Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги


II.1. ANALOG OVOZ SIGNALLARINI RAQAMLI SIGNALLARGA O’ZGARTIRISH SHARTLARI



Yüklə 402,5 Kb.
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#47561
1   2   3   4   5
намуна

II.1. ANALOG OVOZ SIGNALLARINI RAQAMLI SIGNALLARGA O’ZGARTIRISH SHARTLARI.
Ovozni raqamlashtirishda 16 razryadli tekis kvantlash sanog‘i qo‘llanilib, undan katta bit ifoda belgisi sifatida, ya’ni ushbu signal sanog‘ining musbat yoki manfiyligini (qutbliyligini) ko‘rsatadi. Ovoz signalining balandli o‘zining yuqori (maksimal) qiymatiga yaqin bo‘lishiga yo‘l qo'ymaslik kerak, chunki bunda ARO‘ da signalning cheklanishi va tiklanayotgan ovozning buzilishi namoyon bo‘ladi.

Shuning uchun studiya traktida ovoz signallarini analog-raqam o‘zgartirishda kvantlash sanoqlari ΔA=16 - 24 bit/sanoq va diskretlash chastotasi fd= 96 kGs bo‘ladi. Bunday yuqori diskretlash chastotasini tanlash ARO‘ ning kirishidagi PCHF ni soddalashtirishni ta’minlaydi va ovoz signalining 20kGsdan yuqori tashkil etuvchilarini oson so‘ndiradi. Agar ARO‘ ning kirishiga ovoz signalining fd/2 dan yuqori chastotali tashkil etuvchisi kirsa (Kotelnikov shartining buzilishi), unda ovozning tiklanish sifati buziladi. Studiya kanallarida A=16 bit/sanoq, diskretlash chastotasi fd=48kGs va kodlashtiriladigan ovoz signallarining diapazoni ΔF=20....20000Gs qilib olinadi. Bunda katta bit ishorani belgilaydi, ya’ni signal sanoqlari ishorasi manfiy yoki musbat ekanligini ko‘rsatadi.



1-rasm. Ovoz signalini kvantlash sathi.
Ovoz signallarini o‘zgartirishda “diskretizatsiya” termini o‘rniga “semplirovanie” so‘zi inglizcha (Sample - namuna) qo‘llaniladi, ya’ni ARO‘ natijasida olingan raqamli ma’lumotlar ketma-ketligi tushuniladi.

Agar 16 razryadli kodlash qo‘llanilsa, ovozning dinamik diapazoni 90dB bo‘lishi mumkin, ammo real xolatda, dinamik diapazonni siqish - kengaytirish natijasida 50 - 60 dBgacha kamaytirish mumkin. Bunda signal qiymati kichik bo‘lganda kvantlash shovqinining miqdorini kamaytirish va signal qiymati katta bo‘lganda ARO‘ni cheklanishlardan saqlash mumkin bo‘ladi. Televideniyeda tasvirning ovoz tashkil etuvchi signalini uzatishda 2 turdagi audiointerfeys ishlatiladi:



  • birinchi tur- ikki kanalli ketma - ket balansli professional interfeys AES / EBU yoki IEC 958;

  • ikkinchi tur-ikki kanalli ketma - ket balanslanmagan maishiy apparaturalar interfeysi SPDIF yoki IEC 958.

Bu interfeyslar elektr qismi bilan farqlanadi xolos, ammo ma’lumotlar bir xil formatda bo‘ladi va u 2.20-rasmda ko‘rsatilgan. Ikkala interfeysda ham, signalni 32 - 48 kGs chastota bilan diskretlab, stereo formatli audioma’lumotlarni real vaqtda uzatish uchun, 20 bit sig‘imga (hajmga) ega bo‘lgan kanalda qo‘llaniladi. Interfeys audioma’lumotlar blokidan tashqari 4 bitli qo'shimcha ma’lumotlarni (masalan: kompanderning siqish koeffitsienti haqida ma’lumot) dekoderga yo‘llashga xizmat qilishi ham kerak. Yana qo'shimcha kanalning xolati aniqlovchi V(mono) yoki S (stereo), foydalanuvchining ma’lumotlarini U, juftligini tekshiruvchi R bitlar bo‘lishi bilan birga 4ta sinxronizatsiya biti bo‘lishi kerak. Hozirda 4ta xizmatlar biti audioma’lumotlar tarkibiga kiritilagan va shuning uchun umumiy sig‘im (hajm) 24 bitdan iborat bo‘ladi.


2-rasm. AES/EBU standartida ovoz signalining ifodasi.


Keltirilgan standart ikkita ovoz signalini shakllantiradi (masalan: 2 mono yoki 1 stereo kanal) va ularning sanoqlaridan 64 bit o‘lchamli audio kadr hosil qilinadi.

Raqamli oqimni shakllantirishda 192 ta ketma - ket kadr birlashtirilib, ma’lumotlar bloki yaratiladi va maxsus bitlar yordamida- signal haqidagi axborot (mono yoki stereo), kiritilgan o‘zgartirishlar va jamlangan foydalanuvchi haqida ma’lumotlar uzatiladi.

C” bit 192ta audiokadrdan iborat audioma’lumotlar blokini uzatish vaqtida 24 bayt axborotni (kanal xolati, diskretlash chastotasi, chastota bo‘yicha dastlabki buzilishlar haqidagi ma’lumotlarni) ketma ket uzatishga xizmat qiladi.


Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin