KIRISH
Elektron tijorat mutaxassisligida tahsil olishdan asosiy maqsad talabalarga
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron tijorat sohalari boshqaruvi asoslarini
makro va mikroiqtisodiy darajada o‘rgatish asosida ularning
yetuk va yuqori malakali
mutaxassis bo‘lishlari hamda olingan bilimlari asosida o‘qitish va ilmiy izlanishlarni
davom ettirishlarini ta’minlashdir.
Biznes boshqaruv asoslari fani bo‘yicha:
Fanning o‘qitilishidan asosiy maqsad bo‘lib talabalarga
biznesni boshqarush
asoslarini makro va mikro iqtisodiy darajada o‘rgatish asosida ularning yetuk va yuqori
malakali mutaxassis bo‘lishlari hamda olingan bilimlari asosida o‘qitish
va ilmiy
izlanishlarni davom ettirishlarni ta’minlashdir.
Fanni o‘qitishning vazifalari quyidagilardan iborat:
-iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fanning tutgan o‘rni va uni
o‘rganishning zaruriyati;
-boshqaruvning qonun va tamoyillarini o‘rganish, ulardan amaliyotda foydalanish;
-rahbar kadrlarni o‘qitish va ulardan iqtisodiyotni
boshqarishda samarali
foydalanish;
-boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichlari va uni baholash usullarini o‘rganish.
Dostları ilə paylaş: