o‘sha davming empirik tadqiqoti ekanligi bilan farq qilar edi. U o‘z
asarlarida inqirozsiz «amaliy sikl» masalalariga alohida e’tibor berib,
pul muomalasi muammolarini diqqat markazida tutgan. Moliya va pul
muomalasi institutlaridan insonlar hulqini
tushuntirish uchun foy-
dalaniladi.
Insoniy jamiyat rivoji ayrim individlar taraqqiyoti shaklida emas,
balki jamiyat a’zolarining kollektiv aloqalarining takomillashuvi sifatida
xarakterlanadi. Kapitalizm qarama-qarshiliklarini yechishda davlat yo‘li
bilan tartibga solish eng qulay vosita deb qaraladi. Iqtisodiyotni
o‘rganishda matematika va statistikani keng qo'llash yo‘li bilan, Mitchell
«kichik va katta sikllap> davomiyligini hisoblab chiqdi. U o‘zining hisob-
kitoblariga asoslanib, kapitalizmning inqirozsiz rivojlanish modeli loyi
hasini yaratdi.
Bu oqim tarafdorlari sikllami o‘zaro aloqador parametrlaming ta’siri
oqibatida vujudga keladi va kapitalistik ishlab chiqarish
dinamikasini
belgilaydi, deb qaraydilar. Shu sababU ular sikllami tasodifiy yagona
hodisa emas, balki doimiy kapitalizm iqtisodiyotiga xos xususiyat deb
hisoblaydilar. Ular tadqiqot qilayotgan omillar qatoriga birinchilardan
bo'lib muomala sohasi ko'rsatkichlarini qo‘yadilar, ya’ni narxlar,
aksiyalar kursi, pul muomalasi va boshqalar.
Inqirozlar inkor etiladi, bu amaliy sikllami tan olish bilan isbotla-
nadi (unda inqirozlar yo‘q). Iqtisodiy qatorlaming nazariy asosini
bekam-u ko‘st deb bo'lmaydi. Masalan, 1929-yil
arafasida Garvard
maktabi vakillari tomonidan berilgan iqtisodiy ob-havo prognozi
(«Konyunktur barometr»)
iqtisodiyot ravnaqi -
«prosperity» bo'lgan.
Mitchell tadqiqotlari empirik va
institutsional uslublarning
qorishmasidan iborat. U iqtisodiy siklning amaldagi modelini
loyihalashtirishga muvaffaq bo‘la olmadi.
16.5. Ijtimoiy-institutsional yo‘nalish evolutsiyasi
Yuqorida institutsional yo‘nalishning asosiy g‘oyalari va dasturi
ко‘rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo'nalish g‘oyalari
dolzarbligicha qolmoqda. Bu yo‘nalishning
otasi Veblen tomonidan
ilgari surilgan ta’limotda hozirgi zamon jamiyatini qayta qurish, trans-
formatsiya masalalari nihoyatda muhim o‘rin egallaydi. Ulaming fik
richa, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli jamiyatdagi sotsial qarama-
qarshiliklar yo‘qolib boradi. Jamiyatning
konfliktlarsiz evolutsiyasi,
uning industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial yoki «neo
industrial», informatsion jamiyat sari rivoji ro‘y beradi.
Texnik-iqtisodiy omillami mutlaqlashtirish tufayli yangi konvergen-
siya nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.KGelbreyt, Pitirim
Sorokin - AQSH, Raymond Aron - Fransiya,
Yan Tinbergen - Ni-
derlandiya).
J.K.Gelbreyt asarlarida bu fikrlar to‘laroq ifodasini topgan. U
«kapitalizm transformatsiyasi» ro‘y berishi bashorat qilinadi.
J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: «Moi-koichilik
jamiyati» (1958), «Yangi industrial jamiyat» (1967), «Iqtisodiy naza-
riyalarva jamiyat maqsadlari» (1973), «Pullar» (1975), «Ishonchsizlik
asri» (1977).
Superindustrial jamiyat to‘g‘risidagi g'oyalar amerikalik futurolog
Yüklə
Dostları ilə paylaş: