‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184
61aef8397723d3.50813536

«Ijtimoiy bozor xo'jaligining»
mohiyati
GFR neoliberalizm nazariyotchilari «erkin bozor» va adolatli taq­
simot prinsiplarini «ijtimoiy tenglik» prinsipi g‘oyasi bilan qo‘shishga 
muvaffaq bo'ldilar. Birinchi marta uning konseptual g'oyasi A.Myuller- 
Armakning «Xo‘jalik boshqaruvi va bozor xo‘jaligi» (1947) kitobida 
izohlanadi, bunda «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» matni ham birinchi bor 
qo‘llanilgan. Bu sohadagi ishlanmalar V.Rebke, L.Erxard, V.Oyken 
(ash tarixchi) va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
V.Rebkening «Nemis iqtisodiy siyosati to‘g‘rimi?»(1950) degan 
kitobi muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer «ijtimoiy bozor 
xo'jaligi» modeli mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida 
qilinganligini bayon etadi.
V. Rebke xarakteristikasi bo‘yicha, «ijtimoiy bozor xo'jaligi» 
«iqtisodiy insonparvarlik» sari yo'ldir. U o‘zining «Insonparvar jamiyat» 
asarida kollektivizmga — personalizm, hokimiyat konsentratsiyasiga —


erkinlik, sentralizmga - detsentralizm, tashkilotchilikka - o‘zini-o‘zi 
boshqarishni qarshi qo‘yadi va boshqalar. 1957-yilda XDSning navbat- 
dagi syezdida L.Eixard, V.Rebke g‘oyalarini qo‘llagan holda GFR da 
«ijtimoiy bozor xo‘jaligi»ning 2- bosqichi boshlanganligini tasdiqladi. 
60-yillarda LErxard o‘z maqolasida, awalo, «erkin musobaqa ijtimoiy 
bozor xo'jaligining eng asosiy elementi hisoblanadi» deb ta’kidlangan 
edi. 1965 yilda partiyaning navbatdagi syezdida L.Eixard GFRda «Ijtimo­
iy bozor xo'jaligi» ni tashkil etish dasturining nihoyasiga yetganli- 
gini e’lon qildi. Bu dastur mamlakatni «rasmiylashgan jamiyat»ga 
aylantirildi.
60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi «ijtimoiy bozor xo‘jaligi» 
modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizm­
ning «barcha uchun farovonlik jamiyati» konsepsiyasi bilan hamo- 
hangdir. Chunki ikkala modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya 
qilinishi va sinfiy antegonizm inkor etiladi. Bu modellardan tashqari, 
davlatning faol ijtimoiy vazifasi g'oyasi bor. Davlat barcha fuqarolaiga 
ijtimoiy xizmatni olish va ular farovonligini oshirish uchun teng 
huquq va imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli 
qatlamlarida aksionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy 
institutlar barqarorligining o‘sishi, asosiy mehnatkash aholining 
ertangi kunga ishonchi va boshqalar ko‘zda tutiladi.
19.3. Cbikago monetarizm maktabi
Keynschilikka muqobil ravishda AQSHda neoliberalizmning Chikago 
maktabi vujudga keldi. Uning monitar (pul bilan bog‘liq) g'oyalari 
Chikago universitetida 20-yillarda paydo bo‘ldi. Ammo neoliberal 
yo‘nalish harakatida Amerika monetarizmi mustaqil keyinschilik ilg'orlik 
pozitsiyalami faqat 50-yillar oxiri - 60-yillar boshida egalladi. Bunda 
M.Fridmen (1912-2006) nashrlari muhim ahamiyat kasb etdi (1976- 
yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati). Fridmen va uning 
safdoshlari Keynsning pulsiz omillari (masalan, investitsiyalar) o‘miga 
aynan pulli omillami afzal ko‘rdilar.
1958-yilda A.U. Fillipsning empirik egri chizig‘i paydo bo'lishi 
bilan pul hisobidagi ish haqining yillik foiz o'zgarishi va ishsizlik dara- 
jasi (hissasi) o'rtasidagi bog'lanish aniqlandi. Bunda 1861-1913-yillar 
Angliyadagi real ma’lumotlardan foydalanilgan. 1964-yil P.Samulson 
o‘zining mashhur «Ekonomiks» darsligining 6-nashriga shu grafikni


kiritdi vauni «Fillips egri chizig‘i» deb atadi. Awalgi tadqiqotlarda 
(masalan, Keyns) inflatsiyasiz to‘la bandlik iqtisodiy siyosatning 
maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri chiziqqa ko‘ra, baholar 
mo'tadilligi va ishsizlik nomuvofiq hodisalar bo‘lib chiqdi. Ular 
askincha, konfliktli maqsadlar ekan: ishsizlikni kamaytirishga inflat- 
siyani kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi, inflatsiyani pasaytirish esa, 
odatda, ishsizlar ko‘payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqti- 
ning o‘zida tuig'un baholar va to‘la bandlikka bo‘lgan ishonch, barqa- 
ror baho va to‘la bandlik o‘rtasida tanlash bilan o‘rin almashdi.
M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri chizig‘ini har tomon­
lama o‘rganib, (egri chiziq) har doim ham turg‘un emasligini aniqladi. 
Ayniqsa, 60-yillar oxirida ko‘pgina mamlakatlarda inflatsiya o‘sishi 
«mantiq»qa qarama-qarshi ishsizlikning pasayishi emas, balki uning 
o‘sishi va 70-yillar boshida esa inflatsiya va ishsizlikning bir vaqtda 
o‘sishi bilan ro‘y berdi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin