Ўзбекистон Бадиий Академияси Комолиддин Беҳзод номидаги Миллий Рассомчилик ва Дизайн институти “Санъатшунослик” i-курс



Yüklə 32,79 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.12.2023
ölçüsü32,79 Kb.
#187750
Ax. tex. kasb. faol. qo'llash1



Mavzu:Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va 
imkoniyatlari 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy 
jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining 
infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos 
keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim 
samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va 
ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, 
tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada 
axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal 
etishga ham bog’liqdir. 
O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur 
fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning 
mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili 
bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.
Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada 
jadallashtirish, professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va 
texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy 
ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va 
vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia - 
gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir.
Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun 
markaziy prosessor tez xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining 
o’tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigimli tashqi xotira, xajm va 
kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki 
barovar oshirilishi talab etiladi

“inson-kompyuter” interaktiv muloqotining 
yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va xar 
tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish 
sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. 

multimedia vositalari asosida 


o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo’lga qo’yish xozirgi 
kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida 
xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’ladi? Ko’pgina 
mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, 
mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, 
video matn, grafika va animasiya effektlari asosida o’quv materiallarini 
o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir. 

Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi 
yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia 
vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi.
Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim sohasida keng qo’llash yo’lida 
urinishlar zoye ketganligi avvalambor ular unumdorligining nihoyatda pastligi 
bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida 
o’quvchilarni o’qitish ikki International Scientific Journal “Internauka” 
http://www.inter-nauka.com/ International Scientific Journal “Internauka” 
http://www.inter-nauka.com/ barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. 
Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin 
bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar 
o’quvchilar berilayetgan materiallarni kurish asosida qabul qilsa, axborotni 
xotirada saqlash 25-30%oshadi. Bunga qushimcha sifatida o`quv materiallari 
audio, video va grafika kurinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni 
xotirada saqlab qolish 75% ortadi. 

Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni 
o’qitish quyidagi afzalliklarga ega: a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va 
mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor; b) ta’lim olishning yangi sohalari 
bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi: v) ta’lim olish vaqtining 
qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; g) olingan bilimlar kishi 
xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda amaliyotda qo`llash imkoniyatiga 
erishiladi. Informatika va axborot texnologiyalari fundamental fan sifatida 
kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv 


jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab 
chiqish bilan shug’ullanadi.
Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot 
tizimlari nima, ular qanday o’rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo’lishi 
lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini 
aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni 
ajratib ko’rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli 
integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, 
ijtimoiy sug’urta va atrof-muhit informatikasi, professional axborot tizimlari. 
Multimedia tizimining paydo bo’lishi ta’lim, fan, san’at, kompyuter treninglari, 
reklama, texnika, tibbiyot, matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha 
kasbiy sohalarda revolyutsion o’zgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi. 
International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-nauka.com/ 
International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-nauka.com/ 
Kompyuterlarni ta’lim tizimida qo’llash g’oyasi ancha ilgari paydo bo’lgan 
bo’lgan bo’lsada, ta’lim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini 
qo’llash multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bo’lgach 
to’liq ma’noda amaliyotga joriy etilib boshlandi. 
Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi: 
• ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash; • o’quv jarayonining 
samaradorligini oshirish; • ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish 
(o’zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o’zini o’zi 
tarbiyalash, o’zini o’zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy 
qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi, o’rganishga bo’lgan 
qiziqishi, mehnatga bo’lgan munosabati); • ta’lim oluvchining kommunikativ va 
ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish; • kompyuter vositalari va axborot elektron 
ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi 
hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va differensiyalash 
imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi; • ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi 
subyekt sifatida qarash, uning qadrqimmatini tan olish; • ta’lim oluvchining 


shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish; • mustaqil o’quv 
faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib va rivojlanib boradi; • 
ta’lim oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun 
hozirgi tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan 
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga 
oshirish jarayoni zamonaviy, ko’ptarmoqli, predmetga yo’naltirilgan 
multimediali o’quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular 
tarkibiga keng International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-
nauka.com/ International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-
nauka.com/ ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilimlar bazasi, sun’iy 
intellekt tizimlari, ekspert-o’rgatuvchi tizimlar, o’rganilayotgan jarayon va 
hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo’lgan laboratoriya 
amaliyotlari kiradi. Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish 
va ularning manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko’maklashish 
imkoniyatlariga ko’ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o’quv 
axborotlarining uyg’unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko’ra 
multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi.
Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa 
vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan 
hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli 
axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada 
axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar 
dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o’zgartirishi, natijalarini 
o’rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so’roviga javob 
berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi 
mumkin. Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e’tiborga olish 
muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o’quv materiallari tushunish uchun 
qulay bo’lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi 
talab qilinadi. Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to’liq ochib 


berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli 
(kompetentli) o’qituvchining ko’magi zarur bo’ladi. Darsliklardan 
foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo’llashda ham ta’lim 
strategiyasi ta’lim jarayonida o’qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki 
ta’lim oluvchilarga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib 
borish bilan shug’ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, 
chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy 
ko’rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim
International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-nauka.com/ 
International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-nauka.com/ 
etilayotgan materiallarni to’ldirgan holda zaruriy emosional darajani ta’minlab 
turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta’lim yo’nalishlari (stillari) 
uyg’unligida qo’llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli 
ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan 
foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o’qish orqali, ba’zilari 
esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko’rish orqali ta’lim 
olishni va bilimlarni o’zlashtirishni xush ko’radilar. Interfaol multimedia 
texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo’lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy 
qulaylik tug’diradi.
Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik 
malakalar va o’qish malakalari o’sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni 
vizual o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati 
cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib 
foydalanishga imkon beradi. 
Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli 
(instrumentlari) bo’lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra 
keng ko’lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va 
uyg’unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, 
video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul 


qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o’rganishiga mos ravishda ketma-
ketlikda tanlab olis
h imkoniyatini yaratadi. 

Yüklə 32,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin