«Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to‘la», - deb
yozadi Bobur. Xiroj, ya’ni yer solig'i ikki toifaga bo‘lingan: muqassam
va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‘liq bo‘lib,
uchdan birdan-yarimgacha teng bo‘lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan
yeming maydoniga bog‘liq ravishda olingan.
Yemi sug‘orish masalalari Sharqda o‘ta muhim edi, chunki ob-
havo nihoyatda quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun’iy sug‘orishni
talab etganligidan sug‘oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan
ko‘p hosil bergan. Shu sababli suv solig‘i ham bo'lgan.
Hisobga etgan miqdordagi mol-mulkdan Qur’oni Karim, «Mux-
tasan>, «Hidoya» va boshqa manbalarda qat’iy belgilab qo'yilgan qismi
ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar,
ya’ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo'ylardan soliq (zakot)
quyidagicha olingan: 40 qo‘ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201
dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo'lsa, har 100 qo‘ydan bittasi za
kot qilib berilgan. Shuningdek, «Bobumoma»da bir yurt tovarining
boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondiri-
lishi va ulaming iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‘la bayon qilinadi.
Boburdan keyin uning o‘g‘li Xumoyun, keyinchalik nevarasi
Akbarshoh Jalohddin (1542-1605) 1556-1605 yillari Hindistonda
muvaflfaqiyatli podshohlik qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574 yildan
boshlab islohotlar o‘tkazdi, dehqonlarga yagona soliq tizimi kiritdi,
yagona uzunlik va og'irlik o'lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to‘g‘risida
1601 yil «Akbamoma» kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq
tartibi o‘z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: