‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


səhifə79/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Qiymat nazariyasi. 
A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettiga 
nisbatan ancha chuqur va to‘laroq ishlab chiqdi. U tovaming bozor va 
tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, haqiqiy bahoni qiymat bilan 
aynan bir deb tushunadi. 
«Qiymat»
so‘zi, uningcha, ikki xil mazmunga 
ega. Bu so‘z bilan buyumning foydaliligi hamda uni boshqa buyumga 
almashish qobiliyati belgilanadi. Demak, u iste’mol va almashuv 
qiymatlarini farqlagan.
Almashuv qiymati tovarlaming tabiiy xususiyati, iste’mol qiymat­
lari hisoblanadi. Agar tabiiy xususiyatlami inkor etsak, tovarlarda 
yagona xususiyat qoladi: tovarlar inson mehnatining mahsulidir. A.Smit 
V.Pettidan farqli ravishda (u mehnat faqat oltin yoki kumush ishlab 
chiqarishda qiymat hosil qiladi, degan edi) mehnat barcha moddiy 
ishlab chiqarish tarmoqlarida qiymatni hosil qiladi, degan fikrda edi. 
U ish vaqti va qiymat miqdori orasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqadorlikni 
aniqladi, mehnat qiymatning haqiqiy asosi ekanligini isbotlashga urindi.
A.Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini, ya’ni abstrakt va kon­
kret mehnat borligini tushunmadi, qiymat o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy 
xarakterga ega, tovar ishlab chiqaruvchilaming ijtimoiy munosabat- 
larini aks ettiradi va bir tovaming ikkinchisiga munosabati almashuv 
qiymati orqali aniqlanadi.
Smitning fikricha, qiymatni sotib olinadigan mehnatga qarab 
aniqlash shu tovarlami ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan 
aniqlash usuliga qarama-qarshi emas.
Ekvivalentlik tovar almashuvining qonuni: bir xil miqdordagi 
mehnat aks etgan tovarlar almashadi. Shundan Smit tovar islilab 
chiquvchi bir tovarni boshqasiga almashganda keng miqdordagi 
mehnatni sotib oladi, shu sababli tovar qiymatini sarflangan va sotib 
olingan mehnat bilan bab-baravar aniqlash mumkin, degan xulosa 
chiqaradi. Bu holda qiymat o'lchovi deb ish vaqti o'miga mehnatning 
almashuv qiymati keltiriladi.
Sotib olinadigan mehnat nazariyasida qiymat tushunchasi ishlab 
chiqarish faoliyatidan almashuv sohasiga ko‘chirilgan (bu esa xato), 
almashuv qiymati esa o‘z hisobiga faqat ma’lum miqdordagi mehnatni 
olish qobiliyati sifatida izohlagan, xolos.
A.Smit kapitalist va ishchi o‘rtasidagi munosabatni tahlil etib, bunda 
ekvivalentlik qonunining buzilganligini ko‘rdi. Kapitalist ishchiga ish 
haqi sifatida ishchi mehnati tomonidan yaratilgan qiymatning faqat


bir qismini to‘laydi. Bu qiymatning ikkinchi qismini esa foyda sifatida 
o'zlashtiradi. Olim qiymat qonuni buzilayotir, deb e’lon qildi va 
qiymatning mehnat nazariyasi kapitalizmgacha bo'lgan sharoitlarda 
qo‘llanilishi mumkin, deb hisobladi. Uning fikricha, qiymat faqat 
«jamiyatning dastlabki holatida», kapitalist va yollanma ishchilar 
bo‘lmagan, ya’ni oddiy tovar ishlab chiqarilishi sharoitlaridagina 
mehnat bilan aniqlanadi (ekvivalentlik to'la mavjud).
A.Smit ishchi kuchi degan kategoriyani bilmagan, u ishchi o‘z 
mehnatini sotadi deb o'ylagan. Shu sababli u kapitalizmda haq 
to'lanmagan mehnatning o‘zlashtirilishini qiymatning mehnat 
nazariyasi asosida tushuntirib bera olmagan. A. Smit qiymatni daromad 
bilan ham tenglashtirishga uringan. U aytadiki, ish haqi, foyda va renta 
har qanday daromadning, har qanday almashuv qiymatining dast­
labki uch manbayidir. Demak, Smit kapitalizmga xos yana bir qiymat 
daromad nazariyasini o'ylab topdi, bu yerda daromad ish haqi 
darajasi, foyda va renta bilan aniqlanadi. Qiymatni daromadlar asosida 
tushuntirish olimning qiymatning mehnat nazariyasiga qarama- 
qarshidir. Bu g‘ayriilmiy konsepsiyadan boshqa siyosiy iqtisod namo­
yandalari keng foydalanadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin