O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI
VAZIRLIGI
O„ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
Bozorov M. YUQORI MALAKALI FUTBOLCHILARNI JISMONIY
TAYYORGARLIGINI NAZORAT QILISH USULLARI.
Ixtisosligi: 5A810200 «sport» (futbol turi bo„yicha)
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar
Artikov A.A.
Ish ko„rib chiqildi va himoyaga qo„yildi. “Futbol va qo„l to„pi” kafedrasi mudiri
Prof R.E.Nurimov
«___» 2014 yil
Toshkent-2014y
Mundarija KIRISH
I BOB
ADABIYOTLAR TAHLILI
1.1
Zamonaviy futbolda jismoniy va texnik — taktik
tayyorgarlik darajasiga bo„lgan talab
1.2
Sportchilarni xolatini pedagogik nazo rat qilish usullari
1.3
Futbolchilarni texnik — taktik maxoratlarini aniqlash usullari
1.4
Futbolchining tezkorligini, kuchi va epchilligini oshirishga xos umumiy xususiyatlari
II BOB
MALAKAVIY BITIRUV ISHINING VAZIFALARI, USULLARI VA TASHKIL QILINISHI
2.1
Bitiruv ishining vazifalari
2.2
Bitiruv ishining usullari
III BOB
FUTBOLCHILARNI JISMONIY SIFATLARINI NAZORAT QILISH USULLARINI O‘RGANISH
3.1
O„zbekistan Oliy liga jamoalarini jismoniy tayyorgarlik darajasini o „ rganish
3.2
Birinchi liga jamoalarini jismoniy tayyorgarlik darajasini o „ rganish
XULOSALAR
ADABIYOTLAR RO'YXATI
I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI. Zamonaviy futbolda jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik darajasiga bo‘lgan talab.
Musoboqa faoliyatini hisobga olishni odatda o„yin harakatlarini bevosita yozib borish bilan amalga oshiriladi. Bunda, mutaxassislar turli metodlardan foydalangan xolda, ularning fikriga ko„ra, faqat ko„proq qiziqish uyg„otgan o„yin metodlarini ruyxatga oladilar (A.N.Eyngorg, 1958, A.N.Grukolenko, 1976. D.YU.Jeleznyan, 1978).
Musoboqalarni belgilar orqali yozib borish ko„plab sport o„yinlarida amalga oshirib kelingan: voleybolda (D.A.Godminina, 1981, V.A.Sokolova, M.O.Simgurov, 1961), basketbolda (K.Gyusheva, 1968), tennisda (S.A.Savin, 1975).
Shartli belgilashlar tahlili avtorlarga o„yinchilar tomonidan yul qo„yilgan xatoliklarni xarakterini tashlashlar sonini, ularni bajarish joyi va usullarini muxokama qilish imkoniyatini berdi.
SHuni tan olish lozimki, banday yozib borish o„yin davrida o„yinchining harakatlarini yuzaki ko„rsatadi. Uning asosiy kamchiligi harakatni bajarishning sifat tomonini ifodalamaydi. Bundan tashkari, o„yinning ayrim harakatlari hisobga olinadi.
Ruyxatga olishning, futbol maydoni sxemasiga ko„ra amalga oshiriluvchi. Grafik metodi ancha samarali hisoblanadi. Undan foydalangan xolda musoboqa davrida o„yinchining harakatlarini kurgazmali ifodalashni olish mumkin. U ko„plab futbol mutaxassislari orasida keng tarqalgan (L.V.CHixaidze, 1937. S.ASavin, 1952, A.Sokolov, 1961,
V.A.Timofeev, 1968, V.I.Simakov, 1973, G.Kachalin. 1974, V.I.Kozlovskiy, 1975 va boshqalar). U voleybolda (A.D.Gidminene, 1961), gandbolda (V.I.Izzak, 1974, N.P.Klusov, 1971) va xokkeyda (V.Kostka, 1976) xam muvaffaqiyatli qo„llanilmokda.
Futbol mutaxassislari grafik formada yozishning ustunligini shunda ko`rmaqdalarki, u o`yinning nafaqat texnikadagi, balki taktik tayyorgarlikdagi kamchiliklarini xam aniqlash imkonini beradi. Shu bilan birga izlanuvchilar bu usul bilan ro„yxatga olishni amalga oshirayotganlarida o„yinning borish xolatini kuzatish imkoniyatiga ega emaslar.
O`yin momentlarini yozishning eng qulay usuli sifatida qo„yidagi ikkita asosiy talabga javob beruvchi metodni ko„rsatish mumkin:
—yozib boruvchining e’tiborini chalg„ itmaydi;
—kam vaqt talab etadi (V.A.Belyaev, 1963).
Bundan kelib chiqqan xolda P.M.Ueytlin (1951, 1959) o„yinchi tomonidan bajarilayotgan ko„plab harakatlarni fikrlovchi stenografik yozuvni tanlaydi. Bunday usul uytn texnikasi va taktikasining ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradi.
SHu sababli, uni sport o„yinlari bo„yicha ko„plab mutaxassislar qo„llaganlar (A.B.Kasimov, 1973; F.V.Kozlova, 1973; V.I.Izzak, 1974 va boshqalar).
Ammo ular umumiy kamchilikka ega bo„lib. qo„yidagilardan iborat:
—birinchidan, shartli belgilarni qayta tug„ ri
keladi;
—ikkinchidan, ro„yxatga olish maxsus tayyorlangan kuzatuvchi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Bu ma’noda, avvaldan tayyorlab qo„yilgan protokolli sistema ko„proq samaradi hisoblanadi.
Bu usul birinchi navbatda basketbolda (B.N.Gzovskiy, 1953) va xokkeyda YU.Bajanov, 1950) qo„llanilgan, keyingi vaqtlarda o„yinning asosiy parametrlari haqida axborot olish uchun futbolda xam qo„llanilmokda. (N.YU.Morozov, 1967, 1968, B.B.Pagiev, 1977 va boshqalar).
Sport o„yinlari bo„yicha ko„plab mo„taxassislar musoboqa faoliyatini nazorat qilish muammolariga tuxtalganda o„yinchilarning maxoratini baxolashga harakat kildilar.
P.M.Seytlinning (1962) fikriga ko„ra o„yin jarayonida bajarilgan