‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   184
61aef8397723d3.50813536

«Savdo boyligi
to‘g‘risida...» 
kitobida (1803) sanoat to‘ntarihshining ijtimoiy-iqtisodiy 
mazmuni va imkoniyatlarini yuksak baholadi. S.Sismondi Angliyaga 
ikkinchi marta borib kelganidan keyin endi kapitalizmni, shuningdek, 
klassik maktabni qattiq tanqid qila boshladi.
«Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufusiga 
munosabatlari» (1819) kitobi uning shuhratini yanada oshirdi. 
S.Sismondi odamlar baxt va tenglikni ta’minlash uchun birlashdilar, 
degan fikrga asoslanadi. U mayda ishlab chiqarishni ko‘klarga ko‘tarib, 
maqtaydi, mehnatkashlaming manfaatlarini himoya qilishga intiladi, 
hammaga hamdardlik bildiradi, fabrikaga oid qonunlami tabriklaydi, 
bolalar mehnatining ekspluatatsiya qilinishini qoralaydi. Kapitalizmni 
ijtimoiy adolatdan mahrum bo'lgan jamiyat deb ma’lum qiladi. 
S.Sismondi iqtisodiy qarashlarining sistemasida daromad to‘g‘risidagi 
ta’Iimot alohida o‘rin olishini kitob nomining o'ziyoq ko'rsatib turibdi. 
U taqsimotning ko‘pdan-ko‘p muammolari to‘g‘risida fikr bildiradi. 
Kapitalni, krizislami, mahsulotni realizatsiya qilish masalalarini tadqiq 
etadi, jamiyatni o‘zgartirishning mayda buijuacha dasturini ilgari suradi.
A. Smitning ta’limotida mehnat qiymat va boylikning birdan-bir 
manbayi deb tahlil qilingan edi. Zarur ish vaqti tushunchasi birinchi 
bor joriy etildi. S.Sismondi pul ichki qiymatga ega bo‘lgan mehnat 
mahsulotidir va shu sababli qiymatning umumiy mezoni tarzida 
namoyon bo'ladi, degan to‘g‘ri xulosaga keldi. Pulning qadrsizlanishi 
qog'oz pullar muomalaga chiqarilishi haddan oshib ketishining natijasi, 
deb talqin etiladi. Ammo u pulning vujudga kelishi jarayonini, uning 
vazifasini tadqiq etmaydi. S.Sismondi iste’mol qiymat o‘rtasidagi 
ziddiyatni ko'ra bilgan bo‘lsa ham, ammo uning mohiyatini 
tushunmaydi. U qiymatdan chetga chiqishni qiymat qonunining 
buzilishi deb hisoblaydi. S.Sismondining ta’biricha, ijtimoiy fan ikki 
qismdan: oliy siyosat va siyosiy iqtisoddan iborat. Siyosat davlat 
tartibining qanday vujudga kelishini o'rgatsa, fuqarolami diyonat va 
din ruhida tarbiyalasa, siyosiy iqtisod xo'jalikni qanday boshqarishni,


ijtimoiy tartibni saqlashni hukumatga tavsiya qilishi kerak. Umuman, 
siyosiy iqtisod ma’naviy fan bo'lib, u odamlaming his-tuyg‘ulari, 
ehtiyojlari va ehtiroslarini o'rganishi kerak. S.Sismondining fikricha, 
«odamlaming moddiy farovonligi, inson tabiati» siyosiy iqtisod 
predmeti bo'Ushi kerak, bu esa davlatga bog‘liq. S.Sismondi siyosiy 
iqtisod predmetini davlatning iqtisodiy siyosati bilan ayni bir narsa 
deb bildi, uni sinflardan ustun turadigan fan deb talqin etdi. Ishlab 
chiqarish munosabatlarini, iqtisodiy qonunlami bilish zarurligini 
inkor qildi. U insonning fe’l-atvorini birinchi o'ringa qo‘ydi.
S.Sismondi uslubiyatiga 1. ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami subyek- 
tiv-ideaUstik talqin etish; 2. ilmiy abstraksiya usulining yo'qligi; 3. 
tarixdan tashqari yondashuv; 4. ayirboshlash konsepsiyasi xosdir. 
Mayda buijua nazariyotchisi bo‘lgan S.Sismondi iqtisodiy qonunlaming 
obyektiv xarakterini tan olmadi. U kapitalistik iqtisodiyotning notekis 
rivojlanishini haqli ravishda ko'rsatgan bo‘lsa ham, bu narsa iqtisodiy 
qonunlar amal qilishining o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi ekanligini 
ko‘ra bilmadi. U o'zining rahmdillik bilan (sentimental) qilgan tanqidini 
ijtimoiy fanning alohida usuli darajasiga ko‘tarishga intildi. S.Sismondi 
insonni unutib, abstraksiyaga berilgan A. Smit va uning tarafdorlarini 
qattiq tanqid qildi. U kapitalizm ko‘p mamlakatlarda amal qila boshlagan 
bo'lishiga qaramay, kapitalistik rivojlanishdan voz kechish mumkinligini 
asoslamoqchi bo‘ldi. U iste’mol ishlab chiqarishdan ustun degan fikrga 
asoslandi. Butun iste’molni shaxsiy iste’moldan iborat deb bildi.
S.Sismondi kapitalizmni antagonistik jamiyat deb bildi va shu bilan 
klassik iqtisodiy maktabning namoyandalaridan ilgarilab ketdi. U 
kapitalizmning o‘ziga xos xususiyatini — boylikning oz sonli kishilar 
qo'lida to'planishi va ko'pchilik mehnatkash aholining chor-nochor 
kun kechirishini, jamiyat bilan xususiy sohibkoming manfaatlari bir- 
biriga mos emasligini, qishloq xo‘jaligining savdodan va sanoatdan 
orqada qolayotganini ko‘rsatdi. S.Sismondi burjua boyligining 
ko‘payishini bosh vazifa va iqtisodiy taraqqiyot mezoni deb hisoblashdan 
voz kechdi, «kapitalizmning ziddiyatlari» masalasini birinchi bo‘lib 
maydonga tashladi va tahlilni yanada davom ettirish vazifasini qo‘ydi.
Klassik maktabga qarama-qarshi o‘laroq mayda tovar ishlab 
chiqaruvchilaming xonavayron bo‘layotganini, «ortiqcha» aholi paydo 
bo‘layotganini, mashinalar ishchilami siqib chiqarayotganini ko‘rsatdi, 
biroq kapitalizm ziddiyatlarining asl sababini payqay olmadi. S.Sismondi


klassik maktabning krizislar bo'lishi mumkin emas va kapitalizm 
ziddiyatlar nimaligini bilmaydi degan mulohazalarini tanqid qildi. Uning 
tarixiy xizmati mana shundan iborat.
Shu bilan birga, S.Sismondi kapitalizmning ilg‘or mazmunini, uning 
feodalizmdan ustunligini tushunmadi. U kapitalizmni romantik tarzda 
g‘ayri ilmiy asosda tanqid qildi, kapitalistik tuzumning imkoniyat- 
lariga mayda burjuaziya nuqtayi nazaridan baho berdi.
U kapitalizmni tartibga solish, mayda hunarmandlaming sex tuzumi 
tarzida orqaga qaytish ehtimoli bor, deganlarida ham mayda buijuacha 
romantizm namoyon bo‘ldi. S.Sismondi revolutsiyaga qarshi, u 
kapitalizmni isloh qilish, uni tiyib turish tarafdori.
Milliy daromad va kapital S.Sismondining iqtisodiy qarashlari 
sistemasida yetakchi muammodir. U o‘zining «Siyosiy iqtisodning yangi 
ibtidolari» asarining dastlabki uch bobini ayni shu muammoga 
bag'ishlaydi. A.Smitdan keyin S.Sismondi ham daromadlaming uch 
turini: foyda, renta va ish haqini alohida ajratib ko'rsatadi, dastlabki 
ikki tumi umumlashtirib, ustama qiymat tushunchasidan foydalanadi, 
ulami ichki mahsulotdan chegirma deb hisoblaydi. Biroq S.Sismondi 
shu tariqa qo'shimcha qiymat nazariyasini maydonga tashladi deb aytish 
uchun asos yo‘q. U ish haqi ishchi mahsulotining jami qiymatiga teng 
bo'lishi kerak deb aytish bilan birga, shu zahotiyoq kapitalistning 
kapital yaratish sohasidagi «dastlabki mehnati» uchun unga odilona 
mukofot deb, rentani esa yeming ehsoni deb e’lon qiladi. A.Smitning 
iqtisodiy taraqqiyot davomida ish haqi oshishi xususidagi umidiga 
S.Sismondining qo'shilmaganligi uning ijobiy jihatidir.
S.Sismondi yakka tartibdagi daromadlardan «boyliklardan olingan 
foyda» va ishchi ish haqining yig‘indisi bo‘lmish milliy daromad 
muammosiga o‘tadi. Milliy daromad bilan yalpi mahsulot aynan bir 
narsa deb bilganligi uning asosiy nazariy xatosidir. Agar u birlamchi 
mahsulotda A. Smitning izidan borib uch qismdan: xom materialning 
va mehnat qurollarining o‘mi qoplanishini, ish haqi va foydani ajratgan 
bo‘lsa, yig'indi mahsulotdan faqat so‘nggi ikki qismni ajratadi. Doimiy 
qism yo‘q bo‘Hb ketadi.
Kapital deganda S.Sismondi ishlab chiqarish zaxiralarini (ishlab 
chiqarish vositalarini) tushunadi. U kapital jamg‘arilishini tejamkorlik 
bilan bog‘laydi. S.Sismondi asosiy mashinalar, ish qurollari va aylanma- 
lar, urug‘lik, xomashyo, ish haqi kapitalini bir-biridan ajratib,


A.Smitning hamma xato va yutuqlarini takrorlaydi. U kapitalni doimiy 
va o'zgaruvchi kapitalga ajrata bilmadi. Oxir-oqibatda S.Sismondi 
kapitalning milliy daromaddan farqini izohlay olmadi va buning usti- 
ga ASmitning shu ikkisi o‘rtasidagi tafovutni nazariy jihatdan isbot- 
lash yo'lidagi intilishlarini pisand qilmadi.
S.Sismondi kapitalistik aholi nufusi jarayonini tahlil etishga harakat 
qildi. U iqtisod fanida birinchilardan bo‘lib foydani ko'paytirish 
manfaatlari yo‘lida mashinalami joriy etish ishsizlar vujudga kelishiga 
olib boradi, ishsizlaming mavjudligi esa ishlab tuiganlaming ahvolini 
yomonlashtiradi degan faktni tan oldi. Ammo S.Sismondi ortiqcha 
aholini kapitaUstik fabrika mexanizmining zarur tarkibiy qismi deb 
bilmadi. S.Sismondi kapitaUstik fabrika nochor ishchini kelajakka 
boqqanda kelgusini ko'rmaslikka o‘rgatganligini, undagi ahloqiy 
tuyg‘ulami siyqalashtirib yuborganUgini ishsizlar paydo bo'Ushining 
sabablaridan biri deb hisobladi. U din ishchilaming «nojo‘ya nikoh»larini 
qoralamayotganligini aytib, dinga hujum qUdi.
«Uchinchi shaxslar» nazariyasi S.Sismondi nazariy qarashlarida 
asosiy o‘rin tutadi. U ishlab chiqarish va ijtimoiy daromad hajmlarining 
birUgini ijtimoiy mahsulotni to‘la-to‘kis realizatsiya qilishning asosiy 
sharti deb biladi. Bunday tenglikka avtomatik tarzda o‘z-o‘zidan 
erishilmaydi deb hisoblaydi. Aksincha, yirik sanoatning rivojlanishi 
ishlab chiqarishning muqarrar ravishda iste’moldan o'zib ketishiga 
oUb boradi. Kapitalizm qiymat va «ustama qiymat»ni realizatsiya qilish 
muammosini keltirib chiqaradi, yalpi ortiqcha ishlab chiqarish krizisi 
kapitaUzmga xos xususiyatdir. S.Sismondining o'ylashicha, ichki 
kapitalistik bozor qisqarib boradi, chunki ishchilaming daromadlari 
kamayadi. Kapitalistlar o‘z daromadining bir qismini iste’mol 
qilmaydi, balki jamg'aradi, mayda ishlab chiqaruvchilar xonavayron 
bo'ladi va ulaming iste’moU kamayadi. Vaziyatni tashqi bozorlar 
yengiUashtirishi mumkin. Ammo bunday bozorlami qidirish tobora 
qiyinlashadi. Kapitalizm maqbul va mumkin ham emas.
S.Sismondi «uchinchi shaxslar», ya’ni mayda ishlab chiqaruvchi- 
larga madad berishga umid bog‘laydi. U buijua mamlakatlarining 
hukumatlariga murojaat etib: «Kapitalistik rivojlanishni to‘xtatinglar»,
- dedi. Jamiyat mayda ishlab chiqarishga qaytgan taqdirdagina mo‘l- 
ko‘lchilik boshlanar emish. S.Sismondining tutgan o‘mi - takror


ishlab chiqarish asosiy qonunlarini tushunmaslik natijasidir. Ishlab 
chiqarish bilan iste’mol o'rtasidagi ziddiyatni, takror ishlab chiqarish 
ziddiyatini, shaxsiy iste’molning takror ishlab chiqarish jarayonlari 
uchun muhimligini tan olganligi S.Sismondi o‘rtaga tashlagan 
konsepsiyaning ijobiy jihatidir.
S.Sismondi iqtisodiy krizisni daromadlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik 
deb tushunadi, ayrim olimlar chinakam ilmiy nazariya — kapitalizm 
sharoitida ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasidagi nomuvofiqlikni 
tan oladi, biroq unga tobe o‘rin beradi deb ta’kidlaydi. Yetarli iste’mol 
qilmaslik nazariyasi krizislar arafasidagi davrda ishchilaming iste’mol 
quwatining oshib borishi, yetarsiz iste’mol qilish esa kapitalizmdan 
awal ham mavjudUgi, ammo krizislar faqat kapitalizmning belgisi 
ekanligi va surunkali bo'lmasligi vaziyatini izohlay olmaydi. Iqtisodiy 
krizislaming haqiqiy sababi ishlab chiqarishning ijtimoiy xarakteri 
bilan iste’molning xususiy xarakteri o‘rtasidagi ziddiyatdir.
S.Sismondi kapitalistik yo'ldan voz kechishni taklif qildi, kapita­
lizmni tartibga solishga, ishchilar bilan kapitalist o‘rtasida patriarxalchilik 
munosabatlarini o'rnatishga, ishchilarni foydani taqsimlashda 
qatnashtirishga, ishsizlar va nogironlar haqida g‘amxo‘rlik qihshga va 
buning uchun maxsus fondlami vujudga keltirishga, mayda ishlab 
chiqarishni saqlab qolish va qo‘llab-quwatlashga, manufakturaga 
bo‘lgan yirik mulkchilikni ko‘p sonli kapitalistlar o'rtasida taqsimlashga 
chaqirdi. U yollanma ishchilami ham mulkdorlar sinfi safiga qo‘shishni 
orzu qildi. S.Sismondi davlatning yordamiga umid qildi.
Uning ijtimoiy tadbirlar dasturi mayda buijuacha va reaksion 
xayolparastlik xarakteriga ega. S.Sismondi obyektiv tarixiy jarayonga 
to'sqinlik qilishga urindi. Shu sababli u reaksioner bo‘lib qoladi, o‘z 
mulohazalarini Fransiyada hali ham kuchli bo'lgan feodal tuzum 
himoyachilariga qo‘l kelishini sezmadi.
XIX 
asr oxirlarida rus narodniklari S.Sismondining xulosalarini 
ko‘klarga ko‘tarib maqtaganUklari sababli Lenin S.Sismondining 
iqtisodiy qarashlarini batafsil tahlil etish zarur deb bildi. Chunki 
S.Sismondining xulosalarini bunday maqtash marksizmning iqtisodiy 
ta’limotini yoyishga xalaqit berar edi. U o‘zining 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin