Magistraturaga kirishda o‘tkaziladigan sinov fanlari bo‘yicha kiruvchilar bilimini baxolash MEZONLARI Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yuqori
malakali yetuk mutaxassislarga bo‘lgan extiyojni qondirish maqsadida, magistraturaga qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning
qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari
to‘g‘risida”gi 2021 yil 22 iyundaagi PQ-5157-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish,
talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi
nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qarori bilan tasdiqlangan 2-ilova “Oliy ta’lim
muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida
amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi
“Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va
o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2017-yil 20-
iyundagi 393-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 360-son
qarorining 3-bandining 2-ilovadagi 14-kichik bandi asosida:
1.
Magistraturaga kiruvchilar kirish sinovlarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universitetida o‘qiydigan tillar, ya’ni o‘zbek va rus tillarida topshiradilar.
2.
Magistraturaga kirishda tanlangan mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan sinov.
Magistaturaga kirishda tanlangan mutaxassislik bo‘yicha bilim darajasini belgilovchi maxsus
fanlardan sinov o‘tkaziladi,
baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil qiladi. Sinov
maxsus yozma ish ravish tashkil etilib, magistraturaga kiruvchining tanlangan mutaxassislik
bo‘yicha nazariy bilimi aniqlanadi. Maxsus fanlar bo‘yicha savollar ushbu fan dasturi asosida
tuzilgan. Har bir variant