‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Jon Grey, Tomas Godskin
va 
Jon Breylaredilai.
Ular, asosanm ishchilar orasidan kelib chiqib, muam- 
molami hal etishda mustaqil ravishda o‘z qarashlarini e’lon qildilar.
Tomas Godskiii. 0 ‘tgan asrlarda ilmiy axborot va publitsistika janr 
sifatida hali bir-biridan ajralmagan edi. T.Godskin asarlarida shu ilmiy 
izlanishlaming bizning tafakkurimizga ko‘ra belgilarini topamiz. Awalo, 
bu qo'yilgan masalaga yaqindan taalluqUdir.
1827-yilda T.Godskin 
«Taniqli siyosiy iqtisod» nomli kitobini e’lon 
qildi, lekin uning asosiy g‘oyalari awalroq 1825-yilda 
«Kapitalning 
daf qilishiga qarshi mehnatni himoyalash» asarida bayon etilgan edi.
Dastlabki nazariyalarida olim kapital ishlab chiqarishdan tashqarida 
degan fikmi bildirib, o‘z zamondosh iqtisodchi olmilariga qarshi chiqdi. 
Uning fikricha, aylanma kapital umuman yig‘ilgan zaxiralar emas, 
masalan, ishchilar nowoyxonada non yopishadi, boshqa ishchilar esa 
uni sotib olishadi. Demak, aylanma kapital zaxira «yig‘ilma» emas, 
balki «mavjud» mehnatdir.
T.Godskin asosiy kapitalni to'plangan mehnat deb biladi, lekin 
ishchilarsiz hech qanday mashina hech narsa ishlab chiqara olmaydi.


Bundan shunday xulosa chiqadiki, foyda o‘tgan mehnat hisobiga emas, 
balki kundalik mehnat tufayli yuzaga keladi. Lekin asosiy kapital o‘z 
egasi uchun mehnatdan ustunlik qilish vositasi hisoblanadi. Yuqorida 
aytilganlarning barchasidan T.Godskinning ikkinchi tezisi kelib chiqadi: 
kapitalist tomonidan o‘zlashtirib olingan foyda ishchilaming mehnatdan 
oladigan to‘liq mahsulot huquqini buzish demakdir. Bu zo‘ravonlik 
kapitalistlar tomonidan mehnatning bo‘ysundirilishi bo'lsa, ulaming 
hokimiyati ishchi mahsulotni o'zlashtiradi. T.Godskinning aytishicha, 
jamiyatdagi barcha jamg‘arma kapitalistlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Lekin mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlami va kapitalistga 
foyda ko'rinishida tegadigan mahsulotni ham faqat ishchi ishlab 
chiqaradi. Foyda ko‘p bo‘lgan sari ish haqi kam bo‘lishini ko'rsatib 
o‘tadi. «Haqiqiy adolatni tiklashning birdan-bir vositasi yoki chorasi 
ishchilami kasaba uyushmalariga birlashtirishdir», - deb hisoblaydi olim.
J.Grey yoshlik yillaridanoq R.Ouen pamfletlarini o‘qib, ulami 
targ'ibot qildi. 1825-yilda u o'zining 
«Inson baxti haqida ma’ruzalar» 
kitobini nashr qildirdi. XIX asming 20-30-yillarida ingliz ishchilarining 
sevimli kitobi bo‘lgan bu asar R.Ouen ta’siri ostida yozilgan edi. 
J.Greyning fikricha, jamiyat uch kategoriyadagi kishilaiga bo'linadi: 
birinchisi ishchilar, ular barcha moddiy boyliklami yaratuvchilardir. 
Ikkinchisi shifokor, o'qituvchi va boshqalardir. Uchinchisi esa «mustaqil 
sinflar»dir. 
«Bu mustaqil sinflami tashkil qiluvchi kishilar ikki xil holatga
bogliqdir. Birinchidan, atrofdagilamingmehnatsevarligiga, ikkinchidan
nohaqlikning mavjudligiga. Bu esa ular ustidan hukmronlik qilish
imkoniyatini beradi.».
Olimning fikricha, jamiyatning asosini ayirboshlash munosabatlari 
tashkil qiladi. Kishilar orasidagi boshqa barcha munosabatlar esa mana 
shu munosabatlar ustiga quriladi. Qashshoqlikning bosh sababchisi 
esa raqobatdir. 1831-yilda J.Greyning 
«Ijtimoiy tartib», «Ayirboshlash 
asoslari haqida harakat» nomli asarlari e’lon qilindi. Bu asarlar siyosiy 
iqtisodga oid asarlar hisoblanib, unda ishlab chiqarish, taqsimot, aholi 
nufusi, soliq va soliqqa tortish muammolari, shuningdek jamiyatda 
ayirboshlash tartibini qayta tashkil etish ko‘rsatiladi.
Umummilliy savdo palatasi tashkil etilib, u barcha tarmoqlar - 
dehqonchilik, sanoat va savdo ishlari boshqaruvini tashkil etadi. 
Yer va kapital egalari o‘z mulklarini mazkur boshqaruv apparatiga 
bir yilcha awaldan belgilangan mukofot hisobiga topshirib, o‘zlarini


turli tavakkallardan xalos qiladilar. Barcha xo‘jalik ishlariga rah- 
barlikni palata topshirig‘iga ko‘ra amaldorlar yoki ziyolilar olib bora- 
dilar. Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari milliy savdo omborlarida 
saqlanib, o‘sha yerdan savdo do‘konlariga sotuvga chiqariladi.
Jon Brey. J.Breyning «Mehnatga nisbatan adolatsizlik va uni 
bartaraf etish yo‘Dari» nomli kitobi 1839 yilda nashr qilindi. T.Godskin 
va J.Greyning pamfletlari kabi Breyning kitobi ham katta shuhrat 
qozondi. U ham ishchilar orasidan yetishib chiqqan bo‘lib, bosma- 
xonada harf teruvchi va muqova qiluvchi bo‘lib ishlar edi. Dunyoda 
adolatsizliklar qayerdan vujudga keUshini, jamiyat va davlat nima 
ekanligini, mehnatning zaruriyati, kapital jamg‘arish va ayirboshlash 
xususiyatlarini o‘rganishga o‘z e’tiborini qaratdi.
Uning fikricha, ayirboshlash tengsizligi bir sinfga hech narsa bilan 
shug‘ullanmaslikni va dabdabali yashashni ta’minlaydi, boshqa bir 
sinfni og‘ir mehnatga mahkum etadi.
J.Brey hech qanday siyosiy saylov islohotlari bu tartibni o'zgartir- 
maydi, deydi. Mavjud tartibdagi ishchilar sinfi qanchalik aqlli, yuqori 
ma’naviyatli yoki mehnatsevar kuch bo'lishidan qat’i nazar, to‘g‘rilab 
bo'lmaydigan qullikka mahkumdirlar. Shuning bilan birgalikda, u 
ishchilar sinfining kurashi kishilarga qarshi emas, balki tuzumga 
qarshi, u kapitalistlar bilan yoki kapital bilan emas, balki kapitalni 
qo‘llash usuli bilan ekanligini uqtiradi.
12.4. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari
Sismondi Prudon, qisman Smit, Rikardo, xayoliy sotsiaUstlar va 
boshqalar kapitaUstik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib 
bergan edilar. Ana shu Ulatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va 
kapital, ishchilar va sohibkorlar o'rtasidagi qarama-qarshilik tobora 
ortib bordi. 1831-34-уШаг Fransiyada Lion to‘quvchilari, 30-40-yiUarda 
AngUyadagi vuddistlar va chartistlar harakati ishchilar sinfining musta­
qil sinf sifatidagi chiqishlari edi. 1844-yilda Sileziya to‘quvchilarining 
qo‘zg‘oloni Germaniyadagi inqilobiy harakat darakchisi bo‘ldi. 1848- 
yilda buijua inqilobi tufayU marksizmning vujudga kelish jarayoni yanada 
kuchaydi. Awalgi davrdagi iqtisodiy talablar asta-sekin siyosiy tus ola 
boshladi.
Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va awalgi davrdagi 
bir qancha iqtisodiy g‘oyalar asosida, birinchi navbatda klassik iqtisodiy


maktab, utopik sotsializm ta’limotlari tufayli marksizm shakllandi. 
Kapitalistik tuzum, hozirgi davr tili bilan aytganda, bozor iqtisodining 
bekam-u ko‘st emasligi, uning ijobiy tomonlari bilan birga hal etilishi 
shart bo'lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy ta’Iimot 
paydo bo'lishiga turtki bo'ldi.
12.5. K.Marksning iqtisodiy ta’limoti
K.Marksning bosh iqtisodiy asari «Kapital» bo‘lib, unda asosiy 
iqtisodiy g'oyalar ilgari suriladi (1-jildi 1867-yilda nashr etilgan). 
Marksning iqtisodiy merosida klassik maktab g'oyalari asosiydir. Bu 
olimning tadqiqot predmetida iqtisodiyotda ishlab chiqarish sohalari 
muammolaming tahlili ustuvordir. V.Petti tadqiqotlariga baho berib, 
ishlab chiqarishning buijua munosabatlarini ichki aloqalari o‘rga- 
nilishini ta’kidlaydi.
Tadqiqot uslubi boshqa olimlardan keskin farq qilmaydi, iqtisodiy 
jarayonlar siyosat va davlatga nisbatan ustuvor hisoblanadi, ammo 
kapitalizm va shunga muvofiq xo'jalik yuritishning bozor mexanizmi 
o'tkinchi deb qaraladi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin