KIRISH
5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya
tizimlari va ilovalari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish
bo‘lib, u audio, video, kino va televizion maxsulotlari ishlab chiqarish, tasvirlarga va
kontentlarga ishlov berish, sifatini oshirishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy
ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari
va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassislikning vazifasi – talabalar bilimini
chuqurlashtirish va raqamli televidenieda va kinoda ovoz va tasvirni yozib olish, qayta
ishlash, saqlash, chop etish, yoritishni loyihalashtirish va boshqarishga oid dasturlar,
ularning matematik, axborot va dasturiy ta’minotiga oid muhandislik masalalarini
yechish, ilmiy jihatdan tahlil qilish, algoritmik va dasturiy ta’minotini yaratish,
texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamda ilg‘or pedagogik texnoligiyalardan
foydalangan holda bilimlarni oshirish va ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir.
5330400 – Kompyuter grafikasi va dizayn bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi
5A330401 – Kompyuter grafikasi va dizayn magistratura mutaxassisligiga kiruvchi
talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi va 5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual
texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”) o‘quv rejasiga asosan 2 ta ixtisoslik
fanlari: “Kompyuter grafikasi”, “Kreativ va foydalanuvchi dizayni” va “Fotometriya va
rangshunoslik” fanlari bo‘yicha savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z ichiga qamrab
olgan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: