farovonligi har xil bo'lib, sinfiy differensiasiya kuchaydi)
kutilgan
natijalaiga erishilmadi, iqtisodiy inqirozlar, noroziliklar kuchaydi. Shu-
lar tufayli klassik maktabni taftish qilish, iqtisodiyotning ayrim unsur-
larinigina olib, jarayonlami tushuntirishga intilish boshlandi, sinflar-
ning manfaatlarini ko‘r-ko‘rona himoya qilish (apologetika) ro‘y berdi.
Iqtisodiyotga
yangi tushunchalar kiritildi, qiymat qimmat, foydalilik
bilan almashtiriladi, qiymatning mehnat nazariyasiga hujum boshlandi.
Shu davrdagi iqtisodchilarda birinchi navbatda sinflar o'rtasidagi
iqtisodiy mulkiy munosabatlar katta qiziqish uygotdi. Ular turli yo‘llar
bilan sinflar, mehnat va kapital o'rtasida
hech qanday antagonizm
yo‘q, «iqtisodiy uyg‘unlik» mavjud degan g'oyani isbotlashga urindilar.
Oqibatda har qanday ekspluatatsiya inkor etildi, ish soatlarining
uzunligi «isbotlab berildi» («so'nggi soat» nazariyasi). Kapitalist o‘z
kapitah bilan ishlab chiqarishga yo‘l
ochadi va qonuniy foydasini,
ishchi
ish haqini, yer egasi
rentani to‘g‘ri oladi, ular o'rtasida
hech qanday kelishmovchilik, anglashilmovchilik yo‘q degan g‘oya
ilgari suriladi. «Manfaatlar uyg‘unligi», «Kompensasiya nazariyasi» va
boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Ayrim olimlar bo‘layotgan qiyinchiliklarga aholining o‘zi aybdor,
chunki uning ko'payishi tez, tirikchilik vositalari esa sekin o‘sishi
tabiiy bir hoi, deydilar (Maltusning «Nufus nazariyasi»).
Bu fikr
boshqa g‘oya - «tuproq unumdorligining pasayib borishi» nazariyasiga
olib keldi. 0 ‘z g'oyalariga teskari «uchinchi shaxslar» nazariyasi vujudga
keldi, ishlab chiqarmaydigan sinflar ravnaq asosi qilib ko'rsatildi.
Ko‘pchiUk olimlar proteksionizmni inkor etib, fritrederlikni taklif
etishsa (Sey, Mill, Bastia), ba’zan unga butunlay teskari fikr ham
bildiriladi (Keri). Kapitalizmning bekam-u ko‘stligi haqida ko‘p
qayg‘uriladi,
vaholanki, bu illatlar shundoqqina ko‘rinib turibdi.
Shu davrda iqtisodiyotda matematik usullar ishlab chiqildi (Kumo,
Tyunen), bu usullar, ayniqsa, hozirgi davr iqtisodiyotida yetakchi
rol o‘ynamoqda.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: