Xo‘sh, nega bu insonning hayoti va faoliyati barchani qiziqtirib qoldi?
Jon Lo Shotlandiyaning Edinburg shahrida zaigar oilasida tug'ildi,
uning otasi pullami foiz hisobiga qarzga berar edi. Lo qisqa vaqt ichida
boyib ketdi, Londonga jo‘nadi. U 1694-yil duelda odam o‘ldirdi, sud bu
duelni noqonuniy deb topdi va uning o‘zini o‘limga hukm etdi. Harakati
tufayli qirol
Vilgelm
III
uni avf etdi, ammo unga qarshi yangi sud
jarayoni boshlandi. Shundan so‘ng Lo qamoqdan qochib, Gollandiyaga
boradi. Ammo Lo uch yil Londonda bo‘lgan vaqtida bank ishini yaxshi
o‘rganadi, 1694-yilda birinchi bank yuzaga keldi. Uning fikricha, bu
hodisani «Hindistonning ochilishi» bilan tenglashtirish mumkin edi.
0 ‘sha davrda kredit kuchi Lo timsolida o‘zining muxlisi, shoiri va
bashoratchisiga ega bo‘ldi. U Amsterdamda o‘sha yillari eng yirik bo‘lgan
bankning faoliyatini chuqur o‘rgandi. 1699-yilda u Parijda paydo bo‘ldi,
u yerdan esa Italiyagabordi. Yangi tipdagi bankochish orzusi 1704-
yilda uni o‘z vataniga olib keladi. Shotlandiya og‘ir iqtisodiy ahvolda,
savdoda turg‘unlik,
shaharlarda ishsizlik, tadbirkorlik ruhi keskin
pasaygan, ana shunday sharoitda u o'zining kitobini (1705) yaratdi.
U hech qanday nazariyotchi emas edi, uning asosiy
iqtisodiy
qiziqishlari pul va kredit muomalalariga tegishli edi, xolos. Lekin u o‘z
loyihasidagi g‘oyalari bilan iqtisodiyot fanida muhim rol o‘ynadi.
Sen-Simon unga baho berib, «tizim, ya’ni o‘z davri odami», bo‘l-
ganligini bir necha bor qayd etdi. Lo o‘z loyihasini keng targ‘ib etdi va
muhimi, uni amalga oshira boshladi.
Loning g‘oyasi quyidagilardan iborat bo'lgan: uningcha, iqtisodiy
ravnaqning kaliti mamlakatda pul mo‘l-ko‘lligidir. U pulning o‘zini boylik
deb hisoblamagan, tovarlar, korxonalar va savdo haqiqiy boylikdir
(bu fikmi sof merkantilistlar fikri bilan solishtiring). Ammo pulning
ko'pligi, uningcha, yerdan,
ishchi kuchidan, tadbirkor mahoratlaridan
to‘la foydalanishni ta’minlaydi. U shunday yozadi:
«Ichki savdo
odam laming ish bilan bandligi va tovarlar almashuvidir... Ichki savdo
pulga bog‘liq. Pulning ko‘pligi ko‘p odamlami ish bilan band etadi...»
Ammo Jon Lo awalgi merkantilistlardan sezilarli farq qiladi. U
iqtisodiy rivojlanish omilini muomala sohasidan izlasa ham, metall
pullami sharaflamaydi, aksincha ulami tanqid qiladi. 200 yildan so‘ng
J.M.Keyns oltin pullami «varvarlaming qoldig‘i» deb ataydi,
xuddi
shulami Lo ham aytishi mumkin. Loning fikricha, pullar metalldan
emas, balki xo‘jalik talabi asosida banklar tomonidan chiqariladigan
kreditdan iborat bo‘lmog‘i kerak, ya’ni qog‘oz pullaiga ustunlik beriladi.
Banklardan foydalanib, pul miqdorini o'stirish hoziigacha qo‘llanilgan
eng yaxshi usuldir. Lo tizimida yana ikki tamoyil muhim o‘rin egallaydi.
Birinchidan, u banklar uchun kredit ekspansiyasi siyosatini, ya’ni
bankda saqlanayotgan metall pul zahiralaridan ko‘p marta ortiq ssuda
berish huquqini ko'zda tutgan.
Ikkinchidan, u banklaming davlat
ixtiyorida bo‘lishi va davlatning iqtisodiy siyosatni o‘tkazishini talab etgan.
Jon Lo banklaming ijobiy, ustunlik tomonlarini ko‘ra bildi, ammo
uning salbiy holati, bo'lajak xavfni yo ko‘rishni istamadi, yoki uni
tushunib yetmadi. Bu Lo tizimining bosh amaliy,
nozik xavfi edi va u
oxir-oqibatda unga zarba berdi. Nazariy jihatdan Lo katta xatoga yo‘l
qo‘ydi. U pul va kreditni kapital bilan aynan bir deb o‘yladi. U xato
ravishda ssuda va pul chiqarishni kengaytirish bilan bank kapitalini
yaratdi hamda shu bilan boylik va ish bilan bandlik ortadi deb o'yladi.
U olib borgan kredit operatsiyalar moliyaviy avanturizm bo‘lib chiqdi.
Shotlandiya parlamenti Jon Loning bank tuzish loyihasini rad etdi.
Angliya hukumati uning awalgi gunohini (duelda odam o‘ldirganligini)
kechmadi, oqibatda Lo yana kontinentga ketishga majbur bo‘ldi, u
hayotining asosiy qismini chayqovchilik, turli qimorlarda ishtirok etish
bilan o‘tkaza boshladi. U o‘z loyihasini Parijda amalga oshirishga erishdi.
Fransiyaning iqtisodi og‘ir ahvolda, davlat xazinasi bo‘m-bo‘sh edi.
1715-yildaqirol Ludovik XIV olamdan o‘tdi, regent gersog Filipp
Orleanskiy (odingi qirolning jiyani) Lo loyihasini qabul qildi, ammo
oddiy emas, xususiy aksionerlik banki tuzildi. Amalda bu
ko‘zbo‘yamachilik edi. Boshdanoq bank davlat bilan chambarchas bog‘liq
edi. 1716-yilning mayida tuzilgan bank nihoyatda katta yutuqqa erishdi,
talantli administrator, ustaishbilarmon,
mohir siyosatchi vadiplomat
bo'lgan Lo regent yordamida mamlakatdagi barcha pul krediti tizimini
ishonch bilan egalladi. Ko‘p sonli bank banknotl^ri ustalik bilan tartibga
solib turildi va keng iste’molga kiritib borildi, ular hatto haqiqiy
chaqalardan ham ustun bo‘lib qoldi. Parijdagi sudxo‘rlarga nisbatan
ssuda foizi ancha imtiyozli edi va ongli ravishda sanoat va savdoga
yo‘naltirildi. Xalq xo‘jaligida sezilarli jonlanish boshlandi.
Lo 1717-yilda Fransiyaning Missisipi daryosi havzasidagi yerlarda
katta kompaniya tuzdi, bu kompaniya 1719 yilda qirol bankiga aylangan
bank bilan hamkorlikda ish yuritdi. Bu Jon Loning ikkinchi «buyuk
g'oyasi» - kapitalni markazlashtirish va assotsiatsiyalash g‘oyasi edi.
U bu sohada ham o‘ziga xos bashoratchi bo‘lib chiqdi. Agar G ‘arbiy
Yevropa va Amerikada aksionerlik jamiyatlari faqatgina XIX asming
o‘rtalarida tuzilgan bo‘Isa, Lo bu ishni XVIII
asming boshida amalga
oshirdi. Kompaniya faoliyati tobora avj oldi, aksiya chiqarish va sotish
tobora kuchaydi. Jon Lo bu sohada qat’iylik ko‘rsatdi. Har olti oyda
ikki hissa dividend (foyda) olish imkoni tug‘ildi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: