Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги Тошкент ахборот технологиялари университети



Yüklə 4,18 Mb.
səhifə3/8
tarix01.09.2023
ölçüsü4,18 Mb.
#141270
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekiston va jahon hamjamiyati

Bosh Assambleya — suveren davlatlarning haqiqiy demokratik vakillik organidir. Har bir a’zo davlat hududining hajmi, aholining soni, iqtisodiy va harbiy qudratidan qatyi nazar, bir ovozga ega.
Bosh Assambleyaning muhim qarorlari ovoz berish jarayonida ishtirok etayotgan davlatlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilinadi.
Xavfsizlik Kengashi — BMTning eng muhim organi bo‘lib, 15 a’zodan iborat. Ushbu a’zolarning beshtasi (AKSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy) doimiy, kolgan o‘ntasi nodoimiy bo‘lib, ular saylanadilar.
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalariga doir faoliyatni olib boradi. EKOSOS 54 a’zodan iborat bo‘lib, ular Bosh Assambleya tomonidan uch muddatga saylanadilar va har yili vakolatlari tugagan 18 a’zoning o‘rniga yangilari saylab boriladi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti. 1946 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qarorgoxi Jeneva shaxrida. Uning asosiy faoliyat sohadari yukumli kasalliklarga qarshi ko‘rash, karantin va sanitariya qoidalarini ishlab chiqish va ijtimoiy xarakterdagi masalalardir. Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti Sog‘liqni Saqlash tizimlari ishlarini tashkil etishda, samaradorligini oshirishda, kadrlar tayyorlash va kasalliklarga qarshi ko‘rashda kumaklashadi.
BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti
(YUNESKO) 1945 yilda tashkil etilgan, qarorgohi Parij shahrida. YUNESKOning asosiy maqsadi davlatlar o‘rtasida ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikning va ommaviy axborot vositalarining ishlatilishi yo‘li bilan xalqaro tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashdan iborat. Jahon intellektual mulk tashkiloti 1967 yilda
tashkil etilgan, qarorgohi Jeneva shahrida, uning asosiy madsadi bugun dunyoda intellektual mulkni himoya qilish va bu sohadagi xalqaro kelishuvlarni hayotga tadbiq etishdan iborat
BMTning sanoat taraqqiyoti tashkiloti (YUNIDO) Bosh Assambleyaning organi sifatida 1966 yil Bosh Assambleyaning 17 noyabrdagi rezolyutsiyasi asosida tashkil etilgan. 1985 yilda YUNIDO BMTning ixtisoslashgan muassasasiga aylantirildi. Uning qarorgoxi Vena shaxrida. YUNIDOning asosiy maqsadi rivojlanayotgan davlatlar sanoatining o‘sishiga va ularning tezroq industrializatsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat

Yüklə 4,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin