(tanlash
) operatori va uning parametrlari.
XML xaqida umumiy tushunchalar. XML ning vazifasi. Native XML ma’lumotlar
bazasida ma’lumotlarni saqlash.
XML (Extended Markup Language) kengaytirilgan
hoshiyalash tili sifatida. Hujjatlarga nisbatan ma’lumotlar. Shablon asosida so‘rovlar
tillari. XML so‘rovlari tillari.
O‘rnatilgan tizimlar ixtisoslik fani bo‘yicha mavzular O‘rnatilgan tizimlarga kirish. O‘rnatilgan tizimlar haqida asosiy tushunchalar,
O‘rnatilgan tizimlarning turlari va ularning joriy etilishi. O‘rnatilgan tizimlarga
qo‘yiladigan asosiy talablar. Refal vaqt rejimida ishlash, apparatning ixchamligi va
ishonchliligi, ko‘p masalalarni yecha olishi va platformalarining turli xilligi. O‘rnatilgan
tizim qurilmalarini boshqarish ob’ekti bilan ulash vositalari. Boshqarish ob’ekti
datchiklari, analog-raqamli va raqamli-analog o‘zgartirgichlar, signallarni uzatish
interfeyslari. Mikrokontrollerlarni tashkillashtirish. Mikrokontrollerning umumiy tarkibi
va yechadigan masalalari, o‘rnatilgan tizim protsessorlarining turlari, mikrokontroller
protsessori, mikrokontrollerning umumiy xotirasi, kesh-xotiraning tashkillashtirilishi.
Axborotlarga parallel ishlov berish vositalari. Signallarga ishlov berish protsessorlari,
ko‘p yadroli protsessorlar. O‘rnatilgan tizimlarda uzilish rejimini joriy etish. Ishlov
berishning vaqt ko‘rsatkichlarini ta’minlash, tashqi qurilmalardan berilgan uzilishlarga
ishlov berish. Xotiraga bevosita ulanishning apparat vositalari. Xotiraga bevosita ulanish
kontrolleri, xotira bilan axborot almashinuvini joriy etish. O‘rnatilgan tizimlarning
kiritish-chiqarish interfeyslari. Mikrokontroller tizimining magistrali, uzilish kontrolleri,
kiritish-chiqarish qurilmalari kontrollerlari, kiritish-chiqarishning apparatli interfeyslari,
o‘rnatilgan tizimlarning tarmoq interfeyslari. O‘rnatilgan tizimlar uchun operatsion
tizimlar. Operatsion tizimlarning monolit arxitekturasi, operatsion tizimlarning modulli
arxitekturasi, “mijoz-server” arxitekturasi, aralash arxitektura, o‘rnatilgan tizimlar uchun
operatsion tizimni tanlash. Real vaqt operatsion tizimlaridan foydalanish vositalari. Real
vaqt operatsion tizimini foydalanish muhiti, real vaqt operatsion tizimini loyihalashtirish
muhiti, real vaqt operatsion tizim standartlari. Arduino tizimi asosida o‘rnatilgan
tizimlarning apparat vositalarini loyihalashtirish. Arduino arxitekturasining konsepsiyasi,
Arduino mikrokontroller oilasining platalari, Arduino mikrokontrolleri imkoniyatlarini
kengaytirish platalari. O‘rnatilgan tizimlarning dasturiy ta’minotini loyihalashtirish.
Tizimli dasturiy ta’minotning vazifalari va tarkibi, amaliy dasturiy ta’minotning
vazifalari va tarkibi, instrumental dasturiy ta’minot tarkibi. Mikrokontrollerli tizimlarni
sozlash. Mikrokontrollerli tizimlarni sozlash usullari va vositalari, apparat ta’minotini
sozlashning texnik vositalari, dasturiy ta’minotini sozlash vositalari, dasturiy ta’minotni
sozlashning muammolari, kompleks sozlash vositalari. O‘rnatilgan tizimlarni
diagnostikalash
vositalari,
asosiy
tushuncha
va
qoidalar,
mikrokontrollerni
diagnostikalash vositalari. Zamonaviy vositalar asosida o‘rnatilgan tizimlarni amaliy
apparat-dasturiy joriy etish. Arduino mikrokontrolleri asosida ob’ektni bir necha
ko‘rsatkich bo‘yicha boshqarishni joriy etish, Raspberry Pi mikrokontrolleri yordamida
boshqarishni amalga oshirish.