‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Masa­
lan, nonning bahosi va ish haqining pul miqdori o‘rtasida bevosita
boglliqlik bor,- deydi u, 
agar nonning bahosi oshganda ish haqi
o‘zgarmasa, ishchilar och qoladi va o‘limga mahkum etiladi.
Rikardo Maltus kabi (bu olimning fikrlari quyida beriladi) 
ishchilaming haqlari ochlik darajasida ushlab turilishi kapitalizmga xos 
qonun emas, barchaga tegishli tabiiy qonunlar tufaylidir, deydi. 
Ma’lum qulay sharoitlardagina ishlab chiqarish kuchlari aholi o‘sishini 
ta’minlay oladi va ishchilar kam haq olganliklaridan norozi bo‘lmas- 
liklari kerak, degan fikr ilgari suriladi. Rikardo qo‘shimcha qiymatni 
uning konkret shakllari - foyda, ssuda foizi, renta sifatida tahlil etadi.
«Ishchi o‘z mehnati bilan ish haqi sifatida oladigan miqdordan 
ko‘proq qiymat yaratishi o‘z-o‘zidan ravshan», - deydi u. Ammo uni 
ish haqi va foyda nisbati, ya’ni ishchining qancha olishi va kapitalistga 
qancha qolishi qiziqtiradi. U qiymat strukturasi va tovar bahosini 
aniqlaganda «Smit dogmasi»dagi xatoga yo‘l qo'yadi, ya’ni doimiy kapi­
tal S ning yangi mahsulotdagi hissasini inkor etadi (ish haqi va foyda- 
dan iborat bo‘lgan).
Tovar qiymati ish haqi va foydadan iborat bo'lganligi sababli, foyda 
ish haqiga teskari proporsional va unga bog'liq. Foyda amalda qo'shimcha 
qiymat sifatida qaraladi. Rikardo foydaning yer rentasini to‘lagandan 
keyingi holatni o‘rganadi. Undan tashqari, foyda avans qilingan kapital 
miqdoriga proporsional deb hisoblaydi. U foyda normasining pasayish 
tendensiyasiga alohida e’tibor berdi. U buning bosh sababi kapitalizmga 
xos narsa bo'lmay, tabiiy omildir, degan. Foyda normasining pasayishi 
oxir-oqibatda kapital jamg‘arilishining kamayishiga olib kelishi 
mumkinligi uni tashvishga solgan. U kapital deb ishlab chiqarish


vositalari va kapitalistning ishchilarga ish haqi sifatidagi xarajatlami 
tushungan. U kapitalni natura holda va tarixdan tashqari tushungan. 
Uningcha, ibtidoiy ovchi va baliqchi kapital egasi bo'lgan (bu, albatta, 
xato fikr).
Rikardo yer rentasini tahlil qilishda muhim yutuqlaiga erishdi. U 
renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib tekshirdi. 
Rentaning manbayi ma’lum mulkiy munosabatlar sharoitida yerga 
qilinadigan mehnatdir, deb hisobladi. Resurslari cheklangan, unum­
dorligi va joylashuvi turlicha bo‘lgan yerlar ishlanishi tufayli qishloq 
xo'jaligi mahsulotlarining qiymati yomon uchastkalardagi mehnat 
sarflari bilan aniqlanadi. Bunday yerlar sohibkorga o‘rtacha foyda beradi 
va renta bermaydi. Nisbatan yaxshi yerlarda foyda o'rtacha normadan 
yuqori bo‘ladi, ana shu ortiqcha foyda renta sifatida yer egasi tomonidan 
olinadi. Yomonroq yerlar xo‘jalik hisobiga jalb etilishi orqali yer 
egalarining oladigan rentasi o‘z-o‘zidan ortadi, vaholanki, ular biror 
ish , sarf-xarajat ham qilmaydi.
Rikardo bu yerda differensial renta hosil bo‘lishini ko‘rsatib berdi. 
U xususiy mulkchilik sharoitida yomon yerlar ham ma’lum renta kel- 
tirishi mumkinligini inkor etdi. Lekin shunday renta bor, u absolut 
renta bo‘lib, uni Marks va boshqa olimlar atroflicha o‘rganganlar.
Rikardo pul va pul muomalasi masalalariga katta e’tibor qildi. U 
dastlabki asarlarida pulni ichki qiymatga ega bo‘lgan tovar deb qaragan. 
Pul qiymati unga sarf qilingan mehnat bilan aniqlangan. Rikardo: 
«Pulning xususiyati shuki, u alohida tovar, boshqa tovarlaming qiymat 
o‘lchovi va muomala vositasi sifatida harakat qiladi. Qog‘oz pullaming 
miqdorida muomalada bo‘lgan tovar massasi qiymatiga mos (ya’ni 
proporsional) bo‘lishi kerak, ortiqchasi bank tomonidan iste’moldan 
chiqarilishi zarur», deydi.
Ammo o'zining bosh asarida bu konsepsiyadan chekinadi, awal 
pullaming ichki qiymati bor, degan bo'lsa, keyinroq pul — texnik 
vosita deb izohladi va pulning miqdoriy nazariyasini ishlab chiqa boshladi. 
Uning fikricha, muomaladagi pulning miqdori turlicha va erkin bo'lishi 
mumkin, pulning qiymati esa muomala sohasida belgilanadi va uning 
miqdoriga bog'liq bo'ladi. Rikardo erkin savdo tarafdori bo‘lgan, u 
merkantilistlardan farqli ravishda tovar ishlab chiqarish tovar kiri- 
tishdan ortiq, ya’ni eksport kam va import ko‘p bo'lishidan, mam-


lakatdan oltin chiqib ketishidan xavfsirashga hojat yo‘q, deydi, chunki 
erkin import avtomatik ravishda oltin muomalasi va baho o'zgarishini 
tartibga soladi, shuning uchun iqtisodiy tanglik ta’minlanishiga yordam 
berishiga Rikardoning ishonchi komil edi.
Rikardo Angliyaning tashqi aloqalari iqtisodiyotda katta mavqega ega 
ekanligini alohida o‘rgandi. U birinchilardan bo‘lib ayrim tovarlami 
ishlab chiqarishdangina emas, balki mamlakatlar o'rtasida ham xalqaro 
mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning foydaliligini isbotlab berdi. Bunda 
nisbiy afzallikprinsipi mavjudligini ishlab chiqdi.Bu prinsip univer- 
salroq bo‘lib, A.Smitdagi mutlaq afzallik prinsip (yuqoridaberilgan) 
xususiy hal sifatida qabul qilinadi. Bu prinsipga ko‘ra ayrim mamla­
katlar ma’lum tovarlami ishlab chiqarishda ayrim qulayliklarga ega 
bo‘ladi va kam xarajat sarf qiladi. Bunda tabiiy va iqlimiy faktorlar ham 
katta rol o‘ynaydi (mutlaq ustunlik). Ma’lum tovarlami ishlab chiqarish 
bu mamlakat uchun boshqa mamlakatlardagiga nisbatan qulayroq 
bo'lishi mumkin. Mamlakatlardagi tabiiy, texnologik va madaniy farqlar 
tufayli ishlab chiqarish xarajatlari turlicha bo'ladi.
Rikardoning 1815-yilda yozilgan 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin