‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Xristofor Kolumb 
uchta kemasi bilan tasodif 
tufayli Amerika qit’asini ochdi (u o'zini Hindistondaman deb o‘ylagan, 
shuning uchun qit’a nomi boshqa dengizchi - 
Amerigo Vespuchchiga
nasib etdi, tarixning bu xatosini to‘g‘rilash uchun bu qit’adagi bir 
davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika, ko'pchilik 
o'ylaganidek, oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonga suv 
yo‘li qidirish yana davom etdi va 1498-yilda 
Vasko da Gama 
tomonidan 
ko‘pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo‘l ochildi. Boshqa dengizchi- 
Magellanning butun dunyo bo'ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, 
orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlarining 
mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari ochildi, 
yangi xomashyo, ekin, hayvon turlari topildi, ulaming Yevropaga kirishi 
boshlandi 
(paxta, makkajd’xori, tamaki, kofe, какао).
Yevropadagi 
davlatlar (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya 
va Angliya) o'rtasida kurash ham qizidi.
Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlaming rivoji 
uchun muhim moddiy turtki paydo bo‘ldi. Kapitalizmning shakllanishi 
va rivoji uchun kapitalning dastlabki jamg'arilish jarayoni kuchaydi.
5.2. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mohiyati
Merkantilizm rivojida ikki davmi ajratish mumkin:
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o'rtalari).
2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura 
sistemasi) (XVI-XVIII asr o'rtalari).
Yangi ta’Iimot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog‘liqdir. 
Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy 
hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida 
sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam 
yoki shogird, oUa bilan birga bajariladi. Manufakturada esa kooperatsiya 
yuzaga keladi, eng muhimi, chuqur mehnat taqsimoti, xususiy 
tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo‘ladi (XV asr).
Merkantilizmning birinchi davri, o‘sha davr iborasi bilan aytganda 
monetar, ya’ni oltin va kumush pullar to‘plash bilan bog'liq edi. Bunda 
pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor 
tovar sotib olishga urinilgan. Qimmatbaho metallni chetga olib ketish 
taqiqlangan. Savdogarlaiga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul


olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo‘lishi mumkin). 
Chet ellik savdogarlami esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar 
sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu 
siyosat nazorat kuchli bo'lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalaming 
rivojini susaytirgan.
Taniqli iqtisodchi N.D. Kondratevning fikricha, merkantilistlaming 
iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo‘lib, xalq xo‘jaligi qanday bo'lishi 
kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiy 
maqsaddir.
Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta’riflash mumkin: 
iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha 
nodir metallami (oltin, kumush, javohir, zar va durlami) ko‘proq 
to‘plash; nazariya va ta’limotda: savdo, pul aylanmasi, ya’ni muomala 
sohasida iqtisodiy qonuniyatlami izlab topish. 
«Insonlar metall uchun
qurbon b&lmoqda»,
ya’ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat 
rivojiga hamohang bo'lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy 
qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo‘ldi. 
Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib 
olish (bu hodisa 0 ‘zbekistonda ham hozirgi davr o'zgarishlarida uchrab 
turadi). Sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida namoyon 
bo'ladi. Farq, ya’ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo‘li 
bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o'ylanmaydi.
Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm 
amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlaming tabiiy huquqlarini 
ta’minlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va 
xavfsizlik bor. Bu ta’limotning ijtimoiy ma’nosi shuki, davlat yangi 
jamiyat boyligi o'sishini ta’minlovchi sharoitni yaratishi va qo‘llashi 
shart edi. Iqtisodiy ta’limotlaming tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik 
merkantilizmdan klassik iqtisodiy maktabga ham o‘tdi. Lekin bu aloqa 
mazmuni keyingi davrda ancha o‘zgardi (Fransiyadagi fiziokratizm
Angliyadagi Smit), chunki bu davrda buijuaziya davlat homiyligiga 
unchalik muhtoj emas edi, hatto u davlatning imkoni boricha 
iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo'lgan.
M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining yetakchi 
tamoyillari quyidagilar: l)oltin va boshqa qimmatbaho metallarga boy- 
likning asosi sifatida qaraladi; 2) mamlakatga oltin va kumushlaming 
oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3)


arzon xomashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni qo'llab-quwatlash; 
4) import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) 
tariflar; 5) eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag'batlan- 
tirish; 6) ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi 
sonining o'sishi. Shak-shubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti 
sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g‘oyasining 
yuragi edi.
Ulaming mohiyati quyidagilardan iborat:
• Tahlil predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasi 
muammolarini o'rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish 
muammolari bilan bog‘lab o‘rganish butunlay inkor etiladi;
• Tahlil uslubi sifatida, asosan, empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, 
bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko‘rinishlarigina ta’riflanib, 
iqtisodiyotning barcha sohalarini o‘z ichiga olgan ma’lum tizim asosida 
tahlil etish istisno etiladi;
• Pulning kashf etilishi insonlaming sun’iy kashfiyoti oqibati deb 
hisoblanadi, pulning o‘zi esa aynan boylik deb qaraladi;
• Pul qiymati kelib chiqishini oltin va kumushning «obyektiv (jonli) 
tabiati»dan va ulaming mamlakatdagi miqdori bilan belgUanadi;
• Mehnatga taklifning o‘sislii ish haqining yuqori emas, past bo‘lish 
zarurati bilan bog‘lanadi;
• Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o‘sishga mamlakat pul 
boyligining ko‘payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va 
savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
Manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon, 
ko‘p va sifatli xomashyo hisobiga ro‘y berdi, tayyor mollar esa o‘sha 
va boshqa mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan. 
Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada 
Angliya yuksak yutuqlami qo‘lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb 
olsak, u o'zidan 120 marta katta bo'lgan yemi koloniyaga aylantirgan 
va undan ustalik bilan foydalangan.
Demak, merkantilizm bo'yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha 
pul ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini 
davlat hokimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm 
buyuk geografik kashfiyotlardan oldinroq paydo bo‘ldi va XVI asming 
o'rtalarigacha (asosiy oltinlar yig‘ib olinguncha) yashadi.
Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin