KIRISH
Dasturiy injiniring bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi
yo‘nalish bo‘lib, u axborot-kommunikatsiya tizimlarini va texnologiyalari texnik va
dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilishning
majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassislikning vazifasi – talabalar bilimini
chuqurlashtirish va kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar,
tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasida kompyuter va dasturiy injiniringi bo‘yicha kompleks
masalalarni yechish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-
tatqiqot institutlari, ilmiy-tatqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida
ilmiy-tatqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
5330600 – Dasturiy injiniring bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A330101 -
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura
mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi va 5330600 – Dasturiy
injiniring o‘quv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari: “Tizimli dasturlash” va “Web
ilovalarni yaratish”, “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari” bo‘yicha imtihon savollari
shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z ichiga qamrab olgan ma’lumotlar quyida batafsil
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: