‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


ХП b о b. BOZOR IQHSODIYOTIGA



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   184
61aef8397723d3.50813536

ХП b о b. BOZOR IQHSODIYOTIGA
MUHOLIF G‘OYALAR
12.1. XIX asrning birinchi yarmidagi xayoliy
sotsializmning o‘ziga xos xususiyatlari
Xayoliy sotsialistik g'oyalaming dastlabki ko'rinishlarida, ya’ni 
Platon asarlaridan boshlab, T.Mor va T.Kompanelli asarlarining 
barchasida xususiy mulk tanqid qilib kelindi.
Bu olimlar jamiyatni qayta tuzishni taklif qilib, nisbatan adolatli, 
rivojlangan jamiyatni asoslab berishga intildilar. Lekin bulaming barchasi 
xayoliy sotsializm shakllanishi arafasidagi dastlabki g‘oyalar edi, xolos. 
Xayoliy sotsializmning haqiqiy rivojlanish davri XIX asming birinchi 
yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda G'arbiy Yevropada kapitaUstik 
munosabatlar rivojlanib, sinfiy ziddiyatlar oshkor bo'ldi. Ayniqsa, 
klassik iqtisodiy maktab vakiUarining asosiy asarlarining ta’siri ko‘pgina 
maktablarda bo‘lgani kabi xayoUy sotsiaUstlar qarashlariga ham jiddiy 
ta’sir o‘tkazdi. Shuningdek, bu davrda sanoat to'ntarilishining 
yakunlanishi va Yevropa mamlakatlarida yuz bergan jiddiy iqtisodiy 
o'zgarishlar ham xayoUy sotsialistlar A.Sen-Simon, Sh.Fure va 
R.Ouenlar o‘z asarlarida ko'rsatib, mavjud kapitaUzmni ichki xusu­
siyatlarini kengroq ochib berishga intUdilar. Bu olimlar guruhi iqtisodiy 
fan rivojiga katta hissa qo‘shib, ilk bor kapitaUstik munosabatlar abadiy 
emasligini, unda iqtisodiy inqirozlar mavjud bo‘lishini ko‘isatib berdilar. 
Shu jumladan, ular ham klassiklar kabi texnika taraqqiyotining 
jadaUashuvi, ilmiy kashfiyotlar va jamiyat ishlab chiqarishini umum- 
jahon rivojini iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi deb hisobladilar. 
Bundan tashqari, xayoUy sotsiaUstlar tabny tartib konsepsiyasiga amal 
qiUb, jamiyat va alohida olingan insonning ideal ijtimoiy tuzuUshi 
modelini ilgari surdilar.
XayoUy sotsiaUstlar klassik iqtisodiy maktab vakiUaridan farq qiUb, 
xususiy mulkchiUkni va kapitaUstik ishlab chiqarish munosabatlarini 
tanqid qiladilar, jamiyatning barcha a’zolariga baxt keltiradigan yangi


jamiyat yuzaga keladi,deb ishchilami ishontiradilar. Ular yangi jamiyat, 
adolatli ijtimoiy tuzum loyihalarini bayon etib, iste’mol va taqsimotni 
qayta tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan, balki ishlab chiqarishni 
tubdan o'zgartirishni taklif qildilar.
Shuningdek, ulaming ijtimoiy adolatni targ‘ib qilishga qaratilgan 
g'oyalari aynan adolatsizliklardan voz kechishi zarur degan fikrlari 
asosida nafaqat xayoliy balki bozor iqtisodiyotiga qarshi qarash 
ko‘rinishini oladi. XIX asming birinchi yarmida ijod qilgan xayoliy 
sotsiaUstlar ta’limotlarida bozor iqtisodiyotiga muqobil qarashlar turlicha 
bo‘ladi. Bu o‘rinda ushbu maktab vakillarining birinchidan, individual 
faoliyatni kollektiv mehnat faoliyati bilan almashtirish mexanizmini 
qanday izohlashlari bilan, ikkinchidan, mehnatkashlarni jamoa 
tashkilotlariga birlashish tamoyillari xususiyatlarini qay tarzda 
tushuntirishlarida o‘z aksini topadi.
Bu shart-siiaroitga e’tibor berib Sh.Jid va Sh.Rist o‘z asarlarida 
shunday deb yozadilar: «Sen-Simon va uning izdoshlari haqiqiy 
kollektivizm tarafdorlari bo'lib, ular jamoat tashkilotlariga millatning 
hamma a’zolarini kirgizish bunday birlashuvni tepadan boshlashni 
taklif qiladilar, ya’ni milliylashtirish va boshqa jarayonlami endi siyosiy 
hokimiyat o‘z qo'liga oladi.
R.Ouen va Sh.Fure hamda ulaming izdoshlari «Sotsialist- 
assotsiatsiyachilar» bo‘lib, Sen-simonchilardan farqU o‘laroq individ 
to‘da ichida yo'qolib ketmasligini xohlaydilar. Ulami mayda avtonom 
guruhlar yordamida saqlab qolishni taklif qilib, birlashuv jarayonini 
yuqoridan emas, balki quyidan borishini maqsadga muvofiq deb 
hisoblaydilar». (Жид Ш., Рист Ш. История экономических учений.
— М., «Экономика», 1995. Стр. 170)
Nihoyat, xayoliy- sotsializm namoyandalari o'zlarining benuqson 
ijtimoiy tuzumlami turUcha: Sen-Simon industrializm, Fure garmo- 
niya, Ouen esa kommunizm deb atadilar. Lekin ulaming barchasi 
ekspluatatsiyaning yo‘q bo‘lishi, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi 
qarama-qarshilikning bartaraf etilishi hamda xususiy mulkning yo‘q 
bo'lishi to‘g‘risidagi fikrlami bir xil takrorladilar. XVIII asming oxiri
- XIX asming boshlarida G'arbiy Yevropada ishlab chiqarishning 
hukmron shakli manufaktura bo‘lib, fabrika ishlab chiqarishi endi- 
gina shakllanayotgan edi. Kapitalizmning moddiy sharoitlari va


ishchilaming jamiyatning asosiy sinfi sifatida shakllanishi dastlabki 
bosqichlarda edi.
Xayoliy sotsiaUstlar ijtimoiy adolatli jamiyatga o‘tish yo'llarini aniq 
ko'rsata olmadilar, lekin ular sinfiy manfaatlar qarama-qarshiligini 
ta’kidlab o'tdilar. Ular ishchilar sinfiga ezilgan jabrlanuvchi sinf sifatida 
qarab, asosiy e’tibomi ongni rivojlantirishga, o‘z g‘oyalarini tashviqot 
qilib, kommunalar, «falansterlar» orqali hayotga tatbiq etishga qaratdilar. 
Mehnatkashlami ozod etishning moddiy sharoitlari yaratilmaganligi 
tufayli xayoliy sotsiaUstlar bo'lajak jamiyatning fantastik loyihalarini 
taklif etdilar. Ular o'zlarini sinflardan yuqori qo‘yib, jamiyatning 
barcha a’zolari manfaatlarini ifoda etayotganliklarini ko‘rsatmoqchi 
bo'ldilar. Shuningdek, siyosiy kurash, revolutsiyalami rad etib, ijtimoiy 
adolat g'oyalarini tashviqot qiUsh yo'li bUan jamiyatni qayta tuzishni 
orzu qildUar. Mana shulaming barchasi g‘oyalaming xayoUy bo‘Ub 
qolishiga sabab bo'ldi. Biroq, xayoUy sotsiaUzm o‘zining cheldanganligiga 
qaramasdan, kapitalizm oyoqqa turayotgan bosqichda progressiv 
ta’limotlar qatorida alohida o‘rin egaUaganUgini aytishimiz lozim.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin