Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi filiali 2011
O'ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI
QARShI FILIALI
“KASB TA'LIMI VA TELEKOMMUNIKASIYa ” KAFEDRASI
“TAVSIYa ETILGAN”
“KASB TA'LIMI VA TELEKOMMUNIKASIYa”
KAFEDRASI MAJLISIDA MUHOKAMA
QILINGAN VA TAVSIYa ETILGAN
KAFEDRA MUDIRI:
_______P.F.N.N.A.QAYuMOVA
(KAFEDRA MAJLISINING
_____- SONLI BAYoNNOMASI
____________ 2011___ YIL)
“MUTAXASSISLIKKA KIRISh”
FANIDAN
O'QUV – USLUBIY MAJMUA
5111000 - KASB TA'LIMI (IKT) YO'NALIShI UChUN
TUZUVChI: п.ф.н. U.N.MARASULOVA
QARShI -2011
M U N D A R I J A
KIRISh.
NAMUNAVIY DASTUR.
IShChI DASTUR.
KALENDAR-TEMATIK RYEJA.
MA'RUZA MATNLARI TO'PLAMI.
SEMINAR MAShG'ULOTI IShLANMALARI.
MAVZULAR BO'YIChA TARQATMA MATERIALLAR (SXEMALAR, SLAYDLAR).
ORALIQ VA YaKUNIY NAZORAT SAVOLLARI.
GLOSSARIYLAR.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO'YXATI
K I R I Sh
O'zbekistondagi oliy ta'lim tizimi kadrlar tayyorlashning milliy modeliga va dasturiga asoslangan maqsadli davlat siyosati asosida rivojlanmoqda. Bu hol ta'lim jarayoni va kadrlar tayyorlash tizimini tartibga solish imkonini berish bilan birga butun ushbu tizim hamda uning alohida unsurlarini jadal rivojlanishini ta'minlaydi. Mamlakatda tub ijtimoiy iqtisodiy o'zgarishlar, mehnat va ta'lim xizmatlari shakllanayotganda bu jamiyatni rivojlantirish muammolari bilan jips bog'liq jahon xo'jaligiga o'yg'unlashayotgan, yuqori raqobatbardoshlikka ega bozor iqtisodiyotini kadrlar bilan ta'minlash davlatning strategik maqsadi bo'lib qolmoqda. Mustaqil davlatimizning siyosati, jamiyat rivojlanishining hozirgi darajasi, uning madaniyati, fan va texnikasi, bozor iqtisodiyotiga o'tish, oliy maktab oldida turgan yangi vazifalar faqat sifat jihatidan yangi bo'lgan ta'lim mazmuni va texnologiyasini, tarixan shakllangan vaziyatni xo'jalik yuritishning zamonaviy sharoitlarida hisobga oladigan bozor iqtisodiyoti qonunlariga rioya etadigan mutaxassislar tayyorlash va bunga bo'lgan talab yo'nalishini belgilashga yangicha yondashishni ham talab etadi.
XXI asr buyuk o'zgarishlar davri bo'lishiga shubha yo'q. Bu o'zgarishlar, eng avvalo, inson tafakkurida, uning fikrlash tarzida ro'y berishi muqarrar. Bu esa, o'z navbatida, prezidentimiz islom karimov ta'kidlaganidek, “jondan aziz farzandlarimizni nafaqat ham jismonan, ham ma'nan sog'lom qilib o'stirish, shu bilan birga, ularning har tomonlama barkamol avlod bo'lib, eng zamonaviy, biz yashayotgan xxi asr talab qilayotgan intellektual bilim va boylikka ega bo'lgan insonlar bo'lib hayotga kirib borishini ta'minlash… ” eng asosiy omillardan biridir.
Bugungi kunda o'zbekistonda ta'lim va tarbiyaning bosh maqsadi “kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalari va islohat talablaridan kelib chiqib tubdan yangilandi. Barkamol avlodni shakllantirishning pedagogik, psixologik, ma'naviy-iqtisodiy, ijtimoiy-xuquqiy omillari mutaxassislarning raqobatbardoshlik, kasbiy malaka va pedagogik mahoratini kuchaytirishni davr taqozosi qilib qo'ymoqda. Zamonaviy kadrlar oldiga qo'yilayotgan eng muhim vazifalardan biri - malakali mutaxassislar sifatida o'zligini, o'z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko'rsatishdir. Bu o'rinda shaxsga ta'lim-tarbiya berishning sir-asrorlarini o'rgatuvchi pedagogika fanining o'rni va roli benihoya kattadir.
Dostları ilə paylaş: |