Zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi


Reja: 1. Sobiq ittifoq parchalanishi arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat



Yüklə 53,31 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü53,31 Kb.
#202685
1   2
Web sahifalar yaratish texnologiyasi va dasturlari

Reja:
1. Sobiq ittifoq parchalanishi arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
2.Mustaqillikka erishish ostonasida kurashlar, iztiroblar va milliy 
uyg‘onish.



  1. Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayoti: muammolar va echimlar.O‘zbekistonning mustaqillik sari yo‘l tutishi.

  2. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi.


TOSHKENT SHAXRI - 2023 yil.
XX asrning so‘nggi o‘n yilligida o‘zbek xalqi uchun juda katta tarixiy siyosiy hodisa yuz berdi bu O‘zbekistonning milliy davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi edi.
Chunki mustamlakachilik zulmi va muteligidan ozod bo‘lish, tom ma’nodagi mustaqillikka erishish halqimizning uzoq yillardan beri kutgan ezgu orzu armoni edi.
Bu maqsad yo‘lida millatning mingminglab farzandlari o‘z jonlarini qurbon qildilar.
O‘zbekistonning milliy davlat mustaqilligi halqimizning hur, erkin, ozod yashab, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, hal qilishdek buyuk baxt bugungi avlod vakillariga nasib etdi.
Ammo qo‘lga kiritilgan milliy davlat mustaqilligini saqlabqolish uni siyosiy, iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash va kelajagi buyukdavlatni barpo qilish mislsiz darajada murakkab va sharafli bir vazifadir.
Bu vazifaning qay darajada bajarilishi mamlakatimiz fukarolarining ijtimoiy siyosiy saviyasi,milliy orzu maqsadlarimizning nechog‘lik ular ongida shakllanib, xayotiy dunyo qarashiga aylanishi bilan mushtarakdir.
O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini e’lon qilgan vaqtda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. Quyidagilar uning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida namoyon bo‘lar edi: aholining turmush darajasi bo‘yicha O‘zbekiston sobiq SSSR tarkibida oxirgi o‘rinlardan birida turar edi; aholining 60%dan ko‘proq asosiy qismi yashaydigan qishloq joylarida industrial rivojlanishning ahamiyatli darajada ortda qolishi sharoitida iqtisodiyotda yirik sanoat shaharlaridagi gigant korxona-monopolistlarning haddan tashqari konsentratsiyasi va ixtisoslashuvi hukm surardi; iqtisodiyotda ma’muriy tarzdagi narxni tashkil etish va resurslarni taqsimlash bilan bog‘liq kuchli nomutanosibliklar kuzatilar edi; mamlakat o‘z davlatchiligining asoslarini yaratish zarurati oldida turardi; og‘ir ekologik ahvol mavjud edi.
Ko‘plab tarmoqlarda ataylab xomashyoni qazib olish va dastlabki qayta ishlash, yarim fabrikatlarni tayyorlash bosqichida uzilib qoluvchi tugallanmagan texnologik siklga ega ishlab chiqarishlar ustunlik qilar edi. Respublikaning asosiy tarmoqlari kompleks tarzda emas, balki Rossiya hamda boshqa respublikalardagi ishlab chiqarishga resurslar va tayyor mahsulotlarni ko‘p minglab kilometrlarga (ko‘pincha noratsional, qarama-qarshi tarzda) etkazib berish orqali “bog‘lab qo‘yish” maqsadida rivojlantirilgan edi.
70 yildan ko‘proq vaqt hukm surgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan sobiq Ittifoqdagi noto‘g‘ri, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 80- yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo‘ygan edi. Jumladan:
1) Respublikada demografik vaziyatning murakkabligi. O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganiga qaramay, uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining yomonlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq
farovonligining pasayishiga olib keldi;
2) Respublika iqtisodiyotining biryoqlama, haddan tashqari nomaqbul ixtisoslashtirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi bilan bir qatorda, sanoatda ham, xomashyoni birlamchi qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qilib, tayyor mahsulot, avvalo xalq iste’moli mollari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning ulushi juda past edi;
3) ishlab chiqaruvchi kuchlar va, avvalo, sanoat ob’ektlari asosan stixiyali ravishda, aniqrog‘i, har xil o‘zboshimchalik, buyruqbozlik bilan qabul qilingan qarorlar asosida, ko‘pincha ilm-fan vakillari, bilimli va obro‘li mutaxassislarning tavsiyalari mutlaqo e’tiborga olinmay
joylashtirildi;
4) Respublikadagi ijtimoiy ahvolning, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilishning mutlaqo qoniqarsizligi. Ayniqsa, qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan
ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suv bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat ob’ektlari,
maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi.
O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida hukm surgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ta’sirida faqat xomashyo etkazib berishga asoslangan, qoloq va mo‘rt iqtisodiyotga ega bo‘lib, bu holat respublika aholisi daromadlari va turmush darajasiga ancha keskin ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrda respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy
mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o‘rinni, daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan eng oxirgi o‘rinlardan birini egallab keldi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan 2 barobar, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘yicha 2,5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan 2,5 barobar, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2 barobar, aholining o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari
iste’moli bo‘yicha 2 barobar orqada qolgan. O‘sha davrda kun kechirish uchun oyiga o‘rta hisobda kamida 85 so‘m zarur bo‘lgani holda, 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi Ittifoq bo‘yicha 12 foizdan sal ko‘proq bo‘lsa, O‘zbekistonda 45 foizga etgan, ya’ni 8 million 800 ming kishini tashkil etgan. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘zining qo‘lidan keladigan ishni topa olmagan, ya’ni ishsiz bo‘lgan.
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdosh o‘zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqnining mustaqillik uchun bo‘lgan kurash jarayonini tezlashtirib yubordi.
1991-yilning 31-avgustida, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining oltinchi sessiyasida Islom Karimov tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini e’lon qildi. U o‘zining tarixiy nutqida quyidagilarni alohida ta’kidladi: «Mamlakat katta falokat yoqasiga, jar yoqasiga kelib qolganini ko‘rib turibmiz. Xalq o‘zining ertangi kuniga ishonchini kundan-kunga yo‘qotyapti. Odamlar o‘zining, oilasining, bola- 3334 chaqasining tinchligiga kafolat istaydi. To‘kis, xotirjam hayot talab qilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabozlik va va’dabozliklar ostida ko‘milib ketyapti.
Bizning xalqimiz sabr-bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa xalqlarga nisbatan xayrixohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugunbizdan himoya talab qilyapti,tinch-totuv hayot, og‘ir mehnatiga yarasha turmush sharoitlari talab qilyapti. Bu – haqqoniy talabdir.
…O‘zbekiston rahbariyati hech qachon, qanday Ittifoq bo‘lmasin, kim bilan Ittifoq bo‘lmasin, qanday sharoit bo‘lmasin, ikkinchi darajali rolga rozi bo‘lmaydi, bunga yo‘l ham qo‘ymaydi. Tenglar ichida teng bo‘lish – xalqimizning asriy orzusidir». Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalari
ham kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Oliy Kengash O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. So‘ngra Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SSR ning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi qonun
17 moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi. Ushbu qonunda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo‘linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o‘z aksini topdi. Shuningdek, ushbu hujjatda
O‘zbekistonning Qoraqolpog‘iston bilan munosabatlari xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqolpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o‘sha davrda erishilgan yutuqlarning
yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. Shunday qilib, o‘zbek xalqi asrlar davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo‘l bilan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo‘l tutishi orqali erishildi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respulikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq
29-dekabrda; «Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?» mavzuida referendium o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra unda qatnashgan aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. O‘zbekiston mustaqil respublika deb e’lon qilinishi jahon jamoatchiligi tomonidan ham zo‘r qoniqish bilan kutib olindi. Fikrimiz isboti sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘sha paytdagi Prezidenti Jorj Bushning I. Karimov nomiga yuborgan
telegrammasi hamda Shvetsiya bosh vaziri K. Bilodtning telegrammalarida ko‘rish mumkin. 24-sentabrda Toshkentda xalqaro anjuman o‘tkazildi. O‘zbeklar (Turkistonliklar) ning birinchi xalqaro uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti nutq so‘zladi. 1991-yil 14-sentyabrida O‘zbekiston Kompartiyasining Favqulodda XXIII se’zdida I.A.Karimov taklifi bilan O‘zbekiston Kompartiyasi KPSS tarkibidan chiqqanligi e’lon qilindi. Partiyaning bunday buyon faoliyat ko‘rsatmasligi e’tiborga olinib, ushbu partiya o‘rnida Xalq-Demokratik
partiyasi tuzilgani e’lon qilindi. O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda
Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlarida davlat boshqaruvida yangi tizimPrezidentlik respublika boshqaruvi shakli joriy etildi. 1991-yil 29-dekabrda o‘zbek xalqi xohish-irodasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilib, O‘zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod-O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi nomzodi I.A. Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.
Saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi..
Xalqimizning ko‘p yillar davomida olib borgan matonatli kurashi natijasida qaror topgan mustaqil O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan odil, haqqoniy demokratik jamiyat qurish stixiyali (ko‘r-ko‘rona) ravishda emas, balki jahon taraqqiyotining, chunonchi, buyuk zaminimizda yaratilgan tarixiy tajribalarga, g‘oyalarga, ma’rifiy-ilmiy taraqqiyotga amal qilgan holda ro‘yobga chiqdi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kun tartibida jahon andozalariga
mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlami amalga oshirish, ulami qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat- ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini 35 normal izga solish ana Shunday jid- diy vangilanishlami taqozo etar edi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo‘lgan tayyor andozalari hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo‘lgan O‘zbekistonday qadirniv makonda o‘ziga xos yo‘l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o‘zi yurishga majbur edi». Yana shuni ta’kidlash darkorki, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo‘lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, Shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim «bashorat»chi O‘zbekistonga nisbatan «O‘zlaringni Mustaqil boshqarishga, Mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar», «Sizlar mute, qaram xalqsizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xolos» deb shovinistlarcha g‘arazgo‘ylik qilsa, mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o‘rtasida «Endi O‘zbekiston qanday yo‘ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanadimi?» -
qabilidagi savollar paydo bo‘lgan edi. Unga har kim o‘zicha javob qidirar edi.
Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O‘zbekiston uchun o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o‘z andozasini ishlab chiqish g‘oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O‘z navbatida bunday vazifani uddalash O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etardi. Ayni chog‘da, O‘zbekistonning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish, ularning foydali tomonlarini o‘zlashtirish bilan birga O‘zbekiston xalqining turmush tarzi va an’analariga ham tayanish lozim edi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq, «jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olishga kirishdi». Albatta, mamlakat hayot-mamot bosqichida turgan bir paytda uning yangi jamiyatga o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat mustaqilligining tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident xuddi ana Shunday paytda o‘zining qat’iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o‘rtaga tashladi.
Hali sobiq ittifoq mavjud bo‘lgan davrda I.Karimov respublika rahbarligiga (1989-yil, iyun) kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o‘zgarishlarni boshlab yuborgan edi.
1990-yil mart oyidayoq sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib, O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining tashkil etilishi, g‘oyaviy qarashlari, siyosati yangilanayotgan jamiyatga mos bo‘lmayotgan O‘zbekiston Kompartiyasini Xalq demokratik partiyasiga aylantirilishi, hokimiyatning astasekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, hukumat, mahalliy idoralar qo‘liga o‘tishi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlaring tiklana boshlagani O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li shakllanayotganini ko‘rsatar edi.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, I. Karimovning respublika rahbari sifatida xalq oldidagi mas’uliyati yana ham oshdi. U endi markazga bogliq bo‘lmagan holda, butun muammolarni o‘zi hal qilishga, har qanday ziddiyatlarga yuzma-yuz turib, faoliyat ko‘rsatishga majbur edi. Ana shunday qarama-qarshiliklar qurshovida uning katta siyosatchi sifatidagi rahbarlik mahorati kun sayin shakllanib, yangi mazmun kasb eta bordi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov umumxalq ovoz berish yo‘li bilan mamlakat Prezidenti etib saylanganidanoq o‘zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaatini nazarda tutib faoliyat ko‘rsatdi. U Oliy Kengashning 1992-yil 4-yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari 1X sessiyasida shunday degan edi:
«Menga qanday yuksak mas’uliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday yo‘llar tanlaganimiz haqida ba’zi fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat’iy hara- katlar qilishni kutyapti.
O‘tmish qoldiqlari xalq elkasiga og‘ir yuk bo‘lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxtli hayotini ta’minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayotgan bozor zarbalariga bardosh beruvchi, yordamga muhtoj kishilarni o‘z homiyligiga olishi kerak. Bular- ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar...Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo‘lib qolaveradi» Bugunga kelib dunyoda o‘ziga yarasha yuksak salohiyati, benazir nufuziga mos ravishda o‘rin egallayotgan mustaqil O‘zbekiston atalmish davlat bor ekan, bu yurtda ana shu nomga munosib millat yashamoqda. Bu yurtda uning ota-bobolari, avlod-ajdodlari, buyuk zotlari yashab o‘tgan. Dunyoda millatlar ko‘p, ular ichida buyuk tarixiy o‘tmishga ega bo‘lgan o‘zbek millati ham bor. Jahon ahli O‘zbekistonga qarab, bizning millat sifatidagi qiyofamizni, millatimizga xos bo‘lgan bag‘rikengligimizni ko‘radi.
Xalqimizning otashqalb farzandi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 27-mart kuni «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi. Hamda mazkur yubiley tantanalari yuqori saviyada nishonlandi.
Bu bilan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning inson xotirasi va uning qadrqimmatiga ehtirom ko‘rsatishdek o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Shu munosabat bilan tarixni dohiylar emas, balki ongli va bunyodkor inson, xalq yaratishi haqidagi fikrlar yangicha mazmun va falsafiy ruh bilan bayon qilindi. Haqiqatdan ham, tarixni xalq yaratadi, uni yaratishda faol qatnashgan, xalq ruhida, ongida va qalbida o‘zlaridan chuqur va o‘chmas iz qoldirgan tarixiy shaxslar ham xalq farzandlaridir. Shu sababli tarixchi mutaxassislar ramziy ma’noda tarixni uni yaratgan va yaratayotgan xalqning tarjimai holiga qiyoslashadi. Shuning uchun ham qadimgi tarix, o‘rta asrlar tarixi, zamona tarixi kabi iboralar ishlatiladi. Bular yaxlit holatda Vatanimiz tarixini anglatadi.
Ma’lumki, xalqimiz o‘zining ming yilliklar mobaynida shakllangan adolatparvar siyosati, ma’naviy barkamol milliy davlatchilik an’analari bilan jahon davlatchiligi va siyosati taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Xalq o‘z tarixini asosan o‘z davlatini qurishdan boshlab yaratishga kirishadi.
Ma’lumki, turkiy tilli xalq o‘z tarixida ko‘plab buyuk va shavkatli saltanat qurgan xalqdir. Olis o‘tmishimizga nazar tashlab, uning butun borlig‘ini jamlab baholar ekanmiz xalqimizning voqealarga boy ko‘p ming yillik tarixi davomida ko‘p sinovlarni boshidan kechirganligi, madaniyat, ilm-fan, o‘z davlatchiligi yutuqlaridan bahra olganligiga amin bo‘lamiz. Shu bilan birga, tarixning o‘yini ham, omonsiz jangu jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog‘ tushira olmaganligini teran anglaymiz.
Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, Vatan uchun iftixor, g‘ururlanish va shu singari boshqa tuyg‘ular yana bir bor cho‘qqiga ko‘tarildi, xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy faolligi o‘sib bordi, bu esa yangidan-yangi yutuqlar garoviga, kuch-qudrat manbaiga aylandi, intellektual salohiyatni yuksaltirdi. Shuningdek, o‘tmishdagi buyuk zotlarimiz, Vatanni bosqinchilardan himoya qilgan, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur vasiyatlari va o‘gitlarini hamda qoldirgan ulkan ma’naviy merosidan o‘rnak va ibrat olishga hamda tariximizni haqqoniy o‘rganishga, unga munosib baho berishga imkon yaratildi.
Buyuk ajdodlarimizni teran anglash, chuqur o‘rganish asnosida milliy qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yangidan yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda kelajagi porloq bo‘lgan yoshlarga ibrat va namuna sifatida ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga astoydil undaymiz.
Asrlar osha, dovonlar osha kelayotgan bu ma’naviy boylikning umri boqiydir.
Bag‘rikeng xalqimizning qadriyatlari – tinchlik, ma’rifat, yuksak ahloq-odob ifodachisi sifatida vaqtlar o‘tgan sayin, zamonlar kechgan sayin yulduzdek yarqirab, chiroy ochaveradi, kelajagi buyuk bo‘lgan yosh avlodni ma’naviyahloqiy tarbiyalashda muhim omil sifatida xizmat qilaveradi. Bu haqiqatni chuqur anglagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: «...har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O‘zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan engib o‘tishga qodir». Zero, ajdodlarimizning bebaho tarixiy merosi – abadiyatga daxldor ma’naviy xazina ekanligini chuqur anglansa, tarixiy xotiramiz qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihatlikda yurt taraqqiyoti yo‘lida beqiyos o‘rni va ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Shu bois, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanining mazmun-mohiyatini talabalarga etkazishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.



ETIBORINGIZ UCHUN MINNADORCHILIK BILDIRAMA!
Yüklə 53,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin