak»
degan fikmi aytishni yaxshi
ko‘rar edi. Statistika bilan shug'ullanganligi tufayU ma’lum ma’noda
«rejalashtirish» masalalari ham ko‘tarilgan. Masalan, u «ishchilar kuchi
balansi» bilan shug'ullanib, mamlakatga shuncha vrach va advokat kerak,
demak, ohy o‘quv yurtlariga yiligi shuncha talaba qabul qilish kerak,
degan hisob-kitoblami keltirar edi. Odatda, u Angliya va Fransiyaning
iqtisodiy ahvolini solishtirib, qaysi davlat boyroq ekanligini aniq faktlar
bilan ko‘rsatishga intilgan.
«Siyosiy arifmetika» kitobining muqaddimasida u o‘z uslubining
yangi ekanligini ta’kidlab, qiyosiy (ozroq, ko'proq, yaxshiroq,
yomonroq) ko‘rsatkichlardan aniq statistik raqamlar - son, og'irlik
bilan boshqa o‘lchovlar tiliga o‘tish kerakligini aytadi. U milliy daromad,
milliy boylik haqida gapiradi va Angliyaning milliy boyligini hisoblab
chiqadi (ma’lumki, bu ko‘rsatkichlar hozirgi kunda juda muhim
ko'rsatkich hisoblanadi). Masalan, u Angliyaning moddiy boyligini
250 million funt sterling deb baholaydi, ammo aholining 417 million
funt sterling pulini ham shunga qo‘shish kerak, deydi.
V.Pettining iqtisodiy ta’limoti aholining soni va tarkibidan
boshlanishi nihoyatda muhimdir. Uning g‘oyasi o'zidan keyingi Mal-
tusdan keskin farq qiladi, agar Pettining fikri bo‘yicha
«aholi
-
boylik-
ning asosi»
bo‘lsa, Maltusda aholining tez o'sishi kambag‘allikning
asosidir. V.Petti AngUyaning milliy daromadini ham hisoblab chiqdi.
Uning hisobiga ko‘ra, Angliyaning pul shaklidagi boyligi barcha
boylikning faqat 3%iga teng ekan. Xuddi shundan hozirgi davming
milliy hisob raqamlari yuzaga keldi, unga qarab ishlab chiqarish
hajmini, bu boylikning aholi o‘rtasida taqsimotini (iste’mol, jamg'arma,
eksport, ahoh, asosiy sinflar, guruhlar daromadi) va boshqalami bi-
Ub olish mumkin. Albatta, hozirgi davr bilan solishtirganda bu hisob-
kitoblarda jiddiy uslubiy xatoliklar bor edi. Masalan, u milliy daro-
madni aholining iste’mol sarflari yig'indisi deb bilgan, ya’ni jam-
g'arma, bino, qurilish, asbob-uskuna, yemi yaxshilashga ketgan kapi
tal qo'yilmalar hisobga olinmasa ham bo‘laveradi, deb noto‘g‘ri o'ylagan.
Ammo XVII asrdagi Angliya uchun bunday yo‘l ancha realistik edi,
chunki jamg‘arma normasi past bo'lgan Angliyaning moddiy boyligi
nisbatan sekin o‘sayotgan edi. Sal keyinroq V.Pettining bu xatolari
uning izdoshi Gregori King tomonidan to‘g‘rilandi va XVII asr
oxiridagi AngUya milliy daromadi nihoyatda to‘g‘ri hisoblab chiqildi.
V.Pettining so‘nggi asarlari ko‘proq aholi, uning o'sishi, joylashuvi
va ish bilan bandligi masalalariga bag'ishlangan. V.Petti zamondoshi va
do‘sti, mayda savdogar Jon Graund bilan biigalikda demografik statistika
faniga asos soldi. 1662-yildan boshlab Angliyada umumiy aholi soni,
tug'ilish, o‘lim va tabiiy o'sish masalalari bo‘yicha kitoblar yuzaga kela
boshladi.
Dostları ilə paylaş: |