‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


səhifə102/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Genrix fon Tyunen 
(1783-1850) boshqa iqtisodiy modelni 
yaratdi va Kumo g‘oyalarini amaliy material bilan to‘ldirdi. U o‘zi 
Shimoliy Germaniya yunkeri (pomeshchigi) sifatida qishloq xo‘jaligi 
bilan bevosita shug‘ullandi va o‘zining iqtisodiy modelini taklif qildi. 
Uning modeli bo‘yicha xo‘jalik doira shaklida ifodalanib, markazida 
shahar (qishloq xo'jalik mahsulotlarining yakka-yu yagona iste’mol- 
chisi) va atrofida bir xil unumdorlikdagi tuprog'i bo‘lgan yopiq hudud 
tushuniladi. Bu modelni tahlil etib, u bir qancha muhim xulosalar 
chiqardi: qishloq xo‘jaligi turli tarmoqlarini samaradorligi pasayib 
boruvchi konsentrik doiralar bo‘yicha joylashtirish optimal natijalar 
beradi. U o‘z xo'jaligidagi xarajatlar va natijalar bo‘yicha nihoyatda 
yaxshi hisob-kitob ishlarini yo‘lga qo'ydi.
Tyunen, xususan, shahardan tashqarida yetishtirilgan mazkur 
bahodagi qishloq xo'jalik mahsulotiga transport xarajatlari va ishlab 
chiqarishning norentabel bo'lishini hisoblab chiqdi. Agar Kumo kitoblari 
abstrakt matematik iqtisodiyotning boshlanishi bo‘lsa, Tyunenning hisob- 
kitoblari esa ekonometrika, ya’ni matematik ekonomikaning asosi 
hisoblanadi va statistik informatsiyani, faktik miqdorlaiga asoslangan 
empirik modellar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
I.G. fon Tyunen bittagina kitob yozgan bo‘lib, unda davlatning 
qishloq xo‘jaligi va milliy iqtisodga munosabati masalalari yoritiladi.


Asar o‘z zamondoshlari tomonidan deyarli tan olinmadi, to‘g‘rirog‘i 
unda tushunib yetilmadi. Olim faqat empirik iqtisodiy-matematik model­
ler yaratish bilangina cheklanmadi, u Smit tomonidan boshlangan, 
ammo oxiriga yetmagan daromadlar taqsimotini tadqiq qildi. 
Rikardoning ishlaridan bexabar holda bu masalani ancha mukammal 
hal etdi, differensial renta g‘oyasini qiymatning mehnat nazariyasi 
asosida rivojlantirdi.
Uning tadqiqotlarida iqtisodiy jarayonlami tekshirishda cheksizlik 
uslubi keng qo'Uaniladi. Uning fikricha, har qanday iqtisodiy jarayon 
ketma-ket kichik orttirmalar yo‘li bilan rivojlanadi, bu rivojlanish 
ma’lum bir chegaraga ega (ya’ni u chegaraviy), ma’lum holatgacha borib, 
unda keskin sifat o‘zgarishi ro‘y beradi. Shunday yo‘l bilan ma’lum 
muvozanat yoki optimal holat yuzaga keladi. U shunday usulni mehnat 
va kapital (ya’ni ishchi kuchi va mashinalar)ni o‘zaro to'ldirish jarayoniga 
va ishlab chiqarishning optimal tarkibini shakllantirishda qo'lladi.
Keyinchalik iqtisodiyot fanida kichik orttirmalar va cheklangan 
sharoitlar uslubi 
maijinalizm 
(fransuzcha la marge va inglizcha margin
- chekka, chegara mazmuniga ega) nomini oldi.
Umuman, iqtisodiyotda matematik usullar haqida gap borar ekan, 
uning tarixi XIX asming o'rtalarida boshlanib, hozirgi davrda iqtisodiyot 
fanining muhim tarkibiy qismiga aylandi. Matematika usullarini qo‘llash 
hayot talabi bo‘lib qoldi. Hozirgi zarnon korxonasida ishlab chiqarishni 
boshqarish, moliya tizimi, mahsulotni sotish butunlay boshqa talablami 
qo'yadi. Bunda fan, texnika, iqtisodiy kibemetika, matematik usullar 
(boshqarish, nazorat, aloqa, hisob-kitob) birinchi o‘ringa chiqadi.
Yangi iqtisodiy masalalami yechish uchun (ishlab chiqarishning 
optimal, eng ratsional variantini tanlash, kapital qo‘yilmalar, moddiy 
ta’minot va boshqalar) bu usul qo‘l kelmoqda. Elektron hisoblash 
mashinalari, kompyuterlami qo'llash tufayli murakkab masalalami 
ham yechish mumkin bo'lyapti.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin