institutida ishlay boshladi (dastlab professor assistenti). Amerika iqtisodiy
assotsiatsiyasi (1961), Ekonometrik jamiyat (1951). Xalqaro iqtisodiy
assotsiatsiya (1965-1968) prezidenti bo‘lib saylangan. Olim naza-
riyotchi bo'lish bilan birga, AQSH prezidenti yordamchi, «News
week» jumalida faol ishtirokchi ham edi. Biz bu olimni, asosan, «Eko
nomiks» kitobi muallifi sifatida yaxshi taniymiz. Samuelsonning bu
kitobi dastlab 1948-yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, ho-
ziigi iqtisodiy ta’limotlaming asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.
1992-yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualliflikda nashr
etildi. «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika» nomi bilan rus tiliga ag‘darildi.
Samuelson eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonunni daromadlar
pillapoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli deb
hisoblaydi. U davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni
va oziq-ovqat yordamini qashshoqlikni kamaytirish usuli sifatida
qo‘llab-quwatlaydi. «Ekonomiks» asarida tarixiy-iqtisodiy ekskurs
mavjud bo‘lib, XVII asr oxiridagi Maltusning aholi nufusi nazariyasi
eslanadi; A- Smitning «Ko'rinmas qo‘l» haqidagi g‘oyalari tahlil etiladi.
Asarda o‘tgan davrdagi deyarli barcha doktrinalar qarab chiqiladi (bular
to‘g‘risida yuqorida o‘qishingiz mumkin).
Uning fikricha, hozirgi davr iqtisodchilari «neoklassik sintez»ga
erishish uchun samarali kredit-pul va fiskal siyosatni Smit va
Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning darajasini
aniqlash bo‘yicha mavjud makroiqtisodiyot bilan birlashtirish, ikkala
yondashuvdagi barcha sog‘lom fikrlami jamlashtirishga harakat
qilmoqdalar.
Olim iqtisodiy taraqqiyot omillariga baho berib, uni to‘rtta deb hi
soblaydi:
1. Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy).
2. Tabiiy resurslar.
3. Kapital.
4. Texnologiyalar.
Olimning bu omillari «taraqqiyotning to'rt g‘ildiragi» deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: