‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat va mulohaza uchun savoUar



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Nazorat va mulohaza uchun savoUar
1. Neoklassik sintezning mohiyati.
2. P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi asosiy g‘oyalar.
3. «Ekonomiks» asarida qaysi olimlaming fikrlari tanqid qilinadi?
4. Yangi yo‘nalishning o'ziga xos xususiyatlari.
5. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotlari qachondan beri top- 
shiriladi? Bir necha mashhur laureatlami tavsiflang.
6. Ekonometrikaning hozirgi davrdagi asosiy yo'nalishlari qanday 
muammolami hal etadi?
7. Respublikamiz olimlarining ekonometrika sohasidagi ishlarini 
izohlab bering.


XXI b о b. JAHON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI
IQTISODIY TA’LIMOTLAR
21.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik konsepsiyasi.
Savdo-sotiqning maijinalistik nazariyalari
Xalqaro savdo rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milKy 
davlatlar doirasidan chiqqan va bu borada bir qancha iqtisodiy ta’limotlar 
ham mavjud. Ular klassik, neoklassik va neokeynschilik nazariyalarida 
o‘z aksini topgan. Ayniqsa, XIX-XX asrlardagi iqtisodchilar A.Smit, 
D.Rikardo, R.Torrens, J.S-МШ, A.Marshall, J.Vayner, G.Xaberler,
G.Jonson, P.Samuelson va boshqalar bu sohada barakali ijod qildilar.
A. 
Smit tomonidan mutlaq afzallik prinsi pi ishlab chiqilgan, unga 
ko‘ra; eng kam xarajat talab etuvchi tovarlami ishlab chiqarish va 
eksport qilish samarali va aksincha.
Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo'lib 
mehnat taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas 
(A. Smit fikri), balki xalqaro ko'lamda ham obyektiv zarurat ekanligini 
isbotlab berdi. Olimning fikri shundan iboratki, prinsipial jihatdan 
qaralsa, Jiar bir davlat o'ziga kerakli barcha narsani (tovarlami) ishlab 
chiqarishi mumkin, ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik to‘g‘ri, 
degan savol tug'iladi. Ungajavoban, Rikardo aytadiki: «Har bir davlat 
ma’lum bir mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va nisbiy 
afzallikka, ustunlikka ega bo'ladi». Masalan, Shotlandiyada suli, Portu- 
galiyada faqat vino ishlab chiqarish samaraliroq, chunki sarf-xarajatlar 
miqdotf eng Ц т bo'lgan sohani rivojlantirish afzal. Bunda, albatta, 
tabiiy sharojt, an’analar, tarixiy tajriba, yer, suv, inson resurslari, 
xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga olinishi kerak. Masalan, 
musulmon davlatlarida cho‘chqachilikni rivojlantirish haqida so‘z ham 
bo'lishi mumkin emas vst'boshqalar.
Neoklassik, ya’ni «sof» iqtisodiyotni targ‘ib etuvchilar xalqaro 
mehnat taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o‘zgarishi 
sabablaririi ahiqlashni bosh vazifa qilib qo'yganlar, ammo ular savdo


almashuvida pul mexanizmi yo‘lini inkor etadilar. R.Xarrot, F.Max- 
lup, K.Kurixara kabi neokeynschilik tarafdorlari esa xalqaro savdoning 
pul mexanizmiga alohida e’tibor beradilar, shu bilan bir vaqtda xalqaro 
mehnat taqsimoti, baynalmilal qiymat, baholar nisbati deyarli 
e’tiboiga olinmaydi.
«Sof» ta’Iimot tarafdorlari fikricha, jahon bozorida «mukammal 
raqobat» mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil im- 
koniyatlarga ega; taklif doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi 
o‘zini-o‘zi tartibga solish prinsipi bor. Eksport va import baholari 
nisbatini tushuntirishda ular uzoq muddatli rejalarda «savdo sharoitlari» 
industrial davlatlar ziyoniga va agrar mamlakatlar foydasiga o'zgar- 
moqda, deb o'ylamoqdalar va buni «yer unumdorligining pasayib bo- 
rishi» qonuni bilan bog‘lamoqdalar. Ular tovar eksporti va importining 
fizik hajmlari o‘sishini hisobga olmagan holda, xalqaro savdo rivoji 
tendensiyalari agrar xomashyo yo‘nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti 
tashqi savdo pozitsiyalari yaxshilashuviga olib kelmoqda, demoqdalar. 
Xalqaro savdoning neokeynschilik ta’limoti vakillarining fikricha, har 
bir mamlakat ichki bozorda ko‘proq tovar ishlab chiqarishga intilgani 
sababli mehnat va kapital bilan bandlikning to‘la emasligi tufayli ko‘proq 
eksport va kamroq import qilishga intiladi. Shu sababU ham, xalqaro 
savdo o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi jarayon bo‘la olmaydi, aksincha, 
tovar eksporti kapital chiqarish bilan rag‘batlantirilishi kerak, import 
esa proteksionistik choralar bilan cheklanishi zarur. Bu choralar 
umummilliy manfaatlarga mos kelar emish.
Keyingi davrda vujudga kelgan iqtisodiy ta’limotlarda E.Xeksher,
B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson tomonidan yaratilgan «ishlab chi­
qarish omillarining xalqaro taqsimoti» nazariyasi (modeli) tipik 
hisoblanadi. Ulaming fikricha, har bir mamlakat iqtisodiyoti ishlab 
chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi bilan har bir 
omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan xarakter- 
lanadi. Ayrim mamlakatlarda mehnat asosiy omil (boshqasidan son 
jihatdan ko‘p) bo‘lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past bahola- 
nadi; kapital mo‘l bo'lgan mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish 
omiliga nisbatan arzon bo‘ladi. Har bir mamlakat o‘zining ustunligini 
realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisba­
tan arzon bo‘lgan yo‘l bilan tayyorlangan tovarlar ko‘proq chiqariladi.



Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin